34.Bilishning аsоsiy bоsqichlаri. Tayanch atamalar: Хissiy bilish. Mаntiqiy bilish. Sеzgi, idrоk, tаsаvvur. Tushunchа, hukm, хulоsа. Bilishdа аqlning rоli. Bilish vа аmаliyot. Hissiy bilish deyilganda,odatda, insonning his qilishi, sezgi a’zolari orqali predmet va hodisalarni, ularning tashqi tomonlarini,tashqi belgi va xususiyatlarini bevosita bilish tushuniladi. Insonning bu bilishi, deyarli hayvonlarga ham xos,lekin ular tub farqlarga ham ega. ■ Mantiqiy bilishesa insonning predmet va hodisalarni tafakkur orqali umumlashtirib, mavhumlashtirib va konkretlashtirib, ularni fikrda bilishidir. Hissiy bilish — inson bilishining dastlabki birinchi bosqichi bo‘lib, inson bilish jarayoni ayni shu bilishdan boShlanadi. Natijada, miyada predmet va hodisalaming belgilari, signallari va hissiy obrazlari hosil boiadi.Hissiy bilish bosqichi: sezgi, idrok vatasavvur kabi shakllarda sodir bo‘ladi. Sezgi — hissiy bilishning dastlabki shakllaridan bo‘lib, borliqni bilislming o ‘ziga xos ko‘rinishidir. Sezgi va sezgilar insonning sezgi a’zolarida borliqdagi predmet va hodisalarning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida yuzaga keladigan hissiy obrazlardir. Biroq, his qilish va sezgilar insonning borliqni bilishi uchun yetarli emas. Buning uchun inson o ‘zining hissiy bilishida his qilish va sezgilar shakllarida hosil qilgan ma’lumotlarini to'plab,umumlashtirib, ulami bir butun holda in’ikos ettirishi lozim. Hissiy bilishning bunday yangi shakli idrokdir.Idrok — horliqdagi predmet va hodisalarni yaxlit holda, bir butun ko‘rinishda, ularning hamma asosiy tashqi belgi va xususiyatlarini umumlashtirgan holda in’ikos ettiruvchi hissiy bilishning nisbatan yuqoriroq shaklidir. Idrok — predmet va hodisalarning bir butun yaxlit hissiy obrazdir. Biroq, insonning hissiy bilishi idroklar shakllarida yuzaga kelgan hissiy ma’lumotlar inson miyasida qayta ishlanib, hissiy bilishning yangi, yuksak shaklini hosil qiladi. Bu — tasavvurdir. Tasawur — ilgari idrok etilgan, ammo, ayni vaqtda, bevosita idrok etilmayotgan predmet va hodisalarning inson miyasidagi qayta ishlanib, tiklangan hissiy obrazdir. Mantiqiy bilish — predmet va hodisalarning mohiyatini bilishdir. Insonning borliqni aqliy bilishi — bu uning tafakkuri orqali borliqdagi predmet va hodisalarni fikr shakllarida bilishdir. Aqliy bilish — borliqdagi predmet va hodisalarning inson miyasidagi umumlashgan, mavhumlashgan va konkretlashgan fikriy ifodalanishidir. Mantiqiy bi-lishda inson tafakkuri borliqdagi predmet va hodisalarning ichki bogManishlari va aloqadorliklarini, ularning harakat, o ‘zgarish va rivojlanish qonunlarining ma’lum fikr shakllari — hukm, tushunchava xw/o^a/a/da ifodalaydi. Bunda hissiy bilish obrazlari tafakkur uchun material' bo‘lib xizmat qiladi. Hukm —mantiqiy bilishning shunday fikriy shakliki, unda borliqdagi muayyan predmet va hodisalar, ular o ‘rtasidagi bog'lanish va aloqadorliklar haqida tasdiq yoki inkor fikr ifodalanadi-yu, inson o ‘z tafakkurida bir yoki bir necha hukmlarni mantiqiy o ‘zaro bog'lab, turli usullar asosida ularning eng muhim xususiyatlarini ajratib olib, biror tushuncha hosil qiladi. Mantiqiy bilishning navbatdagi shakli tushunchadir. Tushuncha — predmet va hodisalar, ularning muhim va zaruriy belgi va xususiyatlarining umumlashtirilgan, mavhumlashtirilgan va, ayni choqda,aniqlashtirilgan filmy obrazidir. Masalan, ,,Inson“ tushunchasini olaylik. Bu tushuncha hamma kishilikjamiyatiga xos bo‘igan, mehnat qiluvchi, mehnat qurollari va mehnat vositalariiii yaratuvchi hamda ular asosida moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiquvchi, ong, tafakkur, til va nutq kabi muhim va zarur belgi va xususiyatlarga ega bo‘lgan bioruhiy ijtimoiy mavjudotning fikriy ifodasidir. Xulosa chiqarish esa,mantiqiy bilishning shunday shakliki, unda bir yoki bir necha hukmlar asosida yangi hukm — yangi fikr hosil bo‘ladi. Shunday qilib,- insonning bilish jarayoni hissiy bilish shakllari: his etish, sezgi, idrok va tasavvurlardan boshlanib, aqliy bilish shakllari: hukm, tushuncha va xulosa chiqarish shakllarida tafakkurda qayta ishlanib, bilishning ,,quyi“ bosqichdan ,,yuqori“ bosqichi tomon ko‘tarilib boradi,
Do'stlaringiz bilan baham: |