1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Maishiy turmush estetikasining inson turmush tarzida tutgan rolini misollar orqali tushuntirib bering



Download 310,56 Kb.
bet175/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   184
Bog'liq
falsafa

190. Maishiy turmush estetikasining inson turmush tarzida tutgan rolini misollar orqali tushuntirib bering.

Maishiy turmush estetikasi. Turmush bu ijtimoiy hayot soha- siga oid tushuncha bo‘lib, u inson, millat va xalqning yashash tarzi, urf-odatlar, rasm-rusum majmuyi, obyektiv reallik, moddiy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, sog‘liqni saqlash, shuningdek, ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishdan iborat. U azaldan madaniy qadriyatlarni vujudga keltiradigan va asraydigan muhim makon bo‘lib kelgan. Turmush madaniyati inson hayoti va ijtimoiy muhitda iqtisodiy, ijtimoiy, estetik mezonlarni ko‘rsatish bilan birga estetik madaniyatni ham shakllantiruvchi hodisadir. Turmush madaniyatining o‘ziga xosligi mehnat, oila, Vatan, kattalarga hurmat, o‘zini tutish me’yorlari kabi tabiiy, sodda ammo, asosiy qadriyatlarni singdirishida namoyon boladi. Tur- mushga singgan qadriyatlar nisbatan mutlaq bo‘ladi, juda kam o‘zgaradi. Ushbu fazilatlar, qadriyatlarni har bir shaxs o‘zi bilan oilasiga olib o‘tadi va uning abadiyligini ta’minlaydi. Turmush estetikasi dizayn, ekoestetika, atrof-muhit estetikasi, estetik tarbiya bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, moddiy va badiiy madaniyatni integratsiyalashning eng ta’sirchan vositalaridan biridir. Turmush estetikasi insonni voqelikka estetik munosabatini namoyon etadigan sohalardan bo‘lib, u bevosita tashqi ko‘rinishi, kiyinish va muomala madaniyati, narsa va buyumlarga, turar joylariga munosabatini aks ettiradi. 0 ‘z o‘rnida insonni o‘rab turgan narsa va buyumlar olamining go‘zalligi inson hayotining uyg‘unligini ta’minlaydi va uni estetik tarbiyalaydi. Turar joyi, tashqi ko‘rinishi, kiyim ko‘rkamligi orqali inson yashayotgan, mansub bo‘lgan jamiyat haqida estetik tasavvur olish mumkin. Va aksincha turmushda tartibsizlik, palapartishlik estetik madaniyat pastligidan dalolat beradi. Turmush estetikasining insonni o‘rab turgan narsa va buyumlar, turar joylariga munosabatini o‘z ichiga oladi. Insonning dizaynerlik, ijodkorlik qobiliyatlari dastavval turmushda shakl- lanib boradi. Bunda ma’lum bir xalqning tarixi, mentaliteti, avvaldan shakllanib kelgan turmush tarzi muhim o‘rin tuta- di. Kiyinishidan tortib, oilaviy an’analar, oilaviy makongacha bo‘lgan hodisalarda odamlarning narsalar dunyosiga, go‘zallik va ulug‘vorlik orqali qarashlari, estetik didga, ijtimoiy ideallarga o‘ziga xos munosabatlari namoyon bo‘ladi va bu pirovard natijada turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida madaniy-hordiq infrastrukturasidagi is- lohotlar, bolalar uchun sport maktablari, madaniyat saroylari va barkamol avlod saroylari, fitnes klublar, tikish-bichish, kasb-hu- nar o‘rganish bilan bog‘liq to‘garaklar aholi turmush estetikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsata boshladi. «Ma’lumki, aholining turmush sha- roitini yaxshilash, hayotdan rozi bo‘lib yashashiga erishish bugungi zamonaviy davlatchilik taraqqiyotidagi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Yaqinda ayni shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQSHning Kolumbiya universiteti sotsiologlari tomondan ijtimoiy so‘rov va tadqiqotlar o‘tkazilib, shu asosda «Butunjahon baxt indeksi»ning («World Happiness index») yangi reytingi e’lon qilindi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, ushbu ro‘yxatda 0 ‘zbekiston 158 mamlakat orasida 44-pog‘onada, Mustaqil Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar orasida birinchi o‘rinda qayd etildi»1. Turmushning ijtimoiy-estetik mohiyatini tahlil qilish uch nar- saga e’tibor berishni taqozo qiladi. Bular — inson hayot kechira- digan rang-barang predmetlar olami; insonning boshqalar bilan muloqotda o‘zligini namoyon qilish holatlari; insoniy munosa- batlarning odob-axloqda aks etish imkoniyat va xususiyatlari. Bulardan birinchisi bevosita dizayn bilan bog‘liq. Turmush estetikasining muhim jihati insonni o‘rab turgan narsa va buyumlar yaratish va unga bo‘lgan munosabatida aks etadi. Qadimgi odamlar turli narsalardan loy, yog‘och, tosh va tabiatning boshqa predmetlaridan o‘ziga xos mo‘jizalar yaratgan- ligi ma’lum. Bu narsalar dizayn faoliyati jarayonida yaratila borib turmush madaniyatining muhim xususiyatini tashkil qiladi. Inson


Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish