1. G’aznachilik faoliyatini shakllantirishning huquqiy tartibga solinishi



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/23
Sana27.06.2022
Hajmi1,36 Mb.
#710942
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
15 мавзу (2)



15-mavzu. Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosining 
me’yoriy-huquqiy ta’minoti 
 
1.
 
G’aznachilik faoliyatini shakllantirishning huquqiy tartibga solinishi 
2.
 
Byudjet Kodeksi davlat byudjeti g’azna ijrosining huquqiy asosi
3.
 
 “Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi qoidalari”ning mazmuni 
va tarkibi
4.
 
Moliya vazirligi G’aznachiligining funktsiya va vazifalari
1.
 
G’aznachilik faoliyatini shakllantirishning huquqiy asoslari 
O’zbekiston Mustaqillikka erishgandan so’ng, xo’jalik yuritishning bozor 
tizimiga o’tilishi, iqtisodiyot bozor infratuzulmasining shakllanishi va rivojlanishi 
mamlakat xo’jalik jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan huquqiy 
asosni yaratishni talab etdi. Undan tashqari, jahondagi glaballashuv jarayonlarida 
faol 
qatnashayotgan 
O’zbekiston uchun davlat boshqaruv institutlarini 
shakllantirish va tubdan isloh qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Tajribadan shu 
narsa ma’lumki, O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlar bozor 
mexanizmlarini ko’r-ko’rona, sun’iylik bilan tadbiq etib bo’lmaydi, chunki jamiyat 
a’zolari o’rtasida shunday an’anaviy ierarxik munosabatlar tizimi shakllanganki, 
ularni mensimaslik, keskin qarorlar qabul qilish chog’ida ularni e’tiborga olmaslik 
turli nohush holatlarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, iqtisodiyotni 
boshqarishning jahon amaliyotida tan olingan bir qator mexanizmlarini, iqtisodiy-
ijtimoiy rivojlanish sharoitlarimizga tegishli tarzda moslashtirgan holda, qo’llash va 
ijobiy foydalanish maqsadga muvofiqdir. Byudjet mablag’laridan oqilona va 
samarali foydalanishni ta’minlovchi shunday mexanizmlardan biri – davlat byudjeti 
ijrosining g’aznachilik tizimidir.
Bu boradagi islohotlar davlat moliyasi, davlat byudjeti va byudjet jarayonini 
boshqarish va tartibga solish organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni 
ko’zda tutadi. Shu sababli ular faoliyatini amalga oshirilayotgan iqtisodiy va 
demokratik islohotlar talablariga moslashtirish, so’nggi ijobiy natijalarni ko’zlagan 
holda muvofiqlashtirish, shaklan va mazmunan yangi sifat pog’onasiga ko’tarish 


talab etilmoqda
1

Bu borada dastlab O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga 
tayyorlanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2002 yil 26 aprelda 144-son Qarori 
qabul qilindi. Mazkur loyihani amalga oshirishga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot 
banki tomonidan 400,0 ming AQSh dollari miqdorida mablag’ ajratildi. Qarorda 
aytilishicha, “Yaponiya hukumati tomonidan O’zbekiston Respublikasida moliya 
axborot tizimining funktsional va texnikaviy tuzilmasini ishlab chiqishga”
2
500,0 
ming AQSh dollari miqdorida grant berilishi bildirildi.
Mazkur loyihaning maqsadi davlat moliyasini boshqarishni takomil-
lashtirish, zamonaviy kompyuterlar va axborot texnologiyalaridan foydalangan 
holda byudjet mablag’larining samarali sarflanishini ta’minlash, byudjet ijrosining 
yangi tizimini yaratishdan iboratdir. Ko’rsatib o’tilgan loyihani amalga oshirish 
yuzasidan mas’uliyat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatildi. 
Loyihani tayyorlash va amalga oshirish maqsadida Muvofiqlashtiruvchi 
kengash tuzildi. Bu kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: 

loyihani tayyorlash va amalga oshirish bo’yicha monitoring olib borish; 

loyiha 
doirasida 
jalb 
etiladigan 
vakolatli 
organlar, 
konsalting 
kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish; 

loyihani tayyorlash va amalga oshirish uchun jalb etiladigan mablag’lardan 
samarali foydalanish ustidan nazoratni ta’minlash; 

tender savdolari o’tkazish bo’yicha qarorlar qabul qilish va ularning 
natijalarini ma’qullash, tegishli tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash; 

ekspertizalar o’tkazish va jalb etilayotgan konsultantlar va ekspertlar 
hisobotini ma’qullash. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish