1. Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari. Ombudsman



Download 334,33 Kb.
bet2/4
Sana16.04.2022
Hajmi334,33 Kb.
#556120
1   2   3   4
Bog'liq
PF-6012 22.06.2020

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Muddati

Mas’ul ijrochilar

Kutilayotgan natija (indikator)

I. Shaxsiy va siyosiy huquqlarni himoya qilish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

1.

BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini amalga oshirish maqsadida qonun hujjatlari�a o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Bunda:
inson huquq va erkinliklari sohasida davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlarining Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan o‘zaro hamkorligini belgilash;
BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan milliy harakat rejalarini tayyorlash va qabul qilishning yagona tizimini, shuningdek davlat organlari va mansabdor shaxslarning ularni o‘z vaqtida bajarishi bo‘yicha javobgarligini belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi holati to‘g‘risidagi yillik axborotni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartib-taomillarini mustahkamlash nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil
1-dekabr

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Adliya vazirligi, IIV, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirish mexanizmlari takomillashtiriladi

2.

Xalqaro majburiyatlardan kelib chiqib “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
favqulodda holatni joriy etishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar, favqulodda holatni joriy etish asoslari va tartibi;
favqulodda holatda qo‘llaniladigan choralar va cheklovlar, ushbu davr uchun joriy etiladigan maxsus davlat boshqaruv organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari kafolatlari hamda boshqa maxsus qoidalar nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil
1-yanvar

Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, DXX, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

Favqulodda holat joriy etishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan munosabatlar qonuniy tartibga solinadi

3.

“O‘zbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ommaviy tadbirlar, madaniy va boshqa tadbirlar tushunchalarini qonun bilan belgilash;
ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi;
ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda jamoatchilik tartibi va xavfsizlikni ta’minlash;
ommaviy tadbirlar o‘tkazishga bo‘lgan huquqlar kafolatlarini mustahkamlashnazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 20-mart

IIV, Milliy gvardiya, DXX, Bosh
prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo‘yicha vakili

Fuqarolar tomonidan ommaviy tadbirlarni o‘tkazishning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi

4.

Davlat organlarining tegishli xodimlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining inson huquqlari sohasidagi malakasini Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi inson huquqlari bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslarida muntazam ravishda oshirishni tashkil etish.

Chora-tadbirlar majmui

2021-yil 1-yanvardan boshlab

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Davlat organlari xodimlarini inson huquqlari sohasida muntazam malaka oshirish tizimi yaratiladi

5.

“Sudlar tomonidan xalqaro huquq prinsiplari va normalarini hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorini qabul qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori

2020-yil 20-noyabr

Oliy sud, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

Sudlar tomonidan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarini qo‘llash amaliyoti yanada kengaytiriladi

6.

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy qo‘llanma, sharh va uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish.
Davlat organlari xodimlari, shu jumladan, sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini inson huquqlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro mexanizmlar tavsiyalari matnlari bilan ta’minlash.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil
1-oktabrdan boshlab

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi

Davlat organlari xodimlari va mansabdor shaxslarning inson huquqlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshiriladi

7.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.
Bunda:
jinoiy jazolarning muqobil turlarini oqilona va mutanosib ravishda qo‘llashni ta’minlash;
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni birinchi marotaba sodir etgan, shuningdek, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari (voyaga yetmaganlar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar va qarmog‘ida voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan yolg‘iz shaxslar)ga nisbatan insonparvarlik tamoyilini ta’minlash;
terrorizm, ekstremizm va korrupsiyaviy jinoyatlarni, shu bilan birga uyushgan guruh hamda jinoiy uyushma tarkibida qiynoqqa solish usullaridan foydalangan holda jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan keskin jinoiy siyosatni davom ettirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2021-yil
1-may

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi

Xorijiy tajriba inobatga olingan holda jinoyat qonunchiligi normalari unifikatsiya qilinadi va liberallashtiriladi, jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtiriladi

8.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.
Bunda:
xalqaro standartlar va inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro mexanizmlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda odil sudlovga oid huquqni ta’minlash hamda “Xabeas korpus” institutini yanada takomillashtirish;
sud jarayoni ishtirokchilarining huquqlarini ta’minlash mexanizmini yanada kuchaytirish, advokatlarning protsessual huquqlarini yanada kuchaytirish orqali taraflarning o‘zaro tortishuv tamoyilini amalda ro‘yobga chiqarish, ularning haqqoniy mustaqilligini ta’minlash, shuningdek, jinoyat ishi bo‘yicha himoyachining ishtiroki shart bo‘lgan ishlarga oid asoslarni kengaytirish;
voyaga yetmaganlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan jinoyat-protsessual normalarni takomillashtirish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, shuningd�k, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish bo‘yicha choralarni kuchaytirish;
mahkumlarga nisbatan amnistiya va afv etish shaklidagi insonparvarlik aktlarini qo‘llash tartibini takomillashtirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2021-yil
20-may

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi

Jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari kafolatlari xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtiriladi

9.

Sudyalar hamjamiyati organlarifaoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish.
Bunda:
sudyalar hamjamiyati tushunchasi, sudyalar hamjamiyati organlarining sud tizimidagi o‘rnini belgilash;
sudyalar hamjamiyati organlarining vazifalari,funksiyalariva vakolatlarinibelgilash;
sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirish, shu jumladan ushbu organlarga nomzod ko‘rsatish tartibini belgilash;
sudyalar hamjamiyati organlarining sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashdagi rolini huquqiy mustahkamlash nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2020-yil
1-oktabr

Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud

Sud mustaqilligini ta’minlash maqsadida sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantiriladi

10.

“Advokatura va advokatlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
advokatlik faoliyatini tashkil etish, advokatlar mustaqilligi kafolatlari va ularning daxlsizligini ta’minlash;
advokaturani aholi ishonchini qozongan institutga aylantirish, professional huquqiy yordam sifatini oshirish va advokat kasbining nufuzini oshirish;
sud jarayonida tenglik va tortishuv tamoyillarini to‘liq ta’minlash nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil
1-iyul

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi,Oliy sud, Bosh prokuratura

Xalqaro standartlar asosida advokatlik faoliyatining huquqiy asoslari va kafolatlari yanada takomillashtiriladi hamda advokatlik kasbining nufuzi oshiriladi

11.

Xalqaro standartlarga asosan prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish.
Bunda:
xalqaro standartlarga muvofiq prokuratura faoliyati ustidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirish;
prokuratura faoliyatining shaffofligini va uning jamiyat oldidagi hisobdorligini ta’minlash,prokurorlar malakasini uzluksiz oshirish;
prokuratura tizimi boshqaruvida kollegial organlar rolini kuchaytirish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 1-iyun

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

Prokuratura organlari faoliyati xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi

12.

“Teng muomala qilish va kamsitmaslik to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlash.
Bunda:
“kamsitish”, “to‘g‘ridan to‘g‘ri, bilvosita va ko‘p marta kamsitish”, “kamsitish belgilari” tushunchalarini qonunchilikka kiritish;
irqi, jinsi, tili, dini, siyosiy qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy, sinfiy yoki boshqa holatlardan qat’i nazar jamiyat hayotining turli sohalarida fuqarolarni kamsitilish yuzaga kelishidan to‘liq himoya qilinishini ta’minlash;
fuqarolar huquqlarini himoya qilishning usullari va vositalarini takomillashtirish, shuningdek, fuqarol�rning huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha samarali mexanizmni joriy qilish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 1-aprel

Adliya vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi,
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy sud, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

Jamiyat hayotining turli sohalarida fuqarolarni kamsitilishdan himoya qilishning qonuniy asoslari takomillashtiriladi

13.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririloyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2020-yil
1-oktabr

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),
Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,
Adliya vazirligi

Mamlakatda vijdon erkinligini ta’minlashning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi

14.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarini inobatga olgan holda sud zalida temir panjaralardan foydalanish tartibini qayta ko‘rib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 20-may

Oliy sud, IIV, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

Sudlanuvchilarni sud zalida bo‘lishlari xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi

15.

“O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-sentabr

Vazirlar Mahkamasi, TIV, IIV, Adliya vazirligi

Chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomi qonuniy mustahkamlanadi

16.

“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun ijrosi yuzasidan parlament va jamoatchilik monitoringini o‘tkazish.
Shaxsiy ma’lumotlarni tartibga soluvchi qonunchilik va himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Chora-tadbirlar majmui

2021-yil 1-yanvardan boshlab

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

Shaxsga doir ma’lumotlarni tartibga soluvchi qonunchilik takomillashtiriladi

17.

2019 — 2021-yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish, kam sonli millatlarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta’minlash.
Bunda:
O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan barcha millat va elatlarning tili va madaniyati rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlash mexanizmini takomillashtirish;
ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yanada oshirish;
kam sonli millat vakillarining ta’lim olish huquqini ta’minlash, ularning tillarida o‘quv adabiyotlarini yaratish �azarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil
1-oktabrdan boshlab

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

Mamlakatdagi barcha millat va elatlarning barcha sohalardagi huquqlarini ta’minlash mexanizmlari takomillashtiriladi

18.

“Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish.
Bunda:
bepul yuridik yordam sohasida xalqaro standartlar va xalqaro tajribani hisobga olish;
kam ta’minlangan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolar uchun jinoiy, ma’muriy, fuqarolik ishlari bo‘yicha davla� tomonidan bepul yuridik yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 1-noyabr

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

Xalqaro standartlar asosida bepul yuridik xizmatdan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi

19.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirish tizimini takomillashtirish, bola manfaatlarini ta’minlashning eng ustun tamoyillarini amaliyotga yanada samarali tatbiq etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va Chora-tadbirlar majmui

2021-yil
1-noyabr

Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi, Bola huquqlari bo‘yicha vakil

Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishning xalqaro standartlarga muvofiq tizimi shakllantiriladi

20.

Bolalar va ayollar savdosigaqarshi kurashish, odam savdosidan jabr ko‘rgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, shuningdek, uysiz, qarovsiz va nazoratsiz qolgan bolalarni aniqlash, bolalar va ayollar pornografiyasini targ‘ib qiluvchi sabablar va shart-sharoitlarni oldini olishga tizimli yondashish.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-iyuldan boshlab

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi, IIV, Bosh prokuratura, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Bola huquqlari bo‘yicha vakil

Odam savdosidan jabr ko‘rganlarning huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi

21.

Aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini, saylov madaniyatini oshirish, demokratik, adolatli va erkin saylovlarga oid xalqaro standartlarni hisobga olgan holda saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va Chora-tadbirlar majmui

2020 — 2025-yillar

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Markaziy saylov komissiyasi,
Adliya vazirligi,
Jamoatchilik palatasi

Milliy saylov qonunchiligi va tizimi xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtiriladi

22.

Qonun normalarining Konstitutsiyaga muvofiqligini o‘rganish yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibini soddalashtirish,uning subyektlari doirasini kengaytirish.
Bunda:
qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini ko‘rib chiqish bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar qatoriga fuqarolar va yuridik shaxslarn� kiritish;
Konstitutsiyaviy sudda o‘rganib chiqish uchun masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan subyektlarqatoriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzur?dagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlariva qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasimilliy markazini kiritish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-iyul

Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),
Konstitutsiyaviy sud,
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibi soddalashtiriladi va unga murojaat kirituvchi subyektlar doirasi kengaytiriladi

23.

Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha parlament komissiyasini tashkil qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishi bo‘yicha parlament nazorati kuchaytiriladi

24.

BMTning shartnomaviy qo‘mitalarida inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning milliy ma’ruzalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish natijalarini deputatlar va senatorlar tomonidan muntazam eshitib borish, shartnomaviy qo‘mitalarning tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejalarini Oliy Majlis palatalari tomonidan tasdiqlanishi amaliyotini takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil
1-avgustdan boshlab

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy sud, Bosh prokuratura, Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo‘yicha vakili, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning milliy ma’ruzalarini tayyorlash va ko‘rib chiqishda parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining keng ishtiroki ta’minlanadi

25.

“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.
Bunda:
jamoatchilik nazoratining har bir shakliniamalga oshirish mexanizmlari va tartib-taomillarini belgilash;
inson huquq va erkinliklariga taalluqli xalqaro va milliy huquqiy normalarning amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha “jamoat inspektori”, “jamoat kuzatuvchisi”, “jamoat komissiyasi” institutlarini shakllantirish;
inson huquqlari sohasidagi qonunlar samaradorligini baholash va ilmiy asoslangan hamda chuqur o‘ylangan jamoatchilik monitoringi tizimini shakllantirish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi,Chora-tadbirlar majmui

2021-yil 1-mart

Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo‘yicha vakili, fuqarolik jamiyati institutlari

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmi va tartib-taomillari, ularning huquqiy asoslari takomillashtiriladi

26.

O‘zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
fuqarolarning nodavlat va notijorat tashkilotlariga birlashish huquqi va uni amalga oshirish usullari;
nodavlat va notijorat tashkilotlarini tashkil etish, ro‘yxatga olish, ularning faoliyatini olib borish va tugatishning huquqiy asoslari va boshqalar nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2020-yil 1-avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi,
O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari hamda ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi yanada takomillashtiriladi,
ularning davlat boshqaruv organlari faoliyatini monitoring qilish mexanizmi mustahkamlanadi

27.

Inson huquqlari va manfaatlari sohasidagi vaziyatni yaxshilash sohasida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligi yakunlariga bag‘ishlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarning yillik Milliy forumini o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil
1-noyabrdan boshlab

Jamoatchilik palatasi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

Nodavlat notijorat tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyati qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi yaratiladi

28.

Fuqarolik jamiyati institutlarini yanada qo‘llab-quvvatlash.
Bunda:
O‘zbekistonda inson huquqlari holati, shu jumladan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar bajarilishini monitoring qilishda jamoatchilik nazorati rolini oshirish;
inson huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyalar bajarilishi to‘g‘risida davlat organlari va mansabdor shaxslar hisobotlarining jamoatchilikmuhokamasinitashkil etish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020 — 2025-yillar

Jamoatchilik palatasi,
“Yuksalish” umummilliy harakati, fuqarolik jamiyati institutlari

Nodavlat notijorat tashkilotlar inson huquqlarini himoya qilish masalalariga yanada kengroq jalb qilinadi


Download 334,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish