39.Demokratik institut tushunchasi va ularning o'ziga xos xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi esa poytaxtimizda faoliyat yuritadi.Ta’sis etilganidan buyon o‘tgan davr mobaynida mazkur Jamoat fondi tomonidan davlat byudjetidan ajratilgan 60 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ 1,5 mingga yaqin NNT va OAVga subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtma shaklida berildi. SHu maqsadda 2017 yilda davlat byudjetidan 12 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, 2018 yil 15 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Bu joriy yilga nisbatan 25 foiz ko‘p demakdir.Ayni chog‘da O‘zbekistonda 9 ming 200 dan ziyod NNT, 1 ming 400 dan ortiq OAV va 10 mingga yaqin mahalla fuqarolar yig‘ini mavjudligini hisobga olsak, Jamoat fondining yurtimizdagi mavjud fuqarolik jamiyati institutlarini keng qamrovda rag‘batlantirish borasidagi faoliyati etarli emasligi o‘z-o‘zidan ayon bo‘ladi. SHuning uchun Farmonda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlarini tashkil qilish vazifasi yuklangani juda muhimdir.Mazkur fondlar o‘z faoliyatini amalga oshirishni davom ettirishi uchun 2019 yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan, mahalliy byudjetlardan zarur mablag‘lar ajratilishi nazarda tutilmoqda. Bu fondlar, shubhasiz, “uchinchi sektor”ni qo‘llab-quvvatlash uchun mahalliy davlat byudjetidan yo‘naltiriladigan mablag‘larni adolat tamoyillari asosida ochiq-oshkora taqsimlashga xizmat qiladi.Joylarda tuzilajak ushbu fondlarning mohiyati va ahamiyati, bir tomondan, yurtimizdagi fuqarolik jamiyati institutlarini yanada keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, “notijorat” asosda ishlaydigan, ya’ni daromadga tayanmaydigan bu ijtimoiy tashkilotlar vakillarining moddiy rag‘bat istagida poytaxtga qatnab, ortiqcha mablag‘ va vaqt sarflashining oldini oladi. Prezidentimiz ilgari surgan tashabbuslardan yana biri shuki, 2018 yil 1 iyundan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan NNTning tadbirlarini kelishish tartibi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilish tartibi bilan almashtiriladi. Bu nima degani? Gap shundaki, Farmonda NNTni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini, ularning faoliyati tartibini belgilovchi qonunchilik normalarida ortiqcha byurokratik talablar va g‘ovlar nazarda tutilgani, bu normalar eskirganligi va zamon talablariga javob bermasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ochig‘ini aytganda, muayyan NNT o‘zi o‘tkazadigan tadbirni tegishli davlat organi bilan “kelishishi”ning o‘ziyoq ko‘pincha turli to‘rachilik va sansolarlik holatlarini keltirib chiqarayotgani sir emas. Bundan buyon esa o‘sha NNT o‘zini ro‘yxatdan o‘tkazgan davlat organini qanday tadbir uyushtirayotgani haqida xabardor qilishi kifoyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |