45. Global ekologik muammolarning ekoturizmni rivojlantirish masalalariga qanday aloqasi bor?
O‘zbekistonda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda Ekoturizmning rivojlanishini ta’minlaydigan asosiy chora va Tadbirlar «Ekoturizm Konsepsiyasida» mukammal holatda Berilgan. Ekoturizmning dunyoda tutgan o‘rni, mavqei hamda O‘zbekistondagi salohiyati va uning rivojlanishini e’tiborga Olgan holda «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi» Vatanimizning muhofaza qilinadigan tabiiy Hududlarida ekoturizmning rivojlanishini ta’minlaydigan Quyidagi asosiy chora va tadbirlar ishlab chiqdi:
Respublikamizda ekoturizm sohasida xizmat qiluvchi, jahon Talablariga javob beraoladigan yuqori malakali mutaxassislarning Yetishmasligini hisobga olgan holda, yosh mutaxassislarni Ekoturizm rivojlangan mamlakatlarga (AQSH, Yaponiya, Kanada, Fransiya, Germaniya) malakalarini oshirish uchun O‘qishga, ishga yuborish lozim.
Jahon andozalari va talablariga mos keladigan ilmiy va Iqtisodiy asoslangan katta-kichik, qisqa va uzoq muddatga Mo‘ljallangan loyihalar va biznes rejalar ishlab chiqib amalga Oshirish lozim (imtiyozli kredit asosida).
O‘zbekistonda ekoturizmning jahon talablariga javob Beraoladigan moddiy-texnik, axborot tahliliy bazasini yaratish, Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish zarur.
46. O‘zbekistonning nechta milliy parklari bor va ularning faoliyati qanday?
O‘zbekistonda milliy parklarni xalq bog‘i, davlat milliy tabiat parki deb atashmoqda. Bu nomlanishlar jahondagi milliy parklardagi tabiat muhofazasi va milliy parklardagi biologik xilma-xillikni saqlashning ustuvor tomonlarini o‘rganish davrlarida berilgan edi (o‘tgan asrning 70-yillari). Oldingi mavzulardagi ma’lumotlardan ma’lum bo‘ldiki, milliy parklarni faqat Germaniyada (qisman) va bizning mamlakatimizda bog‘ deyishadi.
O‘zbekiston Respublikasida hozirgi kunga kelib 4 ta milliy parklarimiz bor: 1. Zomin milliy parki. 2. Ugom-Chotqol milliy parki. 3. Oqtepa milliy parki. 4. Sarmishsoy milliy parki
Zomin milliy parki Jizzax viloyati, Zomin tumanidagi Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi tegralarida betakaror tog‘-archazor o‘rmonlarini saqlash, muhofaza qilish va rekreatsiyali maqsadlarda o‘zlashtirish uchun 1976-yilning 8-sentabrida ochildi.
Ugom-Chotqol milliy parki G‘arbiy Tyan-Shanning O‘zbekiston qismini egallagan bo‘lib, hayvonot olami quyidagi 280 turdan iborat: • Sut emizuvchilar – 44 tur; • Qushlar – 200 tur; • Reptiliyalar – 16 tur; • Amfibiyalar – 2 tur; • Baliqlar – 20 tur. Milliy park hududlarida «Qizil kitob»ga kiritilgan Menzbir sug‘uri (qunduz)ning asosiy populyasiyalari yashaydi
Oq tepa milliy parki (Oqtepa tabiat bog‘i). Surxondaryo viloyati dam olish, ov va baliq ovlash maskanini yaratish maqsadida 2005-yil 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bionazorati nozirligi qoshidagi Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani, Termiz shahridan 30 km shimoliy-sharqda, jami 1034 gektar maydonni tashkil etgan Oq tepa suv omborining atrofida joylashgan «Oq tepa» tabiat bog‘i tashkil etildi
Sarmishsoy milliy parki. Navoiy viloyati hokimiyatining 21.04.1997-yildagi qarori bilan mahalliy darajada tashkil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |