Jamiyat va uning a’zolari davlatga nisbatan ustunlikka ega bo‘lishi fuqarolik jamiyatining shakllanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan jarayondir. Agar „jamiyat” tushunchasini makonu zamonda mavjud, turmush tarzi va manfaatlari mushtarak bo‘lgan insonlarning o‘zaro aloqadorligini ifodalovchi birlik deb tushunsak, fuqarolik jamiyati esa ana shunday jamiyatning rivojlanishida ma’lum sharoitlarda qaror topadigan uning yuqori bosqichidir. Agar „jamiyat” tushunchasi tarkibiga, masalan, davlatning ham kirishini unutmasak va ayni vaqtda „fuqarolik jamiyati” tushunchasi tarkibida davlatning mavjud emasligini anglasak, „jamiyat” va „fuqarolik jamiyati” tushunchalarining aynan bir narsa emasligini, ularning turlicha ma’no kasb etishini ko‘rishimiz mumkin„Jamiyat insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar majmuidir”. Fuqarolik jamiyati –bu yuksak fazilatlarga ega bo‘lgan insonlar jamiyatidir. Fuqarolik jamiyati –bu shunday ijtimoiy tuzumki, unda qonunlar ustuvorligi ta’minlanadi, inson huquq va erkinliklari qaror topadi, siyosiy partiyalar va institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta’minlanadi, insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining mavqei yuksak bo‘ladi. Mamlakatning har bir fuqarosi fuqarolik institutlari faoliyatida keng ishtirok etadi va ular orqali siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va huquqiy jihatdan o‘z ehtiyojlarini qondiradi Fuqarolik jamiyatida davlat va uning organlari faoliyati ustidan fuqarolarning jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi. Davlatning bir qator vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Aytish mumkinki, fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichma-bosqich o‘tish orqali ro‘y beradi. Mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida „Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyat sari” dasturi asosida davlatning ayrim vakolatlarini fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish jarayoni kechmoqda. „Fuqarolik jamiyati” tushunchasi keng va tor ma’nolarda qo‘llanadi. Fuqarolik jamiyati keng ma’noda jamiyatning shunday qismini bildiradiki, bu qismda davlat uning tuzilmalari bevosita qamrab olinmagan bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati tor ma’noda ya’ni o‘z ma’nosida huquqiy davlat bilan bevosita bog‘liq. SHu ma’noda fuqarolik jamiyati huquqiy davlatsiz mavjud bo‘lishi mumkin emas va aksincha, huquqiy davlatni fuqarolik jamiyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Hozirgi zamon fuqarolik jamiyatining tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat:1. Fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tashkiloti;1) Xususiy mulk asosida faoliyat yuritadigan nodavlat tashkilotlar;2) SHirkat xo‘jaliklari va ularning uyushmalari;3) Ijara asosida ishlovchi jamoalar4) Aksiyadorlik jamoalari;5) Moliyaviy jamg‘armalar va uyushmalar;6) Ishlab chiqarish korporatsiyalari, konsernlari va birlashmalari7) Tadbirkorlik uyushmalari(palatasi) va boshqalar.2. Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy tashkiloti;1) Oila va uning manfaatlarini himoya qiluvchi maxsus tashkilotlar;2) Ta’lim- tarbiya muassasalari (maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari);3) Jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar;4) Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari;5) Mustaqil ommaviy axborot vositalari;6) Diniy tashkilotlar;7) Milliy-madaniy markazlar;8) Ixtiyoriy ko‘ngilli jamiyatlar;9) Jamoatchilik fikrini o‘rganish institutlari;10) Turli ijtimoiy ixtiloflarni hal etuvchi tuzilmalar va boshqalar.3. Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tashkiloti.1) Siyosiy partiyalar2) Ijtimoiy-siyosiy harakatlar;3) Inson huquqlarini himoya qiladigan institutlar va boshqalar.