49. Ekoturizm marshrutlari haqida nimalar deya olasiz?
Ekoturizm marshrutlaridagi jozibadorlik, betakrorlik tamoyili talablari haqida ta’riflashni batafsil keltirishga izoh bu yerda ortiqchalik qilsa kerak. Ekoturizmning kelib chiqishi ham insonning tabiatni sog‘inishi, hozirgi sivilizatsiya bo‘hronlaridan (atmosferaning ifloslanishi, yerlarning ishdan chiqib borayotganligi, noyob o‘simlik va hayvonotning insondan uzoqlashib borayotganligi, toza havoning yetishmayotganligi va hokazolar) charchaganligidan, insonning tabiatdagi toza havoli tabiiy mintaqalariga sayohatni xohlaganligidan kelib chiqdi. Bu soha marshrutlarini tuzganda tabiatdagi jozibadorlik – betakrorlikning o‘zi ham tabiiy mintaqalarning o‘ziga xos bo‘lgan landshaftlari, shu mintaqada o‘suvchi o‘simliklar va shu mintaqa tabiatiga intilish jihatlarini hisobga olish to‘g‘ri bo‘ladi.
Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiquvchi turoperatorlar vatanimizning tabiati va undagi biologik xilma-xil resurslarni mukammal bilishlari lozim. Chunki, ekoturizm marshrutlarining reklamasida ko‘riladigan barcha qiziqtiruvchi obyektlarni joylashtirib bo‘lmaydi. Yana shunday talablarga ham e’tibor berish kerakki, Yevropa davlatlarida ekologik turlarga maxsus tayyorlangan, ekologik turlarga ixtisoslashgan gidlarni talab qilishadi.
50. Ekoturizmni rivojlantirishda qanday xorijiy tajribadan foydalansa bo’ladi?
O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning maqsadi va vazifalarini amalga oshirishda ekoturizmni rivojlantirishda xalqaro modellarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llashdagi tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilish natijasida quyidagi istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash mumkin:
Ekoturizmni vatanimizda rivojlantirishda birinchi navbatda ekoturizmni rivojlantirishda xalqaro modellarning tavsif va ta’riflarini, bu modellarning maqsadi va vazifalarini, modellar bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni batafsil o‘rganish talab qilinadi.
Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishda xalqaro ekologik modellarni qo‘llash obyektlari mufassal o‘rganilishi lozim bo‘ladi.
Alohida muhofaza qilinadigan hududlar va tabiat qo‘riqxonalari, milliy bog‘lardan ekoturizmni rivojlantirishda foydalanishning huquqiy va me’yoriy hujjatlarini davlat miqyosida ishlab chiqish talab qilinadi.
Ekoturizmni rivojlantirishda mamlakatimizning ekoturistik resurslari va obyektlari xalqaro hamda ichki turizm bo‘yicha darajalarga bo‘linishi, bu obyektlarning ekoturizmda foydalanish imkoniyatlari o‘rganiladi.
Ekoturizmni rivojlantirishdagi eng muhim masalalardan biri – ekologik turizm resurslari madaniy markazlardan ancha uzoq masofalarda joylashganligi sababli bu maskanlarda turistik infratuzilmalarning tashkil etilmaganligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |