37. Istiqbolda nima uchun ekoturizm xalqaro miqyosda rivojlanib boradi?
XX asr oxirlariga kelib AQSH, Kanada, Yevropa davlatlari, Avstraliya ekoturizmni rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqdilar. Bu dasturlarda ekoturizmni rivojlantirish shiorlari va Talablari quyidagicha edi: Amerika Qo‘shma Shtatlari ekoturizmi jamiyati – «Ekoturizm– Mahalliy aholi manfaatlarini e’tiborga oluvchi, tabiiy resurslarni Muhofaza qiluvchi, ekotizimlarning butunligini saqlovchi, mahalliy Madaniyat va tabiiy muhitni anglash uchun tabiiy hududlarga Maqsadli sayohat». Avstraliya ekoturizmi milliy strategiyasi –«Ekoturizm – ekologik Barqarorlik prinsiplariga va ekologik bilim, madaniyat dasturlariga Amal qilishga asoslangan va mahalliy aholi manfaatlarini hisobga Olgan holda tabiatga sayohat qilish turizmi». Germaniyada ekoturizmni rivojlantirishda moliyaviy hamkorlik Federal vazirligi – «Ekoturizmda tabiatga minimum ta’sir qilish hissi Madaniyati va tuyg‘usi paydo bo‘ladi,qo‘riqlanadigan hududlarga Moliyaviy yordam imkoniyatlari va mahalliy aholida qo‘shimcha Daromad olish manbalari hosil bo‘ladi». Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha Kanada davlati maslahat Kengashi – «Ekoturizm – turizmning turi bo‘lib, mahalliy xalq Manfaatlarini hurmat qilish asosida tabiatni bilish, anglash va Ekotizimlarni saqlashga yordam ko‘rsatish yo‘nalishidagi turistik Faoliyat hisoblanadi».
38. Ekoturizmni rivojlanish tamoyillari.
Ishlab chiqarishda g‘oya va nazariyalarning shakllanishida ishlatiladigan prinsip so‘zi asos, talab, negiz ma’nolarini anglatgani uchun davlat tilida tamoyil deb tarjima qilingan. Ekoturizmning tamoyillari ham ekoturizm yo‘nalishining rivojlanishidagi tartibme’yorlarga asoslanishi lozim. Ya’ni ekoturizmning tamoyillari ekoturizmning mohiyatini, mazmunini, maqsadi va vazifalarini o‘zida aks ettirishi kerak. Ekoturizmning tamoyillarini “Xalqaro ekoturizm tashkiloti” ishlab chiqqan. Bu tamoyillar jahondagi barcha davlatlarning rahbarlariga tarqatilgan bo‘lib, har bir davlatlar ekoturizmni tashkil qilganda ushbu tamoyillarga amal qilish talab qilinadi:
Ekoturizm tabiatga qaratilgan va tabiiy resurslardan foydalanishga asoslangan bo‘lishi.
Ekoturizm ekologik barqaror rivojlanishga va yashash muhitimizga keltirilayotgan ziyonlarni minimallashtirishga asoslangan bo‘lishi.
Ekoturizm ekologik ta’lim va ma’rifatga yo‘naltirilgan bo‘lib, tabiat bilan teng hamkorlikka asoslangan bo‘lishi.
Ekoturizm mahalliy ijtimoiy madaniyatni saqlashga va yordam berishga asoslangan bo‘lishi.
Ekoturizm faoliyat ko‘rsatgan hududlarning barqaror rivojlanishini va iqtisodiy samaradorligini ta’minlashiga asoslangan bo‘lishi kerak.
Ekoturizmning tamoyillarini o‘rganganimizda albatta turizmning bu muhim sohasini rivojlantirish oson kechmasligini anglaymiz. Bu tamoyillar asosida ekoturizmni rivojlantirishda albatta davlatning ekologik boshqaruviga murojaat qilinadi. Chunki, ekoturizmni yuqorida qayd qilingan tamoyillar asosida rivojlantirish faqat davlat tashkilotlarining quvvatlashi bilangina amalga oshishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |