1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Mаdniyat, sivilizatsiya vа qаdriyat tushunchаlаri, ulаrning o’zаrо munоsаbаtlаri



Download 310,56 Kb.
bet37/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   184
Bog'liq
falsafa

43.Mаdniyat, sivilizatsiya vа qаdriyat tushunchаlаri, ulаrning o’zаrо munоsаbаtlаri. Tayanch atamalar: Mаdаniyat tushunchаsi. Sivilizatsiya tushunchаsi. O’zbеkistоndа shаkllаnаyotgаn yangi sivilizatsiyaning mоhiyati. Mаdаniyat vа sivilizatsiya. Qаdriyat tushunchаsi. Mаdаniyatning turlаri. Qаdriyatlаrning turlаri. a) Madaniyatni falsafiy tushunish Madaniyat murakkab va serqirra hodisadir. Uni arxeologiya va etnografiya, tarix va sotsiologiya kabi turli fanlar ham o‘rganadi etnografiya, tarix va sotsiologiya kabi turli fanlar ham o‘rganadi. Bu fanlarning har biri madaniyat deb atalmish ulkan ijtimoiy hodisani o‘ziga xos tarzda, o‘z vazifa va maqsadlaridan kelib chiqqan holda turli tomonlarini tadqiq etadi. XIX asr o'rtalariga kelib, ,,madaniyat“ tushunchasi kengroq ma’noda — inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan barcha narsalarga nisbatan ishlatila boshlandi. Bunday holatda madaniyat inson tomonidan yaratilgan, bokira tabiat ustiga qurilgan ikkinchi tabiat “ma’nosini kasb etadi. Lekin madaniyatni ,inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan barcha narsalar", deb tushuiiish ham yetarli va to‘liq emas. Chunki, birinchidan, bunday yondashuv madaniyatni insondan tashqarida mavjud boigan qandaydir hodisa sifatida tushunishga olib keladi. Ikkinchidan, madaniyat va jamiyat tushunchalarining nisbati oydinlashmaydi. „Madaniyat11 va ,,jamiyat“ tushunchalarining farqi madaniyatni „ inson tomonidanyaratilgan qadriyatlar majmuasi “ deb tushunilganda ochiq ko‘rinadi. Haqiqatan ham, madaniyat insoniy maznrun va ma’no bilan sug‘orilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar dunyosidir. Albatta, madaniyatni faqat qadriyatlar majmuasi sifatida tushunish ham to‘g‘ri va to‘liq emas. Birinchidan,bunda yuqoridagi kabi madaniyat tayyor natijalar tizimi sifatida qaraladi, uning yaratilish jarayoni, dinamikasi e’tibordan chetda qoladi. Ikkinchidan,inson tomonidan yaratilgan hamma normalar ham foydali emas, demakki, uning taraqqiyotiga xizmat qilmaydi. Uchinchidan, u yoki bu hodisani ijobiy yoki salbiy deb qabul qilish tarixaft belgilangan — davrning, jamiyatning, ijtimoiy guruhlarning qadriyat mo‘ljallariga bog‘liq bo‘ladi. Madaniyatning yuqoridagi sifatiy xususiyatlari tahlilidan kelib chiqqan holda un^a quyidagicha ta’rif berish mumkin. Madaniyat insonning faoliyati jarayoni, uning oqibatida yaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar bo‘lib, inson kamolotida muhim omil bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. „Madaniyat" tushunchasi inson faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir qatorda, bu faoliyat tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichlarida milliy va etnik rivojlanishdagi sifatiy o‘ziga xoslik ham o‘z iffodasini topadi. Masalan, biz „qadimgi davr madaniyati“, ,p ‘zbek madaniyati“ kabi tushunchalami yuqoridagi ma’nolarda ishlatamiz. Ayni paytda, biz „mehnat madaniyati“,„muomala madaniyati“, „nutq madaniyati“, „siyosiy madaniyat“kabi iboralarni ham qo‘llaymizki, bunday hollarda madaniyat kishilarning ongi, xulqi va faoliyatining ma’lum sohalaridagi xususiyatini ifodalab keladi. ,Sivilizatsiya“ so‘zi lotincha bo‘lib, grajdanlik, grajdanlikka oid, davlatga oid, degan ma’nolarni anglatadi. „ Sivilizatsiya“ tushunchasini shotland tarixchisi va faylasufi A.Fergyusson (1723— 1816-yillar) jahon tarixiy jarayonining ma’lum bir bosqichini ifodalash uchun ishlatgan bo‘lsa, fransuz ma’rifatparvarlari aqlidrokva adolatgaasoslangan jamiyat, degan ma’noda ishlatgan edilar. ,,sivilizatsiya“ tushunchasining mazmuni va hajmini belgilashda turfa, xilma-xfflik hanuzgacha mavjud ekanligini qayd etmoq lozim.Bu tushunchani: 1) ijtimoiy rivojlanishning yowoyilik va varvarlikdan keyin keladigan bosqichini; 2) umuman, kishilik jamiyati rivojlanishining ma’lum bir bosqichini (masalan, neolit, kapitalistik, yoki hozirgi zamon sivilizatsiyasi); 3) ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani (masalan, quldorlik yoki kapitalistik sivilizatsiyalar); 4) geograflk jihatdan farqlanuvchi birliklarni (Osiyo yoki Yaqin Sharq sivilizatsiyasi); 5) diniy mansubligi bilan farqlanuvchi madaniy birliklarni (xristian yoki islom sivili­zatsiyasi); 6) kelib chiqishi va planetar mansubligiga ko‘ra ajratiluvchi birliklarni (masalan, yer sivilizatsiyasi va yerdan tashqari sivilizatsiyalar); 7) etnik mansubligiga ko'ra farqlanuvchi ijtimoiy- madaniy birliklarni (masalan,


Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish