15-mavzu. Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosining
me’yoriy-huquqiy ta’minoti
1.
G’aznachilik faoliyatini shakllantirishning huquqiy tartibga solinishi
2.
Byudjet Kodeksi davlat byudjeti g’azna ijrosining huquqiy asosi
3.
“Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi qoidalari”ning mazmuni
va tarkibi
4.
Moliya vazirligi G’aznachiligining funktsiya va vazifalari
1.
G’aznachilik faoliyatini shakllantirishning huquqiy asoslari
O’zbekiston Mustaqillikka erishgandan so’ng, xo’jalik yuritishning bozor
tizimiga o’tilishi, iqtisodiyot bozor infratuzulmasining shakllanishi va rivojlanishi
mamlakat xo’jalik jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan huquqiy
asosni yaratishni talab etdi.
Undan tashqari, jahondagi glaballashuv jarayonlarida
faol
qatnashayotgan
O’zbekiston uchun davlat boshqaruv institutlarini
shakllantirish va tubdan isloh qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Tajribadan shu
narsa ma’lumki, O’zbekiston iqtisodiyotiga
xorijiy mamlakatlar bozor
mexanizmlarini ko’r-ko’rona, sun’iylik bilan tadbiq etib bo’lmaydi, chunki jamiyat
a’zolari o’rtasida shunday an’anaviy ierarxik munosabatlar tizimi shakllanganki,
ularni mensimaslik, keskin qarorlar qabul qilish chog’ida ularni e’tiborga olmaslik
turli nohush holatlarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga,
iqtisodiyotni
boshqarishning jahon amaliyotida tan olingan bir qator mexanizmlarini, iqtisodiy-
ijtimoiy rivojlanish sharoitlarimizga tegishli tarzda moslashtirgan holda, qo’llash va
ijobiy foydalanish maqsadga muvofiqdir. Byudjet mablag’laridan oqilona va
samarali foydalanishni ta’minlovchi shunday mexanizmlardan biri – davlat byudjeti
ijrosining g’aznachilik tizimidir.
Bu boradagi islohotlar davlat moliyasi, davlat byudjeti va byudjet jarayonini
boshqarish va tartibga solish organlari faoliyatining
samaradorligini oshirishni
ko’zda tutadi. Shu sababli ular faoliyatini amalga oshirilayotgan iqtisodiy va
demokratik islohotlar talablariga moslashtirish, so’nggi ijobiy natijalarni ko’zlagan
holda muvofiqlashtirish, shaklan va mazmunan yangi sifat pog’onasiga ko’tarish
talab etilmoqda
1
.
Bu borada dastlab O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini
amalga oshirishga
tayyorlanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2002 yil 26 aprelda 144-son Qarori
qabul qilindi. Mazkur loyihani amalga oshirishga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot
banki tomonidan 400,0 ming AQSh dollari miqdorida mablag’ ajratildi. Qarorda
aytilishicha, “Yaponiya hukumati tomonidan O’zbekiston
Respublikasida moliya
axborot tizimining funktsional va texnikaviy tuzilmasini ishlab chiqishga”
2
500,0
ming AQSh dollari miqdorida grant berilishi bildirildi.
Mazkur loyihaning maqsadi davlat moliyasini boshqarishni takomil-
lashtirish, zamonaviy kompyuterlar va axborot texnologiyalaridan foydalangan
holda byudjet mablag’larining samarali sarflanishini ta’minlash, byudjet ijrosining
yangi tizimini yaratishdan iboratdir. Ko’rsatib o’tilgan
loyihani amalga oshirish
yuzasidan mas’uliyat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatildi.
Loyihani tayyorlash va amalga oshirish maqsadida Muvofiqlashtiruvchi
kengash tuzildi. Bu kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
loyihani tayyorlash va amalga oshirish bo’yicha monitoring olib borish;
loyiha
doirasida
jalb
etiladigan
vakolatli
organlar,
konsalting
kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
loyihani tayyorlash va amalga oshirish uchun jalb etiladigan mablag’lardan
samarali foydalanish ustidan nazoratni ta’minlash;
tender savdolari o’tkazish bo’yicha qarorlar qabul qilish va ularning
natijalarini ma’qullash, tegishli tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash;
ekspertizalar o’tkazish va jalb etilayotgan konsultantlar va ekspertlar
hisobotini ma’qullash.