1. G’aznachilik faoliyatini shakllantirishning huquqiy tartibga solinishi



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/23
Sana27.06.2022
Hajmi1,36 Mb.
#710942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
15 мавзу (2)

3.
 
“Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi qoidalari”ning mazmuni 
va tarkibi
6
O’zbekiston Respublikasi Byudet Kodeksining 109- moddasi asosida 


Keyingi yillarda ham davlat byudjeti g’azna ijrosining me’yoriy-huquqiy 
asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu 
borada O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 88-sonli (22.11.2016) buyrug’i 
bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2850-
son (22.12.2016) bilan ro’yxatga olingan “Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna 
ijrosi qoidalari”ning qabul qilinishi muhim qadam bo’lib xizmat qildi. Mazkur 
“Qoidalar” O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning 
hududiy bo’linmalari tomonidan respublika va hududiy g’azna hisobvaraqlarini 
qo’llash sharoitida respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va 
mahalliy byudjetlarning g’azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilab berdi.
Ushbu “Qoidalar” quyidagilarni belgilab berdi:

G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari tomonidan respublika 
va hududiy g’azna hisobraqamlarini qo’llash sharoitida respublika byudjeti, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g’azna 
ijrosini amalga oshirish tartibini;

respublika 
g’azna 
hisobraqami 
va 
hududiy 
g’azna 
hisobraqamlarini yuritish tartiblarini,

Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va 
mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi,

byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalarini va 
ularga o’zgartirishlarni g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etish 
tartiblarini,

yuridik majburiyatlarni ro’yxatga olishning umumiy qoidalarini,
byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lari 
hisobiga xarajatlarni amalga oshirish tartiblarini va boshqalar
G’aznachilik organlari 
byudjetdan mablag’ oluvchilarning tovar (ish, 
xizmat)lar etkazib beruvchilar (keyingi o’rinlarda – mahsulot etkazib beruvchilar) 
bilan shartnomalarini, shu jumladan kapital qurilish bo’yicha buyurtmachilarning 
shartnomalarini ro’yxatga olish, O’zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro 
etish, tegishli byudjetlar xarajatlarining to’lanishi, shu jumladan g’azna 
hisobvaraqlaridan byudjet ssudalari, subventsiya va dotatsiyalar g’aznachilik 
bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi. 


G’azna hisobvaraqlaridan foydalanib, g’azna ijrosi bilan qamrab olinadigan 
byudjetlar, xarajat guruhlari, byudjetdan mablag’ oluvchilar, shu jumladan kapital 
qurilish buyurtmachilarining ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan belgilanadi. 
Naqd pul mablag’larini olish uchun, shu jumladan byudjetdan mablag’ 
oluvchilarning xodimlariga ish haqi to’lash, xizmat safari va qonunchilikda 
nazarda tutilgan boshqa naqd pul shaklidagi xarajatlarni to’lash uchun g’aznachilik 
bo’linmalari tomonidan tijorat banklarda 23212 “Moliya vazirligi G’aznachiligi 
mablag’lari” va 23214 “G’aznachilikning hududiy bo’linmalari mablag’lari” 
hisobvaraqlari ochiladi.
Davlat byudjeti g’azna ijrosining hisobini yuritish, hisobotini tuzish va taqdim 
etish qonunchilikda o’rnatilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan belgilangan shakllar va muddatlar bo’yicha amalga oshiriladi. 
G’azna hisobvaraqlari orqali xizmat ko’rsatiladigan byudjetdan mablag’ 
oluvchilar xarajatlar smetasi ijrosi to’g’risidagi davriy hisobot (1- OX shakl va 2-
shakl) ni yuqori tashkilot va tegishli moliya organlariga taqdim etgunga qadar, uni 
xizmat ko’rsatuvchi g’aznachilik bo’linmalari bilan tegishli davrda g’aznachilik 
bo’linmalari tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari va aniqlangan rejali 
byudjetdan ajratilgan mablag’lar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlariga mosligiga 
taqqoslanadi (byudjetdan mablag’ oluvchilarning hisobotlari g’aznachilik 
bo’linmalarining buxgalteriya hisobi bo’yicha vakolatli xodimlari tomonidan 
belgilangan shakldagi shtamp qo’yilib, imzolanadi). 
Davlat byudjetiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan soliqlar 
va boshqa majburiy to’lovlar banklar
tomonidan o’rnatilgan tartibda qabul qilinadi 
va 23402 (005) “Respublika byudjetining mablag’lari” hisobvarag’iga kirim 
qilinadi hamda belgilangan me’yorlarga muvofiq, banklarda ochilgan tegishli 
byudjetlarning g’azna hisobvaraqlariga ajratiladi. 
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlari to’lovi moliya yili uchun 
ajratilgan byudjet mablag’lari doirasida, tasdiqlangan (aniqlangan) xarajatlar 
smetalari, shuningdek mazkur Qoidalarga muvofiq ro’yxatga olingan, byudjetdan 


mablag’ oluvchilarning mahsulot etkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari 
asosida: 
-
respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha – 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi yoki uning 
hududiy bo’linmalari tomonidan mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda; 
-
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti yoki mahalliy byudjetlardan 
moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha – O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi G’aznachiligining hududiy g’aznachilik bo’linmalari 
tomonidan amalga oshirilishi ushbu qoidalarda belgilab berildi. 
“Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari”ga ko’ra byudjetdan 
mablag’ oluvchilar tomonidan byudjet mablag’larining maqsadli ishlatilishi ustidan 
nazorat qonunchilikka muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan 
amalga oshirilishi tartibi belgilangan. 
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning rahbarlari va bosh hisobchilari 
qonunchilikka muvofiq: 
- byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga; 
- mahsulot etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarning to’g’ri 
rasmiylashtirilishi va asosliligi va ularning qonunchilikka muvofiqligiga; 
- IV guruh mablag’lari hisobidan olinadigan naqd pul mablag’larining 
asosliligi hamda maqsadli ishlatilishining ta’minlanishiga; 
- g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar 
etkazib berilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar va boshqa hujjatlarning, 
g’azna hisobvarag’idan amalga oshirish uchun to’lov topshiriqnomalar va naqd pul 
uchun so’rovnomalarning haqqoniyligiga; 
- chek daftarchalarining saqlanishiga; 
- mahsulot etkazib beruvchilar oldidagi qarzdorlikning to’g’ri aniqlanishiga 
javobgarliklari mazkur “Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari”da 
asoslangan. 


Shuningdek “Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari”larda 
G’aznachilik bo’linmalarining vakolatlari belgilangan
7

- g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilishi lozim bo’lgan yuridik 
majburiyatlar, shuningdek ularga o’zgartirish va qo’shimchalar ular g’aznachilik 
bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilganidan so’ng kuchga kiradi. Bunda yuridik 
majburiyatlar 
yuzaga 
kelganligini 
tasdiqlovchi 
hujjatlar 
g’aznachilik 
bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazish uchun joriy moliya yilining 25 dekabridan 
kechiktirmay taqdim qilinishini talab qilishga;
- g’aznachilik bo’linmalari “Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi 
Qoidalari”ga muvofiq shakldagi to’lov topshiriqnomalari va g’azna memorial 
orderlari asosida to’lovlarni amalga oshirishiga; 
- g’aznachilik bo’linmalari imzolar namunalari va muhr izi kartochkasidan 
buyurtmachilar va kapital qo’yilma buyurtmachilarining yuridik va moliyaviy 
majburiyatlarini ro’yxatdan o’tkazishda va hisobga olishda, shuningdek to’lovlarni 
amalga oshirishda ulardagi imzolar va muhr izini imzolar namunalari va muhr izi 
kartochkasida ko’rsatilgan imzolar va muhr izi namunalariga solishtirishda 
foydalanishiga; 
- qonunchilikka muvofiq byudjetdan mablag’ oluvchilarning ro’yxatga 
olingan shartnomalarini xarajatlar smetalarida, shuningdek kapital qurilish 
xarajatlari bo’yicha esa - qurilish ob’ektlarining oylik yoyilmalari bo’yicha (Davlat 
byudjeti hisobidan kapital qurilish ob’eklari bo’yicha xarajatlar smetalarida) 
nazarda tutilgan rejali ajratilgan byudjet mablag’lariga muvofiqligiga va mazkur 
Qoidalarning talablariga muvofiqligiga va byudjetdan mablag’ oluvchilarning 
xarajatlari to’lovi ustidan nazoratning to’g’ri amalga oshirilishiga; 
- elektron to’lov topshiriqnomalarning “G’aznachilik” dasturiy majmuida 
to’g’ri shakllantirilishi va ular to’lovini “Bank-mijoz” dasturiy majmui orqali 
amalga oshirilishiga, naqd pul mablag’lari olish uchun cheklarning mazkur 
7
“O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi 
Qoidalari”
O’zbekiston 
Respublikasi moliya vazirining 2016 yil 22 noyabrdagi 88-son 
buyrug’iga
ko’ra O’zbekiston 
Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 22 dekabrda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 
№2580 


Qoidalar va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy hujjatlari 
talablariga muvofiq to’g’ri rasmiylashtirilishiga . 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish