1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Faoliyat falsafasi (prakseologiya)



Download 310,56 Kb.
bet30/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   184
Bog'liq
falsafa

35.Faoliyat falsafasi (prakseologiya). Tayanch atamalar: Faoliyat tushunchasi. Faoliyatning tuzilishi Praksiologiya (yunon. praktikos – faol) – falsafaning inson faoliyatini o’rganishga bag’ishlangan bo’limlaridan biri. Faoliyat tushunchasi inson borlig’ining tabiati va mohiyatini, uning shaxsiy imkoniyatlari, ijtimoiy aloqalari va munosabatlarini, inson ma’naviy dunyosi va moddiy amaliyot jabhasini teranroq tushunish imkonini beradi. Inson faoliyati o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, hayvonlar faolligidan butunlay farq qiladi. U individ va umuman jamiyat borlig’ining alohida usuli hisoblanadi.

Ijtimoiy yo’nalganligiga qarab faoliyatning turli fanlarda o’ziga xos xususiyatlari bo’ladi. Ijtimoiy falsafa shaxsning ijtimoiylashuvi, ya’ni jamiyat to’plagan tajriba, qadriyatlar va me’yorlarni o’zlashtirish usuli sifatidagi faoliyat mazmunini yoritadi. Sosiologiyada faoliyat (ijtimoiy harakat) ijtimoiy organizmning subyektiv motivasiya va boshqalarga qarab mo’ljal olish bilan tavsiflanadigan hamda shaxs va jamiyatning aloqasini ta’minlaydigan hujayrasi sifatida qaraladi. Ontologiyada faoliyat inson borlig’i usuli bo’lib, unda odamzotning mohiyatini belgilovchi kuchlar ayniqsa to’la aks etadi. Bilish nazariyasida asosiy e’tibor bilishning negizi va bilimlarimiz haqiqiyligining muhim mezoni bo’lgan amaliyot sifatida tushuniladigan faoliyatga qaratiladi. Falsafada faoliyat insonga xos bo’lgan va tashqi dunyoni oqilona o’zgartirishga qaratilgan faollikning alohida shakli sifatida tavsiflanadi. Ijtimoiy falsafada faoliyat ijtimoiy jarayonlarni amalga oshirish, insonning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, o’zini qurshagan dunyo bilan aloqaga kirishish usuli sifatida qaraladi1. Faoliyat muayyan faoliyat turi bilan shug’ullanish qobiliyati uning amaldagi moddiy ifodasiga o’zaro o’tishini nazarda tutadi. Bu faol inson tashqi dunyoni o’zgartirishi va o’zi ham o’zgarishini anglatadi. Forobiy fikricha “inson faoliyatsiz turaolmaydi, ammo har qanday faoliyat va harakat insonni inson qilib ko’rsata olmaydi. Chunki o’z tabiatiga ko’ra hayvonlar ham harakat qiladilar. Hayvon ovqatni ko’radi va unga intiladi va bunda ongsiz harakatni amalga oshiradi. Odamni hayvondan ajratadigan narsa- alohida iroda bo’lib, u ixtiyor deb nomlanadi”2. Faoliyatning tuzilishi. Faoliyatning umumiy tuzilishi ehtiyojlar bilan belgilanadi Insonning ehtiyojlari uning faollik manbai hisoblanadi. Hayot ehtiyojlari (insonning jonli mavjudot sifatidagi ehtiyojlari), ijtimoiy ehtiyojlar (ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari, shuningdek shaxsning jamiyatga moslashuv ehtiyojlari) va ma’naviy (ma’rifiy, diniy, axloqiy, estetik va sh.k.) ehtiyojlar farqlanadi. Ehtiyojlarning rang-barangligi inson faoliyati turlarining rang-barangligini belgilaydi. Faoliyat turlarini tasniflash zamirida yotuvchi eng muhim omil u qaratilgan va faoliyat motivini tashkil etadigan predmetlar farqidir. Faoliyat motivsiz bo’lmaydi, «motivlashtirilmagan» faoliyat subyektiv pinhona motivga ega bo’ladi.




Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish