48.Jamoatchilik nazorati haqidagi qonunning qabul qilinishi va uning ahamiyati
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi. Ushbu Qonunning maqsadi davlat organlari va muassasalari (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.2-modda. Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariJamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.Qonun hujjatlarida kasaba uyushmalari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilanishi mumkin.Referendumlarga, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish, shuningdek mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot, tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, sud ishlarini yuritish, jazolarni ijro etish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.3-modda. Jamoatchilik nazorati subyekt lar. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati subyektlaridir.Jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi PQ-3837-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizom.4-modda. Jamoatchilik nazoratining obyektiDavlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining:qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olishga;fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini ta’minlashga;o‘z zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo‘lgan vazifalar va funksiyalarni bajarishga;davlat xizmatlarini ko‘rsatishga;ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarishga doir faoliyati jamoatchilik nazoratining obyektidir.5-modda. Jamoatchilik nazoratining asosiy prinsiplariJamoatchilik nazoratining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat. qonuniylik;fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etishning ixtiyoriyligi;jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ommaviyligi va ochiqligi;jamoatchilik nazorati subyektlarining xolisligi va beg‘arazligi;jamoatchilik nazorati natijalarining ishonchliligi;jamoatchilik nazorati subyektlarining davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga asossiz aralashuviga va ularga g‘ayriqonuniy ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligi.6-modda. Jamoatchilik nazoratining shakllariJamoatchilik nazoratining shakllari quyidagilardan iborat:davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar;davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish;jamoatchilik muhokamasi;jamoatchilik eshituvi;jamoatchilik monitoringi;jamoatchilik ekspertizasi;jamoatchilik fikrini o‘rganish;fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish.Jamoatchilik nazorati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin