1. G’aznachilik faoliyatini shakllantirishning huquqiy tartibga solinishi


 Davlat byudjeti g’azna ijrosini tashkil qilishda G’aznachilikning o’rni va



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/23
Sana27.06.2022
Hajmi1,36 Mb.
#710942
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
15 мавзу (2)

 
2. Davlat byudjeti g’azna ijrosini tashkil qilishda G’aznachilikning o’rni va 
ahamiyati 
Davlat moliyasini boshqarish masalalari iqtisodiyot va moliya nazariyasida 
markaziy o’rinni egallaydi. Iqtisodiyotni va davlat moliyasini boshqarishdagi 
muammolar shundan iboratki, bozor xo’jaligi o’z-o’zini tartiblovchi va 
rivojlantiruvchi tizim (bozorning “ko’rinmas qo’li”) bo’lishiga qaramasdan, hech 
qachon davlat aralashuvisiz samarali ishlamagan. Tarixiy taraqqiyotdan ma’lumki, 
umuman olganda, kapitalistik bozor xo’jaligining yuzaga kelishi faol davlat 


aralashuvi bilan birga sodir bo’lgan. Masalan, 1563 yilda ingliz qirolichasi 
Elizaveta I milliy baliqchilikni qo’llab-quvvatlash va unga bo’lgan talabni oshirish 
maqsadida o’z xizmatkorlariga haftasiga 2 marta go’sht mahsulotlarini iste’mol 
qilishni ta’qiqlagan. 1666 yilda esa Angliyada jun mahsulotlarini sotish bilan 
bog’liq qiyinchiliklarni tugatish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilgan, 
xususan, vafot etgan fuqarolarni jun matodan bo’lgan kiyimlarda dafn etish 
majburiy qilib qo’yilgan, bu qonunni buzganlarga 5 funt-sterling miqdorida jarima 
belgilangan.
Aksariyat hozirgi zamon iqtisodchi-olimlarning fikricha, bozorning 
“ko’rinmas qo’li” davlatning “ko’rinadigan qo’li” bilan to’ldirilib turilishi kerak. 
Bu borada kelishmovchiliklar, qarama-qarshi fikrlar yuzaga kelishining sababi bu 
aralashuvning qay darajada bo’lishi bilan bog’liq, lekin davlatning tartiblovchi 
tamoyili asosan ko’pchilik olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Bunday 
yakdillikning asosiy sababi shundaki, olimlarning fikriga ko’ra, bozor jamiyatda 
mavjud bo’lgan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning barchasini o’z-o’zidan hal 
qila olmaydi. Misol uchun, monopoliya sharoitida o’z-o’zini tartiblash raqobatni 
rivojlantira olmaydi, bu esa tovarlar ma’lum turlari narxining oshishiga olib keladi 
va natijada aholi daromadlari iqtisodiyotning alohida bir sektorida ushlanib qoladi. 
Bunday hollarda bozor mexanizmi samarasiz ishlay boshlaydi va iqtisodiy tanglik 
sharoitida iqtisodiyotni barqarorlashtirishda bozor mexanizmi sust qatnashadi. 
Shuning uchun, iqtisodiyotni tartiblovchi qo’shimcha mexanizmlarni ishlab chiqish 
ehtiyoji tug’iladi. Ana shunday mexanizmlardan biri – davlatning iqtisodiyotni 
tartiblovchi dastak va vositalaridir. Iqtisodiyotni faqat “ko’rinmas qo’l”ga tashlab 
qo’yish ijobiy natija bermasligini va bu haqiqatning naqadar to’g’ri ekanligini 
bugungi kundagi reallik, jahonda yuz berayotgan to’fonlar tasdiqlab turibdi.
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning bosh 
maqsadi – iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mamlakatda mavjud ichki 
tuzumni mustahkamlash, mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy jarayonlarni jahondagi 


o’zgaruvchan sharoitlarga moslashtirishdan iborat. Tartiblashning boshqa barcha 
maqsad va vazifalari ana shu bosh maqsadga bo’ysundirilgan. 
Bu borada davlat moliyasini boshqarish va tashkil qilishning oldida qanday 
vazifalar turganini ta’kidlab o’tish o’rinli, ular
:

muvozanatlashtirilgan bozorga kirib borishda barqaror taraqqiyotga 
erishish maqsadida maksimal darajada moddiy va moliyaviy rezervlarni qidirib 
topish; 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va maqsadli dasturlarning 
samarali bajarilishini ta’minlovchi byudjet daromadlarining umumiy hajmini 
to’g’ri belgilash; 

umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan barcha tadbirlarni uzluksiz 
moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan holda, davlat byudjeti xarajatlari 
umumiy hajmini to’g’ri belgilash va ularni optimallashtirish; 

iqtisodiyotdagi inflyatsion tendentsiyalar va pul-kredit nobarqarorligini 
bartaraf etishga, milliy pul birligining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan 
moliyaviy barqarorlashtirish dasturlarini davlat byudjet siyosati chora-tadbirlari 
bilan muvofiqlashtirish; 

iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan noinflyatsion manbalar 
hisobidan byudjet defitsitiga barham berish yoki uni qisqartirish; 

iqtisodiy mintaqalar, xo’jalik sohalari va byudjetlar o’rtasida davlat 
daromadlarini qayta taqsimlash yo’li bilan turli darajadagi byudjetlarni 
balanslashtirish maqsadida byudjetni oqilona tartibga solishni amalga oshirish; 

keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning samarali amalga 
oshirilishini ta’minlash imkonini beradigan byudjetni o’rta va uzoq istiqbolga 
mo’ljallab rejalashtirishning ahamiyatini oshirish; 

soliq majburiyatlarini bajarishda alohida fuqarolar va yuridik 
shaxslarning moliyaviy faoliyatlari ustidan nazoratni ta’minlash; 



zamonaviy texnika va texnologiyalardan keng foydalanish asosida va 
moliyaviy hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish orqali 
byudjetlarni tuzish va ijro etish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqalar. 
Davlat moliyasini boshqarish(DMB)ni isloh etish strategiyasi O’zbekiston 
Respublikasida DMB tizimini nazorat qilishni takomillashtirishdan iborat. Ushbu 
strategiyadan kutilayotgan oraliq maqsad – DMB tizimida muhim jarayonlarni 
modernizatsiyalash bo’lib, bugungi kunda islohotlar strategiyasining asosiy 
yo’nalishlari quyidagilardan iborat (1-rasm): 
1-zamonaviy markazlashgan g'aznachilik tizimini shakllantirish; 
2- Yagona byudjet hisobi tizimini shakllantirish va yuritish; 
3-O’rta muddatli byudjet strategiyasi va byudjetlashtirilishiga o’tib boorish; 
4- Byudjet qonunchiligini yanada takomillashtirish; 
5-Barqaror byudjet daromadliligini t’minlash maqsadida oqilona soliq 
siyosatini yuritish 


Byudjet qonunchiligini yanada takomillashtirish Barqaror byudjet daromadliligini 
t’minlash 
maqsadida 
oqilona 
soliq 
siyosatini 
yuritish 
1-rasm. Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish strategiyasi 
yo’nalishlari
12
 
Ushbu strategik vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish doirasida 
O’zbekiston Respublikasi “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi 
(26.08.2004) Qonunining qabul qilinishi byudjet ijrosining g’aznachilik tizimiga 
o’tilishiga asos soldi. 2005 yil may oyida davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik 
tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzurida “Davlat byudjetining g’azna ijrosini tadbiq 
etish va uslubiyot boshqarmasi”, keyinchalik (2007 yilda) uning negizida Moliya 
vazirligi G’aznachiligi tashkil etildi. 
2007 yilga kelib O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot 
banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga 
oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-721-son Qarori (01.11.2007) qabul 
12
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Davlat moliyasini boshqarishni isloh 
qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2007 yil 1 noyabrdagi PQ-721-son Qarori 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish