54. O’zbekistondagi ekoturistik hududlar haqida nimalarni bilasiz?
O‘zbekiston Respublikasida hozirgi kunga kelib 4 ta milliy parklarimiz bor: 1. Zomin milliy parki. 2. Ugom-Chotqol milliy parki. 3. Oqtepa milliy parki. 4. Sarmishsoy milliy parkiZomin milliy parki. Turkiston tizma tog‘larining hududlaridagi Qizilmozorsoy, Ko‘lsoy, Supa, Chortangi, Sharilloq, Qashqasoy, O‘rikli soylari bu tog‘larning eng xilma-xil tabiiy archazor o‘rmonlari bilan qoplangan.
Neolit davridan qolgan «Ustyurt makoni» ham noyobdir. Unda 60 ga yaqin qadimiy odamlar yashagan tabiiy obyektlar aniqlangan. Ularning ichida ham tarixiy, ham ekoturistik ahamiyatga moyil «Tempa» makoni bo‘lib, undan Xorazm arxeologiya ekspeditsiyasi qadimiy mehnat va ov qurollarini topgan.
Orol va Orolbo‘yi ekoturistik rayoni ekologik inqirozli ekoturistik hudud bo‘lgani uchun ham ekstremal ekoturistik obyekt bo‘lib hisoblanadi. Ekoturistik marshrutlar bir paytning o‘zida ham Orolning qurigan, ham uning ta’sirida bo‘lgan Orol atrofi hududlarini qamrab oladi. Ekoturlar nafaqat treking (piyoda) yoki tuya va otlarda, balki samolyot va vertolyotlar orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Amudaryo ekoturistik rayoni. Amudaryoning o‘zaniga yaqin sohillarida to‘qayzorlar mavjud bo‘lib, ular ekoturlar uchun juda qiziqarli noyob landshaft hisoblanadi. Quyi Amudaryoning o‘ng sohilida to‘qay landshaftidagi qushlar va hayvonlarni muhofaza qilish uchun Baday-to‘qay qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Omitafaunani saqlash uchun Xorazm buyurtmaxonasi tashkil etilgan.
Bulardan tashqari, Qizilqumning g‘arbiy qismida, Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, kembriy va kembriygacha davrda burmalangan tog‘ jinslari ochilmalaridan iborat, balandligi 485 metrlik Sulton Uvays togMariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Amudaryo ekoturistik rayonida 0 ‘zbekistonning ko‘hna shaharlaridan biri Xorazm joylashgan, uning arxitektura yodgorliklari tarixiy turizm markazlaridan biri hisoblanadi.
Nurota ekoturistik rayoni o‘zining ajoyib tabiat manzaralari, tarixiy arxitektura yodgorliklari bilan kishilami maftun etadi. 1975- yilda tashkil etilgan va maydoni 17,8 ming ga bo‘lgan 'Nurota tog* yong‘oqzor-meva qo‘riqxonasi mavjud. Bu qo‘riqxonaga «Ekosan» qoshidagi «Ekosantur» firmasi tomonidan ko‘plab marshrutlar uyushtirilgan.
Qashqadaryo ekoturistik rayoni cho‘l, dasht, tog‘ oldi va tog‘li hududlardan iborat. Bu rayonda yoz va bahor oylarida cho‘l va dashtlarda, yilning barcha fasllarida esa tog‘ oldi va tog‘li hududlariga ekoturlar uyushtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |