12. Qanday hollarda shaxs fuqarolikni yo‘qotishi mumkin?
Fuqarolikni yo’qotish
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik to’g’risidagi qonunining 21-moddasiga asosan quyidagi hollarda O’zbekiston fuqaroligi yo’qotilishi mumkin:
1) shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsa, adliya idoralari yokidavlat hokimiyati va boshqaruvning bashqa idoralariga ishga kirganda;
2) shaxs chet elda uch yil davomida doimiy yashab, uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmasligi;
3) shaxs O’zbekiston fuqaroligini yolg’on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar asosida olgan bo’lsa;
4) shaxs chet el davlatlari foydasini ko’zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazsa;
5) shaxs chet davlat fuqaroligini olsa.
Chet davlat fuqaroligini olgan shaxs o’ttiz kun ichida O’zbekiston ichki ishlar idoralari yoki konsullik muassasalarini bu haqda xabardor etishi lozim!
O’zbekiston fuqaroligini yo’qotish faqatgina O’zbekiston Prezidenti farmoni chiqqan kundan boshlab kuchga kiradi!
13. O‘zbekistonning milliy valyutasi "so‘m" qachondan muomilaga kiritilgan?
1994-yilning 1-iyulidan muomilaga kiritilgan.
14.Axborat qanday sifatlarga ega bo`lishi kerak –
15. axborotning eng kichik o'lchov birligi---- bit xisoblanadi.
16. Uzb. Res. Xisob palatasi qanday o`rgan- Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining huquqiy maqomi Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb yuritiladi) davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratining oliy organidir.
Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilida oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
17. Mikroprotsessor—kompyuterning miyasi xisoblanadi. Asosan xisob kitob ishlarini bajaradi. Kompyuterning ishlashi protsessorga bog`liq protsessor qancha kuchli bo`lsa kompyuter ham shu darajada tez hamda yaxshi ishlaydi.
18.Uzb. Res oliy majlisi senati tamonidan rad etilgan qonun -- Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni 2019-yil 24-oktyabr kuni qabul qilinib, Oliy Majlis Senatiga yuborilgan edi. Mazkur Qonun Senatning 2020-yil 28-fevraldagi Qarori bilan rad etilgan
19. Qonuniy neustoyka nima? Neustoyka (rus.) — fuqarolik huquqida majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usullaridan biri; qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada
bajarmagan taqdirda kreditorga toʻlashi shart boʻlgan pul summasi. Oʻzbekiston Respublikasining FK boʻyicha, N. toʻlash haqidagi talab yuzasidan kreditor oʻziga yetkazilgan zararni isbotlashga majbur emas. N. bilan faqat haqiqiy talab taʼminlanadi. Agar qarzdor majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgar boʻlmasa, kreditor N. toʻlashni talab qilishga hakli emas. N. jarima yoki penya shaklida boʻladi. N. toʻgʻrisidagi kelishuv yozma shaklda tuziladi.
20. . 23-modda. Ma’muriy jazoning turlari
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:
1) jarima;
2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;
3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish;
4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;
5) ma’muriy qamoqqa olish.Oldingi tahrirga qarang.
6) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish.
21. Aksiyadorlar jamiyati – daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati. Aksiyadorlar jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati ko‘rsatilgan aksiyalar chiqarish va uni sotish yo‘li bilan tarqatish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil etadi. Aksiya egalari dividend shaklida daromad oladilar. Aksiyadorlar jamiyatining ochiq va yopiq jamiyat shaklidagi ko‘rinishlari bor:
Yopiq aksiyadorlar jamiyati – aksiya egalari maʼlum guruh, masalan, taʼsischilarning o‘zi bilan cheklanadi. Aksiyalar faqat ularning o‘rtasida tarqatiladi.
Ochiq aksiyadorlar jamiyati – jamiyat aksiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aksiya olishga puli bor yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning aʼzosi bo‘la oladi.
22. oferta nima-Oferta, offerta (lot. offero — taklif etaman) — bir shaxening boshqa shaxsga tovar yetkazib berish, birorbir xizmat koʻrsatish va boshqa uchun shartnoma tuzish istagi va shartlari haqida yozma yoki ogʻzaki xabarnomasi. Shunday xabar yuborgan jismoniy yoki yuridik shaxs offerent, xabarnoma olgan shaxs akseptant deb ataladi (qarang Aksept).
Oferta. qabul qilingan hollarda akseptant offerentni yozma xabardor qiladi va tomonlar bitimi rasmiy kuchga kiradi. O. unda koʻrsatilgan amal qilish muddatiga ega boʻladi. Shu muddat davomida akseptant O.ni qabul qilish huquqiga ega va bu oferent bilan shartnoma majburiyatlarini bogʻlab oladi.
23. Garov turlari- Бир шахснинг бошқа шахсга мол-мулкни ёки унга бўлган ҳуқуқни мажбуриятларни таъминлаш учун бериши гаров ҳисобланади.
Гаров закалат, ипотека, шунингдек ҳуқуқ гарови тарзида амал қилиши мумкин
24. Bitim tushunchasi va uning turlari?
Bitimlar deb, fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi.Bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki ko‘p taraflama (shartnomalar) bo‘lishi mumkin.Bir taraflama bitimni uni tuzgan shaxsning huquq va majburiyatlari vujudga keltiradi. Masalan, vorislik huquqi bo‘yicha vasiyatnoma meros qoldiruvchi o‘lgan- dan keyin ochiladi, vorislarga merosni qabul qilish yoki undan voz kechish huquqi tug‘diriladi.Ikki taraflama yoki ko‘p taraflama bitimlar — ikki yo- ki undan ko‘p fuqarolar, yuridik shaxslar o‘rtasida tuzila- di.
25.Qanday soliq turlari mavjud??
Солиқ кодексига мувофиқ, мамлакатимизда қуйидаги солиқ турлари мавжуд:
? юридик шахслардан олинадиган фойда солиғи;
? жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи;
? қўшилган қиймат солиғи;
? акциз солиғи;
? ер қаъридан фойдаланувчилар учун солиқлар ва махсус тўловлар;
? сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ;
? мол-мулк солиғи;
? ер солиғи;
? бензин, дизель ёқилғиси ва газ ишлатганлик учун олинадиган солиқ.
26.Bitimlar qanday shakllarda tuziladi?
Bitimlar og‘zaki yoki yozma (oddiy yoki notarial tas- diqlangan) shaklda tuziladi. Qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida yozma shakl belgilab qo‘yilma- gan, jumladan, u tuzilayotgan vaqtning o‘zidayoq baja- riladigan bitim og‘zaki tuzilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |