1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Аlishеr Nаvоiyning fаlsаfiy qаrаshlаri



Download 310,56 Kb.
bet31/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   184
Bog'liq
falsafa

36.Аlishеr Nаvоiyning fаlsаfiy qаrаshlаri.Tayanch atamalar: Аlishеr Nаvоiyning «Vахdаt-ul-vujud» (pаntеizm) tа’limоtigа qo’shgаn hissаsi. А.Nаvоiy vа tаsаvvuf. А. nаvоiyning siyosаt, dаvlаt, fоzil dаvlаt, оilа, kоmil nisоn hаqidаgi qаrаshlаri. А. nаvоiy vа mаlоmаtiya tа’limоti. Alisher Navoiy temuriylar davrining murakkab sharoitida,jamiyatda ziddiyatlar avj oigan, temuriyzodalaming hokimiyat uchun kurashlari kuchaygan davrda yashadi va ijod qildi. U o‘z davridagi yaqin va o‘rta Sharq, 0 ‘rta Osiyo xalqlari adabiyoti, tarixi, ilm-fani, madaniyati, antik davr yunon, o ‘rta asr arab, eron, G‘rta Osiyo mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy, diniy va dunyoviy bffimlarini, tasavvuf ta’limotini bhuqur va mukammal egallagan.Bu narsa uning ijtimoiy-falsafiy qarashlari shakllanishiga, shubhasiz, katta ta’sir ko‘rsatdi. Alisher Navoiyning falsafiy dunyoqarashi vahdati-vujud, ya’rii borliqning birligi ta’limotiga asoslanadi. Uningcha, borliq — bu Xudodir, Xudo mutlaq borliqdir, U atrofdagi narsa va hodisalarda namoyan boladi va mohiyatiga ko‘ra yakka-yu yagona, lekin tabiatda o ‘zini zuhur etadi. Navoiyning fikricha, mavjud narsalaming hammasi mutlaq borliq — Xudoning zohid sifatlari, ko‘rinishidir. Alisher Navoiyning borliq haqidagi qarashlari islom diniy ta’limotidan farq qiladi. Chunki, Alisher Navoiyning fikrieha, Xudo butun borliqning yagona asosidir; awal boshda yolg'iz Xudoning o'zi bo'lgan, undan bo'lak hech kimsa, hech narsa bo'lmagan, Xudo hadsiz kuch-qudratga va cheksiz imkoniyatlarga ega bo'lgan, so'ngra esa bu kuch-qudrat va imkoniyatlarini namoyon qilib, butun borliqni — tabiatni, insonni yaratgan. Bu o'rinda shuni ko'ramizki, Alisher Navoiy bir tomondan, borliqni, uning shakllarini e’tirof etadi, ikkinchi tomondan, uni ilohiylashtiradi. Shu bilan birga, u butun borliqni moddiy va ma’naviy borliqdan iborat, deb bilib, moddiy borliqning asosi to'rt unsur: suv, tuproq,o't (olov) va havodan iborat, deb tushunadi. Lekin, borliq dastlab,mutlaq borliq — Xudo sifatida makon va zamonga ega bo'lmay,uning awali ham, oxiri yo'q, bor va mavjud bo'lgan, deydi.Alisher Navoiy borliqni yana mutlaq va nisbiy borliqlarga ajratadi. Mutlaq borliqning zamoni va makoni yo'q, deydi. Nisbiy borliq esa, makon va zamonga ega, u o'tkinchi, awali va oxiri bor, shu tufayli, u azaliy va abadiy bo'lolmaydi. Uning fikrieha,nisbiy borliq mutlaq borliqqa qaramdir. Nisbiy borliq Mutlaq borliqning harakati natijasida bor bo'lishi va yo'q bo'lishi mumkin,ammo nisbiy borliqning bor yoki yo'q bo'lishining mutlaq borliqqa hech bir ta’siri yo'q. Bir butun koinot ham mutlaq borliqning o'zgarishi natijasida vujudga kelgan. Shu tufayli, koinotda barcha narsa va hodisalar mutlaq borliqning zuhuroti, uning turli-tuman ko'rinishlaridan iboratdir. Koinotdagi barcha narsa va hodisalar, mavjudotlar esa, zamon va makonda cheklangan, ular muayyan zamon va makonda mavjud bo'ladi.Koinotdagi har bir narsa va hodisa yo'qdan bor bo'lgan emas,ular bor (mavjud) bo'lishdan awal mutlaq borliqda mumkinot holatida bo'lgan. Mumkinot, Alisher Navoiy fikrieha, o'zaro zid yoki bir-biridan farq qiluvchi vujudlarning birlik holatidir. Alisher Navoiy koinotdagi eng yetuk vujud — mavjudotdeb, insonni hisoblaydi. Uningcha, inson butun tirik mavjudotnmg gultojisidir. Shuning uchun uning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida inson muammosi salmoqli va yetakchi o'rinni egallagan. Alisher Navoiy fikrieha, Xudoning olamni yaratishdan bosh maqsadi ham insondir. Inson butun borliqning ko'rki va sharafidir. Tasawufda ma’naviy yetuklikka erishish oliy maqsad hisoblanadi, : unda ma’naviy yetuklikka erishgan shaxs — orif kishi saji^adi.; Buning uchun u o'zidagi nuqson va illatlarni bartaraf etishi, ya’ni johillikd^n ,ma’rifatga, yomonlikdan pxshilikka o'tishi lozim bo'ladi. Alisher Navoiyning bu qarashlari,, uning komil inson ta’limoti bilan chambarchas bog'liqdir. Alisher Navoiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari shu bilan birga, insonning dunyoni bilishi haqidagi fikrlari ham muhim ahamiyatga ega, ya’ni falsafaning bilish nazariyasiga-o'zining munosib hissasini qo`shgan. Uning fikricha, insonning bilishdan asosiy niaqsadi—- borliqni5<: tabiatni, insonning о ‘zini o ‘rganib, anglab, yomonlikni yo'qotish, yaxshilikni ko'paytirishdir. Insonning borliqni to'g'ri bilishi, uning dunyoda baxtli, farovon hayotini ta’miri etishi — bilishning asosiy vazifaMdir.


Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish