1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]



Download 119,83 Kb.
bet1/12
Sana29.01.2022
Hajmi119,83 Kb.
#417328
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
152 19.03.2021




[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash hamda 2021-yilda aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik intilishlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, hududlarda “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish orqali aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash mexanizmlarini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga moliyaviy ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi) Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar hamda tijorat banklari bilan birgalikda har bir mahallada quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi yangicha ishlash tizimini joriy etsin:
oilalarning daromad manbalarini, shu jumladan, tomorqa yerlardan foydalanish hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini “xonadonbay” o‘rganish;
band bo‘lmagan aholining, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi kurslarga yo‘naltirish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga amaliy ko‘maklashish;
yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari va startap g‘oyalarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar ajratish;
mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash va yangi tadbirkorlikni, shu jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga ko‘maklashish va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
mavjud imkoniyatlarni (bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan yer maydonlari va bandlikning an’anaviy sohalari) o‘rganish va ulardan samarali foydalanish orqali joylarda tadbirkorlik, investitsiyaviy va raqobat muhitini yaxshilash;
samaradorlik va daromadlilik tamoyillaridan kelib chiqib, tadbirkorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, maslahat berish va biznes-rejalarni tayyorlash uchun banklarning quyi bo‘g‘in xodimlarini to‘liq qayta tayyorlash orqali mijozga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish (“mijozbay” ishlash) tizimini takomillashtirish;
joylarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan (er ajratish, qurilish uchun ruxsat berish, turli xil faoliyatlar uchun litsenziya olish, bo‘sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik uchun ajratish, kommunikatsiya tizimlariga ulanish) muammolarni tezkorlik bilan hal etish.
2. “Mahallabay” ishlash tizimini samarali tashkil etish maqsadida quyidagilar:
Respublika hududlarida “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
“Mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish va amalga oshirish to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom (keyingi o‘rinlarda — Vaqtinchalik nizom) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Respublika komissiyasi:
a) 2021-yil 10-aprelga qadar:
mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari va faollari bilan birgalikda oilalarning daromad manbalarini, daromadli mehnatga bo‘lgan ehtiyojlarini “xonadonbay” hamda tadbirkorlarning muammolarini “mijozbay” o‘rganish va muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha — har bir mahallaga tijorat banklarining tuman (shahar) filiallaridan bir nafar doimiy vakil (keyingi o‘rinlarda — doimiy vakil) biriktirilishini;
mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash, band bo‘lmagan aholining, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarning kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatish orqali mehnat bilan bandligiga ko‘maklashish, mahallalarda tadbirkorlik, investitsiyaviy va raqobat muhitini yaxshilash hamda “drayver” loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha — har bir sektor huzurida boshqaruv ofislari (keyingi o‘rinlarda — boshqaruv ofisi) tashkil etilishini;
mahallalardagi muammolarni tezkor hal etish, boshqaruv ofislari va doimiy vakillarning faoliyatini muvofiqlashtirib borish bo‘yicha — tuman (shahar) hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari rahbarlik qiladigan muvofiqlashtiruvchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda — muvofiqlashtiruvchi guruh) shakllantirilishini ta’minlasin;
b) 2021-yil 15-aprelga qadar:
mahalla pasportlari, mahallalarda o‘tkaziladigan so‘rovnomalar, mahallani kompleks rivojlantirish dasturlarining namunaviy shakllarini ishlab chiqsin va doimiy vakillarga, boshqaruv ofislarga va muvofiqlashtiruvchi guruhlarga yetkazsin;
doimiy vakillar, boshqaruv ofislari va muvofiqlashtiruvchi guruhlar tomonidan Vaqtinchalik nizom bo‘yicha ishlar olib borilishini tashkil etsin;
v) 2021-yil 20-aprelga qadar yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, shu jumladan, ularni tadbirkorlikka o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish orqali ularga amaliy ko‘maklashish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni belgilasin;
g) Respublika komissiyasi respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman (shahar)lar hokimliklariga hamda tijorat banklarining rahbarlariga “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish jarayoni doirasida tegishli ko‘rsatmalar berish va ular faoliyatini muvofiqlashtirib borish bo‘yicha vakolatli hisoblansin;
d) doimiy ravishda joylarda “mahallabay” ishlash tizimini samarali joriy etsin hamda ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun mas’ul ekanligi belgilansin;
e) har bir mahallada tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirib borsin;
j) amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
z) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar Vaqtinchalik nizomni amaliyotda qo‘llash natijalarini tahlil qilsin va uni yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin.
4. Belgilansinki, “mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha joylarda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida barcha turdagi hisobotlar va axborotlar Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan umumlashtirib boriladi, bu boradagi hisobotlar va axborotlar Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi bilan kelishilgan holda manfaatdor vazirliklar va idoralardan olinadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir hafta muddatda:
“mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish bo‘yicha metodik qo‘llanma va o‘quv dasturlarini ishlab chiqsin va Respublika komissiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklariga, mahalla fuqarolar yig‘inlariga yetkazish;
ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda mahallalarga biriktirilgan doimiy vakillarni, tuman (shahar)lardagi boshqaruv ofislari mas’ullarini va muvofiqlashtiruvchi guruh a’zolarini o‘qitish bo‘yicha reja-jadval tuzsin hamda o‘qitish jarayonini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
6. “Mikrokreditbank” ATBga:
bir oy muddatda yosh tadbirkorlarning tashabbuslari, startap va innovatsion g‘oyalarini yig‘ish, tahlil qilish va ularni moliyalashtirish vazifalarini amalga oshiruvchi alohida tarkibiy tuzilma tashkil etish;
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda yagona platforma integratsiyasini amalga oshirish orqali yoshlarga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishda “yagona darcha” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;
yoshlarning eng samarali loyihalarini “franshiza” usulida respublika bo‘ylab keng targ‘ib qilish va amalga oshirish choralarini ko‘rish;
hududlarda tashkil etiladigan “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari”da yoshlarning tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratish tavsiya qilinsin.
7. AT “Xalq banki”ga:
bank xodimlarining tadbirkor yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash mexanizmini yaratish va ularga bank tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar bo‘yicha biznes-rejalarni tuzishda ko‘maklashish;
xotin-qizlarni tadbirkorlikka alohida o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda o‘qitish natijalariga ko‘ra ularga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun kredit ajratilishida amaliy ko‘maklashish;
tajribali tadbirkor xotin-qizlarni biriktirish orqali tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish;
xotin-qizlarning tadbirkorligi uchun kredit ajratilgandan so‘ng ularning biznesini rivojlantirishga har tomonlama amaliy yordam berib borish;
“biznes inkubator” loyihasi samaradorligini oshirish, muvaffaqiyatli loyihalarni keng joriy etish mexanizmini ishlab chiqqan holda uning tizimli ishlashini ta’minlash tavsiya etilsin.
Bunda yuqorida qayd etilgan vazifalar boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Farg‘ona va Namangan viloyatlari hokimliklari hamda vakolatli tijorat banklarining buyurtmanomalari asosida bir hafta muddatda har bir viloyat uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga 30 mln AQSh dollariga, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga 30 mln AQSh dollariga teng mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Respublika komissiyasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan kasb-hunarga o‘qitish markazlarida aholini tadbirkorlikka o‘qitish jarayonlari samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
10. Tijorat banklariga “mahallabay” ishlash tizimiga jalb etilgan o‘z xodimlarining biriktirilgan mahallalardagi faoliyati natijalaridan kelib chiqib, ularni moddiy rag‘batlantirib borish tavsiya etilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda “mahallabay” ishlash tizimining elektron bazasi ishlab chiqilishini ta’minlasin hamda o‘zaro integratsiyalashgan axborot almashinuvi tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘ysin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 17-bandi uchinchi xatboshisiga “Tomorqa xizmati” MChJlarga” so‘zlaridan keyin “va qishloq xo‘jaligi kooperativlariga” so‘zlari qo‘shilsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-mart,
152-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-martdagi 152-son qaroriga
1-ILOVA

Download 119,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish