195. Sport va uning ma'naviy –estetik jihatlari.Tayanch atamalar:Universiada, Umid nihollari , sport go‘zalligi.
Sport va uning ma’naviy-estetik jihatlari. Jismoniy tarbiya va sport insonga xushkayfiyat, estetik ruh, harakatchanlik, ep- chillik, chaqqonlik, jismoniy faollik baxsh etadi. Bu xususda B.Lou o‘zining «Sport go‘zalligi» degan kitobida F.Kinonning «Teatr, tomoshabinga suyanib rivojlanadigan san’at turi... Sport musobaqalarida tomoshabinlar o‘zlarini xuddi spektakl tomo- shasidagidek tutadilar: ular yuksak mahorat egalariga qarsak chaladilar va yomon o‘yin ko‘rsatganga nisbatan salbiy munosa- batlarini yashirmaydilar. Sportda ham, teatrda ham biz «o‘yin» haqida gapiramiz»1 degan fikrini keltirar ekan sportning axlo- qiy-estetik tarbiyaviy ahamiyatga egaligini nazarda tutadi. Shu- ningdek B.Lou H.Slyusherning «Sport va ekzistensiya» kitobidagi «Sport — toki haqiqiy sport ekan, u estetik fazilat va nafislikka erisha oladi. U sportchi uchun chuqur ma’noga boy holat... sport botiniy yaxlitlikni va yuksak darajadagi hissiy ko‘tarinkilikni talab qiladi» bu bilan H. Sly usher sportchi his etadigan estetik zavq haqida2 ta’kidlaydi, deb fikr bildiradi. Bundan ham ko‘rinib turibdiki sport shaxsda jismoniy go‘zallikni his qilish qobiliyatini tarbiyalashi uning kamolotida katta o‘rin tutadi. Bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar sogiom va barkamol avlodning jismoniy go‘zalligi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgandir. Zero, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda jismoniy madaniyat muhim ahamiyat kasb etib, insonning barcha tabiiy va ijtimoiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqaradi, uni ma’nan yuksaltirib ezgu ishlarga safarbar etadi. Bu yerda gap professional sportchining jismoniy madaniyatiga oid talablar haqida emas, balki tabiiy harakatchanligi, kelishgan qaddi-qomati, jismoniy fazilati bilan ajralib turuvchi sog‘lom inson haqida bormoq- da. Binobarin, soglomlik bebaho boylik, moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish asosi, oliy qadriyat sanalgan inson kamolo- tining tarkibiy qismidir. 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish aholi salomatligini ta’minlashning muhim omili bo‘lib, avvalo, yoshlarni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega»1. Ma’naviy va jismoniy sogiom inson ijodiy qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish imkoniyatlariga ega, kayfiyati yuqori, ijodkor boladi. Bu narsa uning nafaqat jismoniy mehnat sohasi, balki estetik qadriyatlarni yaratishdagi faolligida ham ko‘zga tashlanib turadi. Mustaqillik yillarida mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik vazifa etib bel- gilandi. 1998-yil 6-sentyabrda Toshkentda 28 davlat vakillari Kurash xalqaro assotsiatsiya (KXA)ga asos solishdi. 0 ‘tgan yillar davomida 711 ta sport inshooti qurilib, bolalar ixtiyoriga top- shirildi, ularning 161 tasi yangidan bunyod etildi, qurilish-tik- lash ishlariga 9,8 milliard so‘m, ularni zamonaviy asboblar bilan jihozlashga 1,7 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ishlatil- di. Birgina 2008-yilning o‘zida kasb-hunar va akademik litseylar qurish uchun 382,4 mlrd so‘m sarflandi. Jahonning eng zamonaviy stadionlari bilan tenglasha oladigan «Bunyodkor» stadioni ham 0‘zbekistonning sportga bolgan munosabatining yorqin na- munasidir. Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning o‘ziga xos yangi tizimi shakllandi. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Umid nihollari», litsey va kollej o‘quvchilari o‘rtasida «Barkamol avlod», oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida «Uni- versiada» musobaqalari doimiy tus oldi. Sport irodani mustahkamlashda, aniq maqsad sari intilishda, qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan yengishda juda katta ahamiyat kasb etishini, u inson qalbida g‘alabaga ishonch, g‘urur va iftixor tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Ayniqsa, «Barkamol avlod» musobaqalari sport sohasida yangi an’analarni boshlab berdi. Yoshlarning nafaqat jismoniy chiniqishlariga, balki halol bel- lashuvlar ishtiyoqi, g‘alabalar quvonchi bilan yashashiga, xalqi- mizga xos mardlik, tantilik va bag‘rikenglik hislarini ko‘rsatib, ma’naviyatlarining yuksalishiga ham xizmat qilmoqda. Bir so‘z
Do'stlaringiz bilan baham: |