1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Kulgulilik kategoriyasining estetik xususiyatlari nimada ?Tayanch atamalar :satira,yumor, askiya



Download 310,56 Kb.
bet176/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   184
Bog'liq
falsafa

191. Kulgulilik kategoriyasining estetik xususiyatlari nimada ?Tayanch atamalar :satira,yumor, askiya

Kulgililik kategoriyasi. Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan tushuncha hisoblanadi. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsiz odamlarni kulgili deb hisoblagan bo‘lsa, Arastu kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor yetkazmaydigan va zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi, deydi. Olmon mumtoz nafosatshunoslaridan Immanuil Kant kulgililikning tabiatini latifa misolida ochib berishga harakat qiladi, Fridrix Shiller hajviyani veallik bilan ideallik orasidagi qarama- qarshilik orqali ko‘rsatib o‘tadi. Heorg Hegel kulgililikning asosini zohiriy ishonch va botiniy to‘laqonli orasidagi qarama-qarshilik orqali ifodalaydi. Insondagi layoqatsizlik, loqaydlik, mas’uliyatsizlik, izzatta- lablik, shuhratparastlik kabi illatlar kulgililikning obyektlaridir. Shuningdek, kulgi — axloq hududlarini bezarar buzishdir. Har qanday ozod inson hazil bilan ro‘baro‘ kelishi mumkin. Bu ho- latda kulgi insonning shaxsiy ehtiyojini qondiradi. Inson kulishga va kuldirishga qodir bo‘lgan yagona mohiyatdir. Kulgililik boshqa estetik hodisalar singari faqat obyektiv tomonga ega bo‘lmay, sub- yektiv tomonlarni ham o‘zida birlashtiradi. Kulgililikning sub- yektiv tomoni — keng ma’nodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir. Kulgi o‘z tabiati jihatidan demokratik xususiyatga ega. U turli ko‘rinishlarga boyligi bilan san’atning me’morchilikdan boshqa deyarli barcha turlarida namoyon boladi. Biroq, u o‘zining eng to‘la bo‘lgan estetik ifodasini komediyada topadi. Kulgililik—yuk- sak taraqqiy etgan tanqidning ibtidosini o‘zida namoyon qiladi. Kulgi — tanqidning estetik shaklidir. Kulgi tabiatiga ko‘ra tabaqa- lanishga qarshi, mansab va amal oldida bo‘yin egmaydi. Kulgi tengsizlik, zo‘ravonlik, manmanlik, amalparastlik, nodonlikning barcha shakllariga qarshi kurashuvchi buyuk kuch sifatida maydon- ga chiqadi. Abdulla Avloniyning «Hajviyot»idagi «Ko'rning uzri», «Bir munofiq tilidan», «Bilimsiz oliftalarga», «Haqiqiy ma’nosi», «Dangasaman», «Soqovraport» kabi maqolalarida asrimiz boshida xalqimiz ahvoli to‘g‘ridan to‘g‘ri kulgi ostiga olinadi. Kulgining badiiy shakllari orasida satira alohida o‘ringa ega. Umumnazariy ma’noda satira voqelikni badiiy tasvirlash turi bo‘lib, unda hayotning salbiy hodisalari ustidan kulish - bun- day hodisalar asosida yuksak insonning orzulariga zid ekanligini bo‘rttirib ko‘rsatish maqsadi yotadi. Satira har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Unga lirika ham, epos ham, drama ham begona emas. Satira markazida doim hayotning salbiy vo- qea-hodisalari joylashgan bo‘lib, butun fosh qilish kuchi ularga qarshi qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun komediya san’atiga xos tanqidiylik, yo‘nalganlik satirada eng to‘la va eng aniq ifoda topadi. Satirani asosan kulgi fosh etib qo'yadi, lekin kulgi bu jara- yonda qahr-g‘azabdan ajralmagan holda namoyon bo‘ladi. Hajviya — jamiyat, inson faoliyatidagi illatlar va ularning oqi- batlari, olam mukammalligi va inson ideallariga nomuvofiq keli- shini ko‘rsatib beruvchi kulgi turidir. Lekin masxara, mazax kabi kulgi turlari ham borki, ular estetik tarbiya vositasi bo‘lolmaydi. Aksincha, ular mohiyatan insonni qoralashga, uni xafa qilishga, obro‘sizlantirishga qaratilgan boladi. Bu kulgining o‘ta ziddiyatli va g‘ayriaxloqiy ko‘rinishidir. Shu bois masxara fisq-u fasodning muqaddimasi sanaladi. Mazah qilish ibosiz so‘z bilan insonga daxl etmoq demakdir. Mazah qilish, kalaka qilish, o‘zganing ustidan, jismoniy kamchiligidan kulish masxaraning real voqelik- dagi ko‘rinishlaridir. Kulgililikning barcha shakllari ular qanchalik erkin namoyon bo‘lish imkoniyatlariga ega bo‘lib borsalar, shunchalik ko‘p ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan hazil tuyg‘usi, hayotning kulgili tomonlarini nozik ilg‘ab olish va fahmlash qobiliyati rivojlanib borgan sari shaxsning ma’naviy-ruhiy sog‘lomligi hamda barka- molligi yuksalib boraveradi. Umuman olganda, estetikaning tushunchalari (kategoriyalari) doimiy hamkorlikda mustahkamlanib boradi. Ayniqsa, bu jara- yonda go‘zallik kategoriyasi boglovchilik vazifasini bajaradi. Shuning uchun fojiaviylikda, ulug‘vorlikda, hunuklikda ham go‘zallik unsurlarining uchrashi bejiz emas


Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish