1. G’aznachilik faoliyatini shakllantirishning huquqiy tartibga solinishi



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/23
Sana27.06.2022
Hajmi1,36 Mb.
#710942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
15 мавзу (2)

2.
 
Byudjet Kodeksi 
-
 davlat byudjeti g’azna ijrosining huquqiy asosi
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, byudjet qonunchiligini yanada 
rivojlantirish va takomillashtirish asosida byudjet faoliyatini rivojlantirish davlat 
moliyasini boshqarish tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlaridan biri 
hisoblanadi. Ma’lumki, 2000 yil 14 dekabrda “Byudjet tizimi to’g’risida”gi 
O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinganidan beri o’tgan davr 
mobaynida byudjet amaliyotida bir qator o’zgarishlar sodir bo’ldi, ular: 

davlat byudjeti g’azna ijrosining joriy etilishi; 

bir qator davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa nobyudjet fondlarining 
tuzilishi va amal qilishi; 

byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari qo’shimcha mablag’larni 
jalb qilish manbalarining kengayishi va ular ustidan nazoratni yaxshilash zarurligi; 

byudjet tasnifi, byudjet hisobi va hisoboti tizimining takomillashuvi; 

yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining qabul 
qilinishi va amalga kiritilishi va boshqa holatlar bilan bog’liq bo’lib, byudjet 
qonunchiligini yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi.
Natijada amaldagi “Byudjet tizimi to’g’risida”gi hamda “Davlat 
byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlarida 


belgilangan normalar mukammal tarzda qayta ishlangan holda Byudjet Kodeksida 
o’z aksini topdi.
Ushbu Kodeks O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini 
shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat 
tomonidan mablag’ jalb qilish va byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini 
nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Byudjet Kodeksi byudjet jarayonini xalqaro amaliyot tajribalaridan kelib 
chiqqan holda tartibga solish, byudjet amaliyotida mavjud bo’lgan ziddiyatlarni 
bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, byudjet jarayonini tashkil 
etishdagi me’yorlar, nizomlar va byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini 
tizimlashtirish maqsadida ishlab chiqildi. Byudjet Kodeksining g’aznachilik 
faoliyati bilan bog’liq alohida qismi davlat byudjeti g’azna ijrosini tashkil etish, 
yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish, byudjetdan mablag’ 
oluvchilar xarajatlari to’lovini amalga oshirish, davlat xaridlarini tashkil qilish, 
G’aznachilikning yagona g’azna hisobraqamini yuritish kabi masalalarni tartibga 
solishga qaratilgan.
Byudjet 
tizimidagi 
islohotlar 
doirasida 
2014 
yildan 
boshlab 
O’zbekiston Respublikasida amalga 
kiritilgan Byudjet Kodeksi davlat 
moliyasini boshqarishning huquqiy 
asoslarini yanada mustahkamlash, 
byudjet siyosatining ustuvorliklarini 
belgilab 
olish, 
byudjet 
mablag’laridan 
foydalanish 
samaradorligini oshirish va davlat
 
xizmatlarini taqdim etish sifatini 
oshirishga qaratilgan.
 


Xalqaro tajribada, Byudjet kodeksi – ma’lum bir mamlakat byudjet tizimining 
asoslarini, uning tuzilishi, umumiy printsiplarini, turli darajadagi byudjetlar 
va ularning vakolatlarini, byudjet jarayoni asoslari va byudjetlararo 
munosabatlarni, byudjet qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik 
choralarini belgilovchi qonun hujjati hisoblanadi
4

Byudjet kodeksining qabul qilinishi amaldagi Soliq kodeksi bilan birgalikda 
davlat moliyasining yagona birxillashtirilgan, xalqaro standartlarga mos bo’lgan 
qonunchilik bazasini shakllantirishga, byudjet sohasidagi huquqiy munosabatlarni 
tizimlashtirishga, shuningdek, byudjet jarayonining hamma bosqich va darajalarida 
yagona huquqiy normalar va yondashuvlar qo’llanilishini, mamlakat byudjet 
tizimining ochiq-oshkoraligini va barqarorligini ta’minlashga imkon beradi. 
AQSh Kongressida har bir federal hudud bo’yicha tasdiqlangan byudjet 
ijrosini nazorat qiluvchi qo’mita mavjud. Kongressmenlar boshqaruv 
jarayoniga aralashish huquqiga ega emas, birok, solik, to’lovchilarning 
mablag’larining “Federal byudjet to’g’risida”gi qonunga muvofiq, xarajat 
qilinishini kuzatib boradilar. Federal vazirliklar va shtatlarning hukumatlari, 
ma’muriy protsessual kodeks asosida ajratilgan byudjet mablag’larini 
belgilangan huquqiy jarayon doirasida taqsimlaydilar. Bu ochiq ovozga 
quyish yo’li bilan aniqlab olinadi. Bunda Kongressda loyihalar ovozga 
qo’yiladi va ishtirokchilarni qarshi yoki tarafdorligi orqali tasdiqlanadi
5

Byudjet Kodeksining 7-bobi byudjet tizimi byudjetlarining ijrosini tavsiflab, 
byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida 
belgilangan, byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tushishini ta’minlash va 
xarajatlarini amalga oshirishni, shuningdek ularning ijrosi bilan bog’liq 
operatsiyalarni hisobga olishni nazarda tutadi. 
4
Public financial management and its emerging architecture / editors, Marco Cangiano, Teresa Curristine, 
and Michel Lazare – Washington, D.C. : International Monetary Fund, 2013.- 437 pages 
5
Public budgeting systems / Robert Lee, Ronald Johnson, and Philip Joyce.-9th ed. 2013.- 656 pages 


O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, davlat maqsadli 
jamg’armalari byudjetlarining ijrosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan ta’minlanadi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlarining ijrosi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan 
ta’minlanadi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida 
byudjet tizimi byudjetlari, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar 
uchun shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ochiladi
6
. Byudjet Kodeksining 111-
moddasiga asosan Yagona g’azna hisobvarag’i O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag’i bo’lib, unga 
byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va boshqa tushumlari kiritiladi hamda 
undan mazkur byudjetlarning xarajatlari to’lanadi. O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa banklarda 
o’zga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega. Yagona g’azna hisobvarag’i 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladi. O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridan mablag’larning so’zsiz tartibda 
hisobdan chiqarilishiga yo’l qo’yilmaydi. 
Byudjet Kodeksining 113- 116 moddalarida shaxsiy g’azna hisobraqamlarini 
ochish va yuritish tartiblari belgilangan. Shuningdek, kodeksda byudjet 
daromadlari va xarajatlari ijrosini ta’minlash,
 
byudjet tizimi byudjetlari o’rtasida 
tushumlarni taqsimlash,byudjet hisobi va hisobotini yuritish tartiblari, davlat 
moliyaviy nazoratini huquqiy asoslari belgilangan. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish