34-savol. AQSh ekoturizmining oʻziga xosligi.
Javob. Amerika Qo‘shma Shtatlari. AQSH milliy parklar, tabiiy qo‘riqxonalar va tabiiy rezervatsiyalar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi (ikkinchi o‘rinda Kanada davlati). AQSHda 300 ta milliy park tabiat qo‘riqxonalari va rezervatsiyalar tashkil qilingan va shundan 14 tasi YUNESKOning “Jahon xalqlari milliy merosi” ro‘yxatiga kiritilgan (Rangel-Sent-Elayas, XavayiVolkeynos, Gleysher, Gleysher-Bey, Grand-Kanon, GreytSmoking-Mauntins, Yelloustonskiy, Yosemitskiy, Karlsbadskie peùerû, Mamontova peùera, Mesa-Verde, Olimpik, Redvud, Evergleyds) va bitta milliy tarixiy park Chako AQSH o‘z tabiati va tabiiy resurslarini birinchilardan bo‘lib muhofaza qilishni va ulardan o‘z aholisining rekreatsiyasini tashkil qilgan davlat hisoblanadi. Har yili AQSH milliy parklari va tabiat qo‘riqxonalariga 300 mln. turist tashrif qilishadi. Dunyodagi birinchi milliy park Yellouston ham 1872-yilda AQSHda tashkil qilingan edi. Bu milliy parkka har yili 3 mln. turist tashrif qilishadi. Dunyoda bir vaqtlar qirilib, oxirgi sonlari qolgan Amerika bizonlarining soni tiklanib, hozirda Yelloustonda 4 ming bosh bizon yashaydi.
35-savol.Ekoturizm marshrutlaridagi xizmatlar.
Javob. Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishda quyidagi Imkoniyatlar bo‘lishi talab qilinadi.
Ekoturizm maskanlariga kirishning huquqiy-qonuniy Tartiblari yaratilganligi;
Ekoturizm maskanida turistlar uchun maxsus marshrutlarning (so‘qmoqlar, yo‘llar, dam olish joylari) ishlab chiqilganligi va Faoliyat ko‘rsatishi;
Ekoturizm maskanlarida turistlarga xizmatlar ko‘rsatish Tizimlarining tashkil qilinganligi (dam olish, tunash, ovqatlanish, Ko‘ngil ochar o‘yinlar, qisqa muddatli ekskursiyalar va h.k.
36. O‘zbekistondagi ekoturistik rayonlarni izohlang.
O‘zbekiston Respublikasining ekoturistik rayonlari Va bu rayonlarning ekoturistik tavsifini A.Nig‘matov va N.T.Shomuratovalar yaratdilar52.53. Xaritaga Muvofiq butun mamlakatimiz hududi XIV Ekoturistik rayonga ajratilgan. Ular jumlasiga Ustyurt, Orol va Orolbo‘yi, Amudaryo, Qizilqum, Nurota, Zarafshon, Aydarko‘l, Sirdaryo, Chirchiq-Ohangaron, Farg‘ona, Turkiston, Qashqadaryo, Hisor, Surxondaryo Ekoturistik rayonlari kiritilgan Har bir rayon o‘zining ekoturistik holati, imkoniyatlari, shartsharoitlari va rivojlanish istiqbollari nuqtayi nazaridan ajralib Turadi. Masalan, Ustyurt ekoturistik rayonini oladigan bo‘lsak, u O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy-Qoraqalpog‘istonda joylashgan Plato bo‘lib, uning umumiy maydoni 200 ming km2 ni tashkil Etadi. Bu joylar dunyoda eng katta va yagona 60–150 metrlik tik Qoyali jarlari, davolash xususiyatiga ega bo‘lgan juda katta – 1000 Km2li tuzli Borsakelmas sho‘rxogi bilan mashhur. Amudaryo ekoturistik rayoni. Amudaryoning o‘zaniga yaqin Sohillarida to‘qayzorlar mavjud bo‘lib, ular ekoturlar uchun Juda qiziqarli noyob landshaft hisoblanadi. Quyi Amudaryoning O‘ng sohilida to‘qay landshaftidagi qushlar va hayvonlarni Muhofaza qilish uchun Badayto‘qay qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Ornitofaunani saqlash uchun Xorazm buyurtmaxonasi tashkil Etilgan. Bulardan tashqari Qizilqumning g‘arbiy qismida, Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, kembriy va kembriygacha davrda Burmalangan tog‘ jinslari ochilmalaridan iborat, balandligi 485 Metrlik Sulton Uvays tog‘lariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Amudaryo rayonida O‘zbekistonning ko‘hna shaharlaridan biri Xorazm joylashgan, uning arxitektura yodgorliklari tarixiy turizm Markazlaridan biri hisoblanadi. Ekoturlarni tarixiy turlar bilan Kompleks olib borish mumkin. Nurota ekoturistik rayoni o‘zining ajoyib tabiat manzaralari, Tarixiy arxitektura yodgorliklari bilan kishilarni maftun etadi. 1975-yilda tashkil etilgan va maydoni 17,8 ming ga bo‘lgan Nurota Tog‘ yong‘oqzor-meva qo‘riqxonasi mavjud. Bu qo‘riqxonaga «Ekosan» qoshidagi «Ekosantur» firmasi tomonidan ko‘plab Marshrutlar uyushtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |