199. Kasb estetikasini izohlab bering.Tayanch atamalar:Int'er,ekstrer, kasbiy etiket,landshaft ,dizayin.
Kasb estetikasi estetik madaniyatning eng yuksak shakllaridan biridir. Har bir kasb o‘ziga xos axloqiy me’yorlariga ega bo‘lgani kabi, o‘z mehnat faoliyati taqozo etadigan estetik me’yorlarga ham egadir. Kasb etikasi kabi kasb estetikasi xususida Kaykovus, Alisher Navoiy, Umar Xayyom kabi mutafakkirlarimiz o‘z qarash- larini bayon etishgan. Xususan, Kaykovus «Qobusnoma» asarida bir qancha kasblar xususida fikr bildiradi. «Hofiz va sozandalik zikrida» bobida «Ey farzand, agar hofiz bo‘lsang, xushfe’l, quvnoq bo‘l, hamisha pok, mutayyab va xushzabon bo‘lg‘il va o‘z ishing- ga mashg‘ul bo‘lgil, yaramas xulq qo‘pol bashara bo‘lmag‘il» deb ta’kidlaydi. Inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, o‘z kasbi doirasida kishilar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi. Bu mu- nosabat, bir tomondan hamkasblar davrasida ro‘y bersa, ikkin- chi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Mana shu vaziyatda kasb estetikasi muhim rol o'ynaydi. Kasb etikasi va kasb estetikasi o‘zaro bog‘liqdir. Barcha kasb uchun umumezon boladigan axloqiy me’yorlar rostgo‘ylik, halollik, xushfe’llik xulq go‘zalligini tash- kil etadi. Xulq go‘zalligi esa kasb etikasigagina emas, balki kasb estetikasining ham muhim tarkibiy qismi desak xato bo‘lmaydi. Bu shifokor, o‘qituvchi, jurnalist kabi barcha kasb egalari uchun muhimdir. Har bir kasb o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu kasb estetikasida ham o‘z aksini topadi. 0‘qituvchi faoliyati, mehnat mahsuli mu- handisnikidan farq qiladi. Uning mehnat mahsuli o‘quvchining axloq odobi, bilim darajasi, estetik didi bilan belgilanadi. Mu- handis estetik didi esa u yaratgan avtomobilning qulay, chiroyli, foydaliligi bilan belgilanadi. 0 ‘qituvchining yurish-turishi, estetik fazilatlari uning o‘quvchilarida aks-sado bersa, muhandisning mehnat mahsuli inson uchun qulaylik yaratadi, moddiy madani- yatimizga hissa qo‘shadi. Albatta, bunda muhandis tabiiy fanlar qatori estetika, ruhshunoslik kabi fanlarni ham egallagan va estetik didga ega bo‘lishi lozim. Bugungi kunda jahon miqyosida sodir bo‘layotgan global- lashuv jarayoniga binoan, bir tomondan, fan, ta’lim va madaniyat sohasida mushtarak tamoyillariga yo‘l ochilsa, ikkinchi tomondan, ayrim xalqlar milliy qadriyatlari, madaniyat turlari va estetik tasavvurlariga salbiy ta’sir etadigan jihatlar ko‘zga tashlanishi tabiiy bo‘lib qoldi. Demak, ana shunday obyektiv va subyektiv sabablar, sharoitlar natijasi bo‘lgan globallashuv davrida ma’naviy hayotda, madaniyat jabhalarida nihoyatda sezgirlik va ogohlik bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |