43. Fuqarolik huquqi tushunchasi. Fuqarolik huquqi-huquqiy munosabatlar sub`yektlari o`rtasida tenglik, xohish-iroda muxtoriyligi va mulkiy mustaqillik asoslarida yuzaga keladigan mulkiy munosabatlar hamda ular bilan bog`liq bo`lgan yohud bog`liq bo`lmagan shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Fuqarolik huquqi-insonning kundalik hayoti va faoliyati bilan chambarchas bog`liq bo`lgan huquq sohalaridan biridir. U fuqaroga mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlar sohasida katta huquqlar beradi va bu huquqlarni boshqa fuqarolar tomonidan buzilishidan muhofaza qiladi. Har bir fuqaro qonunga binoan xususiy mulkka ega bo`lish, mulkni meros qilib olish va vasiyat qilib qoldirish, ijodiy faoliyati va hokazolar bilan bog`liq ravishda vujudga keladigan huquqlarni qo`lga kiritishga haqlidir.
44. Fuqarolarning huquqiy layoqati deb nimaga aytiladi?
Huquq layoqati - huquqiy munosabat ishtirokchilarining maʼlum huquqlarga ega boʻlish va shunga yara-sha majburiyat (burch) ola bilish la-yoqati. Fuqarolik huquq va burchlariga ega boʻlish fuqarolik Huquq layoqati demakdir. Barcha fuqarolar, shuningdek, yuridik shaxslar Huquq layoqatida tengdirlar.
45. Fuqarolarning muomala layoqati deganda nimani tushunasiz?
Muomala layoqati (huquqda) — fuqaro yoki yuridik shaxsning oʻz harakatlari bilan huquqqa ega boʻlish va oʻzi uchun majburiyat yaratish qobiliyati. Fukaroning Muomala layoqati toʻla yoki toʻla boʻlmagan hajmda boʻlishi mumkin. Toʻla hajmda Muomala layoqatiga shaxs 18 yoshga toʻlgach ega boʻladi. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan va 14 yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlarning Muomala layoqati toʻla hajmda boʻlmaydi. Ushbu yoshdagi voyaga yetmaganlar qonunda nazarda tutilgan harakatlarni qonuniy vakillarining roziligi yoki mustaqil ravishda bajarishlariga yoʻl qoʻyiladi
46. Bitimlar haqiqiy sanalishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi:
-birinchidan, bitimlarning mazmuni qonunga va qonun asosida
chiqarilgan aktlarga, umuminsoniy qoidalarga muvofiq boʻlishi;
-ikkinchidan, bitimlarni tuzuvchi shaxslar muomala layoqatiga ega
boʻlishlari;
-uchinchidan, bitimlar koʻrinish uchungina tuzilmay, balki chindan
ham yuridik oqibat tugʻdirish maqsadida tuzilgan boʻlishi;
-toʻrtinchidan, notarial guvohlantirishi yoki davlat roʻyxatidan
oʻtkazilishi lozim boʻlgan bitimlar haqiqiy sanalmasligi xavfi ostida qonun
bilan talab qilingan shaklda rasmiylashtirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |