1. Feodalizmga o‘tish davridagi iqtisodiy g‘oyalar



Download 361,14 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana06.07.2022
Hajmi361,14 Kb.
#746494
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
17-мавзу

 


4.G
’arbiy Yevropada feodalizm davridagi iqtisodiy g‘oyalar 
G
’arbiy Yevropada feodalizm jamiyati uch bosqichni bosib o‘tdi:

ilk feodalizm (V-X asrlar),

rivojlangan feodalizm (X-XV asrlar)

feodalizmning yemirilish davri (XVI-XVIII asrlar).
Dastlabki davrda dehqonchilik x
o‘jalikning asosi edi, aholi o‘rtasida 
keskin tabaqalanish ham mavjud emas edi. Yuzaga kelgan buyuk Frank 
davlatida ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib, feodalizm munosabatlari shakllanishi 
(quldorlik formatsiya shaklida tarkib topmadi - 
«Sali haqiqati», 481-614) 
qonunlar t
o‘plamida aks etgan.
Bunda eski jamoa munosabatlari himoya qilinadi (umumiy mulkchilik), 
ammo ayrim x
o‘jaliklarning mustaqilligi ham, xususiy mulkchilik ham 
q
o‘llab-quvvatlanadi, sinfiy ajralish asta-sekin namoyon bo‘la boshlaydi. 
Olimlar feodalizmdan oldingi Frank kishlo
g‘ining o‘ziga xos bo‘lganligini qayd 
qilib, erkin Frank dehqoni Rim koloni (qul) bilan yangi krepostnoy 
o‘rtasidagi 
shaxs ekanligini, ya
’ni krepostnoylik munosabatlari endigina shakllana 
boshlaganligini qayd etgan edi
. «Sali haqiqati» sinfiy differensiatsiyani 
k
o‘rsatdi.
Natural x
o‘jalik va dehqonlarning krepostnoylik ekspluatatsiyasiga oid 
dastlabki 
«Villalar to‘g‘risidagi kapitulyariy» pomest’elar to‘g‘risidagi qonun 
b
o‘lib (IX asr boshi), unda feodal yer egaligi va krepostnoylik himoya etiladi. 
Unda endi jamoa, jamoa mulki t
o‘g‘risida gap yo‘q. Bu hujjatda votchinaning 
yagona egasi va votchina aholisining majburiyatlari t
o‘g‘risida gapiriladi. 
Natural x
o‘jalikka asoslanganligi tufayli obrokning mahsulot shaklida to‘lanishi, 
zahira ham natura shaklida b
o‘lishi, turli kasbdagi hunarmandlar kerakligi 
gapiriladi. Sotuvchi faqat ortiqcha mahsulotni chiqarish, ya
’ni realizatsiya 
qilishi kerak edi. Demak, 
o‘z-o‘zini ta’minlash birinchi o‘ringa qo‘yilgan.
Krepostnoylikning yuzaga kelish masalasi k
o‘p olimlarni qiziqtiradi. 
Yerga monopoliya egaligi va dehqonlarni majbur qilish apparatining paydo 
b
o‘lishi hal qiluvchi rolni o‘ynagan. Natural xo‘jalik yetakchi bo‘lsa ham, tovar 
ishlab chiqarish ham mavjud edi. Shaharlarda hunarmandchilik sexlari, savdo 
rastalari doimo ishlab turgan. Ishlab chiqarish almashuv va sotish uchun 
amalga oshirilgan. Sex nizomlarida ishlab chiqarishni uyushtirish, xalfa 
yollash, 
o‘quvchilar olish tizimlari belgilangan edi. Master-usta bo‘lish uchun 
ancha yuqori mulk tsenzi q
o‘yilgan.
Umuman, uy hunarmandchiligiga nisbatan sex ancha ustunlikka ega 
edi, avvalo keng mehnat taqsimoti b
o‘lgan (bu ishning tez va sifatli 
bajarilishiga olib kelgan), raqobat bor edi. Bunda masalan, uy qurilsa, 
g‘ishtni 
alohida sex k
o‘targan, suvoqchi, tom yopuvchi va hokazolar alohida ish 
yuritgan, ishning sifati nazorat qilingan (raqobat bor), agar ish sifatsiz b
o‘lsa, 
keyingi buyurtma boshqa sexga berilgan (umuman, sanoat rivoji muhim uch 


bosqichni bosib 
o‘tadi: uy hunarmandchiligi, sex-manufaktura, fabrika).
Klassik 
o‘rta asr davridagi iqtisodiy g‘oyalar kanonik, ya’ni qonuniy 
doktrinalar asosida rivoj topdi. Bu sohada cherkov, ruhoniylar katta faoliyat 
k
o‘rsatdilar. XII asrning o‘rtalarida boloniyalik monax-rohib Grosian «Kanonik 
huquqlar t
o‘plami»ni tuzdi, unda bir qancha iqtisodiy g‘oyalar ham berilgan. 
Ular umumiy mulkchilikni ideal deb baholab, xususiy mulkchilik xudo 
tomonidan odamlarning gunohlari uchun vujudga keltirilgan, degan 
g‘oyani 
ilgari surdilar. Boylar hayr-sadaqa berishga chaqiriladi. Xudoga ma
’qul bo‘lgan 
faoliyatlarga faqat dehqonchilik va hunarmandchilik kiritilib, sudx
o‘rlik, 
ayniqsa, foyda olish uchun savdo qoralanadi. Kanonistlarning bosh iqtisodiy 
g‘oyasi asosida xudo tomonidan belgilangan «adolatli baho» to‘g‘risidagi 
ta
’limot yotadi.
Foma Akvinskiy 
Italiyalik rohib Foma Akvinskiy (1225-1274) ta
’limotida iqtisodiy g‘oyalar 
ma
’lum tartibga solingan. U o‘zining asarlarida qullik va krepostnoylikni 
oqlaydi, bunda u Aristotel va muqaddas kitoblarga asoslanadi. U xudoni 
barcha boyliklar egasi deb e
’lon qiladi, lekin xususiy mulkchilik ham himoya 
qilinadi, chunki bunda insonning 
o‘z toifasi, tabaqasiga mos ravishda 
yashashiga imkoniyat yaratiladi. Davr taqozosiga mos (natural x
o‘jalik 
hukmron) ravishda davlat 
o‘z-o‘zini ta’minlash g‘oyasini qo‘llaydi, natura 
shaklidagi boylikka asosiy e
’tiborni qaratadi, oltin va kumushlarni sun’iy boylik 
deb biladi. Mehnatsiz yaratilgan boylik (savdo, sudx
o‘rlik) harom deb 
hisoblangan.
Asosiy va xudo tomonidan belgilangan bu narsa 
«adolatli baho» 
masalasi edi. Kanonistlar amalda bahoni mehnat sarflarining yi
g‘indisidan 
iborat deb tan olganlar. Agar proporsional tenglik saqlanmasa jamiyat 
yemirilishi mumkin, degan t
o‘g‘ri qisqacha xulosalar chiqariladi. Savdo foydasi 
va foiz olish 
«adolatli baho» bo‘yicha almashuvni buzadi, shu sababdan yirik 
savdo va sudx
o‘rlikni taqiqlash talab etiladi. Foma Akvinskiy «adolatli baho» 
masalasini foydalar, t
o‘g‘rirog‘i naf, manfaatlar tengligi asosida hal etdi va uni 
sub
’ektiv vaqt deb baholadi. U aytadiki, agar narsa biror odam foydasiga, lekin 
boshqa odam ziyoni hisobiga 
o‘tsa, bu holda buyumni o‘zining haqiqiy 
bahosidan yuqoriroq sotish huquqi paydo b
o‘ladi.
Shu bilan birga bu buyum baribir haqiqiy egasidaligidan qimmatroq 
sotilmaydi, chunki q
o‘shimcha baho, shu buyumdan xoli bo‘lgan ziyonni 
qoplaydi. F.Akvinskiy yuqori tabaqa aholisini mehnatkashlar manfaatini 
himoya qiluvchilar qilib k
o‘rsatadi. Shu sababli bu tabaqaga buyumlarni o‘z 
haqiqiy bahosidan qimmatroq sotishga ruxsat beradi. Protsent (foiz)ni 
tavakkalchilik t
o‘lovi yoki qarz oluvchiga beriladigan «beg‘araz sovg‘a» deb 
tushuntiradi. U rentaning ekspluatatorlik mohiyatini b
o‘yab ko‘rsatadi va renta 
yer egasiga 
o‘z qo‘l ostidagilarni boshqarishdagi mehnati uchun to‘lanadigan 
haq deb baholaydi. Bu bilan cherkov (eri bor) va feodallarning manfaatlarini 


himoya qiladi. 
Bunday iqtisodiy 
g‘oyalar Fransiyada (Nikola Orem), Angliyada (Djon 
Boll) ham vujudga keldi. Shuni alohida qayd etish zarurki, bu iqtisodiy 
qarashlar sinfiy xarakterga ega b
o‘lgan, yuqori tabaqalarning faoliyatini 
ma
’qullagan. Ikkinchi tomondan norozi dehqonlar harakati ham kuchaygan. 
Angliyada Uat Tayler (1381), Germaniyada Tomas Myunser (1524-1525) 
rahbarligida dehqonlar q
o‘zg‘oloni bo‘lgan, ular krepostnoylikni, boshqa 
majburiyatlarni bekor qilishni talab etganlar.
Shu davrda cherkov boyligi ham keskin oshgan. Tenglik t
o‘g‘risidagi 
g‘oya buzilganligini ko‘rgan xalqning bir qismi ruhoniylarning shohona hayot 
kechirayotganiga qarshi chiqdi. Shu davrda feodalizm y
o‘lidan borayotgan 
Rossiyada ham iqtisodiy 
g‘oyalar vujudga keldi. IX asrda tashkil topgan 
Qadimgi Rus davlati - Kiyev Rusida chop etilgan 
«Russkaya pravda» 
qonunlar t
o‘plamida dastlabki yozma fikrlar berilgan. Unda jamiyatning sinfiy 
differensiatsiyasi, yer egalari, savdogarlar manfaati himoya qilinadi, knyazlik 
manfaati uchun savdogarlar, sudx
o‘rlar, qarzdorlarni noo‘rin sarf-harajatlardan 
tiyish zarurligi haqida gapiriladi.
Ma
’lumki, XII-XIV asrlarda Rossiyada feodal tarqoqlik ro‘y berdi (13 ga 
yaqin alohida knyazlik). Bu davrda cherkov yer egaligi atrofida diniy shaklda 
kurash bordi. XVI asrdan boshlab ijtimoiy-siyosiy kurash publisistik tus oldi. 
O
’shanday publisistlardan biri yermolay edi, monax - rohibligida Erazm nomini 
olgan. Yermolay Erazm 
o‘z asarlarida dvoryanlikni himoya qildi va yirik savdo 
hamda sudx
o‘rlikka qarshi chiqdi. U boyarlarni boshqalar hisobiga doim 
bayramdagidek hayotini tanqid qildi, yerni esa faqat davlatga xizmat 
qilayotgan (ya
’ni dvoryan) odamlarga berish kerak, degan to‘g‘ri g‘oyani ilgari 
surdi (boyarlar markazlashgan davlatga b
o‘ysunishni istamagan va votchina 
egasi, tarqoqlikning asosiy sababchisi edilar). Haqiqatda ham Ivan Grozniy, 
hatto Petr I davrida ham votchinani (ya
’ni boyarlarni) yo‘q qilish uchun kurash 
bordi, oxir-oqibatda dvoryanlik va pomeshchiklik yutib chiqdi va Rossiya 
yagona davlatga aylandi.
Yermolay Erazmning iqtisodiy qarashlarida dehqon mehnati boylik 
manbai degan qoida yotadi. Shu sababli u davlatda dehqonlar toifasini birinchi 
o‘ringa qo‘yadi va ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilash zarur deb hisoblaydi. 
Ammo u dehqonlar ekspluatatsiyasining asosi pul majburiyatlarida deb bilgan, 
shu sababli bu majburiyatlar natural renta holida b
o‘lishi va hosilning beshdan 
bir qismi (20 foizi) bilan cheklash, yom (pochta) majburiyatlarini esa 
savdogarlar zimmasiga yuklashni taklif etdi. U mehnat unumdorligini oshirish 
t
o‘g‘risida qayg‘ursa-da, tovar munosabatlari rivojiga qarshi bo‘lgan, ya’ni o‘zi 
o‘ziga qarshi edi, chunki u erkin boy savdogarlar savdosi tarafdori edi. 
Yermolay Erazm natural majburiyatlarni cheklash sinfiy kurashga chek 
q
o‘yadi, degan noto‘g‘ri fikrda bo‘lgan.
XVI asrning 
o‘rtalarida yaratilgan «Domostroy» asarida shaharliklarning 


faoliyatiga oid qonun-qoidalar majmuasi berilgan. Unda hokimiyat va cherkov, 
oila, xizmatkorlarga munosabat qoidalari keltiriladi. K
o‘pgina maslahatlar 
ichida x
o‘jalik yuritish, savdo, soliq to‘lash qoidalari bor. Asarda ruy bergan 
sosial-iqtisodiy 
o‘zgarishlar, boy shaharlik psixologiyasi o‘z aksini topgan.
Bozor bilan yaqin munosabat (savdo-soliq)lar qatori, mahsulotlarni 
k
o‘plab zahira qilish kerakligi (natural xo‘jalik belgisi) uqtiriladi. Hunar va 
savdoni 
o‘rganish, xo‘jalikni boshqarish, mehnat va shaxsiy tashabbus 
ra
g‘batlantiriladi. 
Rossiyada XVII-XVIII asrning boshlarida yirik 
o‘zgarishlar ro‘y berdi, 
kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari paydo b
o‘la boshladi. G’arbiy 
yevropadagi merkantilistlardan (quyida k
o‘riladi) farqli ravishda rus 
iqtisodchilari muomala sohasigakam e
’tibor qiladilar, pul - boylik degan fikrga 
q
o‘shilmadilar. Ular mamlakat ichida tovar almashuvini kuchaytirish tarafdori 
edilar, tashqi savdoni esa asosan sanoat va qishloq x
o‘jaligini rivojlantirish 
quroli deb qaraganlar. Bu 
g‘oyalar A.A.Ordin-Nashchokin (taxm. 1605-1680), 
Yu.Krijanich (1617-1683), I.T.Pososhkov (1652-1726) asarlarida bayon 
etilgan.

Download 361,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish