2-SEMINAR
1.Gadoiy haqida nimalarni bilasiz?
2.Gadoiy devonida qanday lirik turga oid she’rlar jamlangan?
3.Shoir badiiy mahorati haqida fikr yuriting.
4.Shoir devonida g’azalning o’rni qanday?
JAVOB:
1. Gadoiy haqida nimalarni bilasiz?
Gadoiy 14 asr oxiri 15 asr o’rtalarida ijod qilgan turkiylar orasidagi mashhur shoirlardan biri hisoblanadi. Gadoiy shoirning taxallusi bo’lib, uning asl ismi ma’lum emas. Gadoiy gʻazal janri, aruz ilmi va sheʼriyat qoidalarini juda yaxshi bilgan. Asosan turkiy (oʻzbek) tilda va qisman esa forsiy tilda gʻazal, qitʼa, tuyuq, mustazod, qasidalar yaratgan hisoblanadi.
Adib haqidagi ayrim ma’lumotlar Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» hamda «Mahbub ul-qulub» asarlarida Gadoiy keltirilgan. Xususan, A.Navoiy «Majolis un-nafois» tazkirasida shunday yozadi:
«Mavlono Gadoiy turkigo‘ydur, balki mashohirdindur. Bobur Mirzo zamonida she’ri shuhrat tutti, bir navoye aytur va uning mashhur matlalaridin biri budurkim:»
Ohkim, devona ko‘nglum mubtalo bo‘ldi yana,
Bu ko‘ngulning ilgidin jonga balo bo‘ldi yana.
Mavlononing yoshi to‘qsondin o‘tibdur. Bu matla’ aningdurkim:
Dilbaro, sensiz tiriklik bir baloyi jon emish,
Kim aning dardi qoshida, yuz o‘lum hayron emish».
Yuqoridagi misralar orqali shoir Bobur Mirzo zamonida yashab, ijod qilganini bilimiz mumkin.
2. Gadoiy devonida qanday lirik turga oid she’rlar jamlangan?
Gadoiyning “Devoni Gado” deb nomlangan devoni XV asrning 2-yarmi —XVI asrning boshlarida nomaʼlum kotib tomonidan koʻchirilgan. Ushbu devonda 2974 misradan iborat 230 gʻazal, 1 mustazod, 1 qasida, 5 qitʼa, tuyuq kirgan. „Devon“dagi qasida temuriy shahzoda Muhammad Jahongir Mirzoning oʻgʻli Halil Sulton madhiga bagʻishlangan.
Devonning qoʻlyozmasi hozirgi kunda Parij Milliy kutubxonasida, mikrofilmi va fotonusxasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Gadoiyning forsiydagi sheʼrlari Fahri Hiraviyning „Radoyif ul-ashʼor“ tazkirasiga kiritilgan. Gadoiy sheʼrlari Turkiyada 1960-yilda va, shuningdek, AQShda 1971-yilda bosilib chiqqan.
3. Shoir badiiy mahorati haqida fikr yuriting.
Gadoiy oʻz ijodi bilan 15-asr oʻzbek mumtoz sheʼriyati rivojiga katta hissa qoʻshgan. Xususan, uning gʻazallari mazmunan hayotiyligi, badiiy va shaklan barkamolligi bilan ajralib turadi. Ayrim gʻazal va qitʼalarida shoirning oʻz hayoti lavhalari va ruhiy kechinmalari aks etgan. Sheʼriyatida „charx jafosi“, „roʻzgʻor javri“dan figʻon, „gʻurbat mehnati“ va „rohiblar tazyiqidan“ shikoyat ohanglari seziladi. Gadoiy sheʼrlari aruzning xalq qoʻshiqlariga yaqin ramal, hazaj bahrlarida yozilgan; tili xalqona sodda, vazni yengil, sho’x va uynoqi. Yuqoridagilarga ko’ra shoirning badiiy mahorati juda yuksak bo’lgan.
U g’azal janrida shuhrat qozongan shoir. Alisher Navoiy Gadoiy ijodiga yuqori baho beradi. Uni turkigo‘y adiblar orasida alohida hurmat va e’tiborga sazovorligini uqtiradi. «Majolis un-nafois» tazkirasida shunday yozadi: «Mavlono Gadoiy turkigo‘ydur, balki mashohirdindur. Bobur Mirzo zamonida she’ri shuhrat tutti, bir navoye aytur va uning mashhur matlalaridin biri budurkim:»
Bunda Navoiy Gadoiyning turkiy shoir ekanligini, ya’ni turkchada ijod qilganligi aytib, turkiylarning mashoyihi, ya’ni mashhur shoiri ekanligini bildiradi.
4. Shoir devonida g’azalning o’rni qanday?
Shoirning devoni, asosan, g’azallardan iborat hisoblanadi. G’azallarining ko’pi ishqiy mavzuda bo’lib, zohiran insonning ollohga bo’lgan ishqi kuylanadi. “Mubtalo bo’ldi yana…”, “Sanga”, “Oh kim, devona ko’nglim mubtalo bo’ldi yana”, “Yoz fasli”, “Ey ko’ngul, dilbar xayoli chunki hamdamdur sanga…” kabi g’azallari ishqiy mavzuda bo’lib, juda mashhur g’azallaridan hisoblanadi.
Quyida ayrim g’azallarini tahlil qilamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |