57.''Rivojlanish'',''strategiya' ', konsepsiya va innovatsion rivojlanish
Bu o‘rinda “Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalarga alohida e’tibor qaratilayotgani kelajakda ushbu yo‘nalishlardagi ishlarga talab keskin ortishi, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid islohotlar bardavom bo‘lishidan dalolatdir.Ayniqsa, aholini ish bilan ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, iqtisodiyot va sanoqt tarmoqlarida muqim yangi ish o‘rinlari yaratish, shu orqali aholining real daromadlari va farovonligini bosqichma bosqich oshirish, arzon uy-joylar qurish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va fan tizimlarini tubdan takomillashtirish borasidagi aniq maqsad-vazifalar belgilab berilmoqda.Konseptual xarakterga ega bo‘lgan mazkur hujjatning ikkinchi yo‘nalishi, ya’ni qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Fuqarolik jamiyatida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadigan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimini isloh qilish vazifasi aks etgan. Gap shundaki, bu yo‘nalishda belgilangan tadbirlarning aksariyati qonun loyihalari ishlab chiqish tarzida ijro etilib, mahalliy hokimiyat organlari, jumladan, hokimlar, huquq-tartibot organlari faoliyatini takomillashtirishga hamda bugungi kungacha ham ishlab chiqilmagan davlat xizmatchilari faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonun qabul qilishdek davlat xizmati o‘tashning huquqiy asoslarini yaratishni nazarda tutadi. Demak, bu qonun ijodkorligi bilan bog‘liq. Bu vazifani amalga oshirish Parlament a’zolaridan katta mas’uliyat talab etadi. Biz qonun ijodkorlari faoliyatimizni bugungi kun talabi nuqtai nazaridan yanada takomillashtirishimiz lozim deb bilaman.Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar milliy va umuminsoniy negiziga asoslangan bo‘lib, ularda milliy g‘oyaning asosiy tamoyillari bilan mushtaraklikni kuzatish mumkin.Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishida davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlis rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan yaxshilash, siyosiy partiyalar rolini oshirishga doir ustuvor vazifalar ko‘zda tutilgani fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tarixiy hujjat orqali davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektorlar hamkorligi zamonaviy shakllarini, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha ham muhim chora-tadbirlar ro‘yobga chiqarilishini alohida e’tirof etish joiz. Bular pirovardida davlat idoralari hamda xalqimiz o‘rtasida mustahkam ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi va yurtdoshlarimizga munosib turmush sharoiti yaratilishini kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |