qidiradi, do‘stlariga qo‘ng‘iroq qiladi, tovar haqida iloji boricha ko‘proq
narsa bilish uchun do‘konlarga kiradi. Marketologlar uchun iste’mol-
chilarning asosiy axborot manbayidan xabardorlik va xarid haqida qaror
qabul qilishi davomida ularning har biriga alohida ta’sir eta bilish ulkan
ahamiyatga ega. Iste’molchilarning axborot manbalari to‘rt guruhga
bo‘linadi:
1. Shaxsiy manbalar: oilasi, do‘stlari, qo‘shnilar, tanishlar.
2.Tijorat manbalari: reklama, savdo vakillari, dillerlar, o‘ramlar,
ko‘rgazmalar.
3. Jamoatchilik manbalari: ommaviy axborot vositalari, iste’mol-
chilar klassifikatsiyalarini (tasnifini) o‘rganuvchi tashkilotlar.
203
4. Shaxsiy tajriba: tanishuv, ko‘rib chiqish, tovardan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |