60. Ekologik bilim va ekologik madaniyat deganda nimalarni tushunasiz?
Ekologik madaniyat – bu tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intellektual salohiyat va uni amalda qo‘llay bilish faoliyati, atrof–muhitga nisbatan faoliyatning yuksak ko‘rsatkichi, ongli va ma’suliyatli yondashuvdir. Ekologik bilim va ekologik madaniyatning tayanch fazilatlari: 1) axloqiy-ekologik onglilik shaxsning muhim madaniyatlilik sifati bo‘lib, uning atrof – muhitni hissiy bilish jarayoni atrof – muhitdagi obyektlar va hodisalarni sezishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, ziyraklik va teranlik asosida tabiat muhofazasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozimligini nazarda tutadi; 2) ekologik ma’suliyatlilik shaxsda munosabat va ma’sullikni tarbiyalashda namoyon bo‘ladi, bunday munosabat shaxsning bilib-bilmay, uzoqni o‘ylamay tabiatga ko‘rsatgan salbiy ta’siri oqibatlarini anglash va bunday ta’sirni bartaraf etish istagi natijasidagina shakllanadi;3) ekologik irodaviylik shaxsning o‘zi va o‘zgalarning atrof – muhitdagi hatti-harakatlarini baholashi va nazorat qilishi shaxsdagi qat’iyatlilik, tejamkorlik, ozodalik va pokizalik bilan bog‘liq. Shaxsning ekologik madaniyatini shakllantirishda ekologik qadriyatlar alohida ahamiyatga ega, ularga tabiatni asrab-avaylashga intilish, tashabbuskorlik, izchillik, mehnatsevarlik va ongli faollik kabilar kiradi. Masalan, ekologik qadriyatning bir turi, ya’ni global, mintaqaviy va lokal ekologik muammolarni bilish yer, suv, energetik muammolar, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, bioxilma-xillikni saqlash, cho‘llanish jarayoni, atmosfera havosining ifloslanishi kabi tushunchalar bilan chambarchas bo‘gliq.
62. Jayron ekomarkazi haqida nimalarni ayta olasiz?
Jayron» ekomarkazi noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi Hayvon turlarini saqlab qolish va ko‘paytirishga ixtisoslashgan Jahon miqyosida o‘ziga xos bo‘lgan obyekt hisoblanadi. 1977-yilda tashkil etilganida ekomarkaz «Buxoro jayronlarni Ko‘paytirishga ixtisoslashgan pitomnik» deb nomlanardi Va unda 42 ta jayron, 4 ta qulon va sayg‘oklar boqilardi. Keyinchalik unda xalqaro va milliy Qizil kitoblarga kiritilgan Xongul (Buxoro bug‘usi), gepard, yo‘rg‘a-tuvaloq ham boqildi. Pitomnikning oldiga jayronlarni ko‘paytirish, ular biologiyasini O‘rganish va populyatsiyasi resurslaridan oqilona foydalanish Vazifasi qo‘yildi. Keyinchalik ijobiy natijalar olinganidan keyin pitomnik Boshqa noyob turlar – qulon, Prjevalskiy oti, yo‘rg‘atuvaloqni ko‘paytirish bilan shug‘ullandi, bu yerda sayg‘oklar Podasi ham bor edi. Faoliyatini kengaytirish va hayvonlarni Ko‘paytirish sohasidagi muvaffaqiyatlari tufayli 26.12.98-yilda Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan pitomnik «Jayron» Ekomarkaziga aylantirildi. Ekomarkaz maydoni 7153 ga bo‘lib, shundan 5145 ga Brakonerlar va yirtqichlardan himoyalanish uchun metall to‘siq Bilan to‘silgan. Pitomnikda tutqunlik sharoitida hayvonlarni O‘rganish va zarurat tug‘ilganida hayvonlar bolalarini qo‘lda Ovqatlantirish imkonini beradigan volerlar tizimi qurilgan. Hozirgi Paytda 2007-yildagi hisobga ko‘ra jayronlar miqdori 549 bosh, Prjevalskiy otlari 35 boshgacha, O‘zbekiston tabiatida yo‘qolib Ketgan qulonlar 55 boshgacha yetgan. Jayronni volerda ko‘paytirish sohasidagi ishlar eng Muvaffaqiyatli ketmoqda. Ekomarkaz faoliyat yuritgan vaqt Davomida tutqunlikda ko‘paytirilgan hayvonlarning 30 ta Avlodini olishga muvaffaq bo‘lindi. Bunda hayvonot bog‘lari va Xususiy kolleksiyalarga 200 dan ortiq jayron, 5 ta Prjevalskiy oti Sotilgan, 822 bosh jayron tarqatilgan, ovchilik mahsuloti (jayron) 128 boshni tashkil qildi. Hozirgi paytda uning maydoni 7,1 ming Ga gacha keng.
Do'stlaringiz bilan baham: |