39. O’zbekistonning ekologik-diniy ziyoratgoh-rekreatsiya turizmi marshrutlari.
Diniy – diyorat turizmi resurslari – muqaddas qadamjolar, Aziz-avliyolarning qabrlari, shifobaxsh buloqlar, turli diniy Marosimlar;
• ekoturizm resurslari – qishloq joylarning vatanimizning Barcha tabiiy-geografik mintaqalarida (tog‘, tog‘ oldi, cho‘l, adir, Suv havzalari) joylashganligi;
• rekreatsiya va sog‘lomlashtirish turizm resurslari – Pansionatlar, sog‘lomlashtirish markazlari, kurortlar, mineral Suvlar, betakror go‘shalar, buloqlar, o‘rmonlar, to‘qayzorlar, Sharsharalar, daryo sohillari;
Qishloq fermerlari ish tartibi va hayot tarzi – qishloq xo‘jaligi Hayvonlarini saqlash, yem-xashak tayyorlashmahsulotlarini Yetishtirish va sotish.Qishloq turizmini rivojlantirishda Turistik marshrutlar ishlab chiqishning quyidagi bosqichlarini Rivojlantirish mumkin:
Qishloqlarda tabiatni o‘rganish – ekologik turizm marshrutlari.
Qishloqlarda madaniy merosni o‘rganish marshrutlari – Etnografik turizm marshrutlari.
Qishloqlardagi tarixiy va arxeologik obidalarni o‘rganish Marshrutlari tarixiy-madaniy turizm marshrutlari.
Qishloqlardagi ziyoratgohlar, diniy ziyorat marshrutlari.
Qishloqlardagi dehqonchilik, bog‘dorchilik va chorvachilikni O‘rganish – agroturizm marshrutlari.
Qishloqlarda xalq milliy o‘yinlarini o‘rganish – milliyma’naviy-madaniy turizm marshrutlari.
Qishloqlarda milliy madaniyat va milliy folklorni o‘rganish – madaniy turizm marshrutlari.
Qishloqlarda fermerlar hayotini o‘rganish – agroturizm Marshrutlari
40. Ekoturizmning tabiatga ta’sirini izohlang.
Ekoturizmning tabiatga ta’siri Yo‘nalishida mamlakatimiz ekoturizmizda Ilmiy-tadqiqotlar boshlangan emas. Umuman ekoturizm haqidagi ilmiytadqiqotlarning aksariyat qismini rossiyalik Olimlarning ilmiy adabiyotlaridan O‘rganayapmiz va hozircha ekoturizmda Quruq, ilmiy-amaliy, tajribaviy jihatlardan Asoslanmagan tavsiyalarni yozmoqdamiz. Lekin, Rossiyadagi ekoturizmning darg‘alari ham ekoturizmning Tabiatga ta’sirini ilmiy-amaliy tajribasiz,“shunday bo‘lsa kerak” Ma’nosida yozishmoqda55.56.57.58. Biz ham bu ilmiy muhitdan ilmiy Tadqiqotlarsiz chiqaolmaymiz. Shuning uchun ham bu mavzuda Ekoturizmning tabiatga ta’sirini asosan rossiyalik mutaxassislarning Xulosalari bo‘yicha keltiramiz. Ilmiy adabiyotlarda ekoturizmning Tabiatga ta‘sirini izohlashni ikki davrga bo‘lish mumkin:
O‘tgan asrning 70-yillaridan asr oxirigacha bo‘lgan davr.
XX asrning hozirgi davri.
O‘tgan asrning 70-yillaridan asr oxirigacha bo‘lgan davrda insoniyat Oldidagi global ekologik inqirozlarning oldini olishda ekoturizmning ahamiyatini belgilashda va ekoturizmning prinsiplarini ishlab Chiqishda asosan uning tabiatni muhofaza qilishdagi o‘rniga katta E’tibor berildi. Shuning uchun ham ekoturizmning tabiatga salbiy Ta’sirini tadqiq qilish haqidagi ma’lumotlar u davr adabiyotlarida Deyarli uchramaydi. Bu o‘sha vaqtdagi to‘g‘ri yo‘l edi. Chunki, ekoturizmning asosiy resurslari va obyektlari “Alohida Muhofaza qilinadigan hududlar”, “Milliy parklar” va “Davlat Tabiat qo‘riqxona”lari bo‘lganligidan ekoturizmning tabiatga Salbiy ta’sirlarini yuzaga chiqarish xalqaro tabiatni muhofaza Qilish tashkilotlarining qarshiligiga albatta duch kelishi mumkin Bo‘lardi. Shu bilan birga u davrlarda ilmiy-texnika taraqqiyoti Tabiat va uning resurslarini yemirib borayotgan, tabiatni muhofaza Qilishda davlatlar tabiat qo‘riqxonalarini va milliy parklarni tashkil Qilishni kuchaytirgan vaqtlar edi. Ekoturizmning tabiat muhofazasidagi o‘rni va ahamiyati dunyo Ekologik turizmida dunyo mamlakatlarining ko‘pchiligida amaliy Jihatlardan isbotlangandan keyin (AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa davlatlari, Afrikada ekoturizm rivojlangan davlatlar, Hindiston, Yaponiya) asrimiz boshlanish davrlariga kelib Ekoturizmning tabiatga salbiy ta’sirlari yuzaga chiqa boshladi. Bu Haqda ko‘plab misollarni keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |