1. Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari. Ombudsman


II. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilish hamda barqaror rivojlanish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar



Download 334,33 Kb.
bet3/4
Sana16.04.2022
Hajmi334,33 Kb.
#556120
1   2   3   4
Bog'liq
PF-6012 22.06.2020

II. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilish hamda barqaror rivojlanish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

29.

Insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini ta’minlashning samarali omili sifatida Kambag‘allikni qisqartirish dasturini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish.
Bunda:
kambag‘allik tushunchasi, uni hududiy xususiyatlardan kelib chiqib aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan metodologiyani ishlab chiqish;
aholi, ayniqsa yoshlar va ayollarda tadbirkorlik va biznes yuritishning zamonaviy ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar;
tadbirkorlik tashabbuslarini, eng avvalo, joylardagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga ko‘maklashuvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlari;
tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar, jumladan mikromoliyalash xizmatlaridan keng foydalanishi, shuningdek, davlat xaridlarida ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
band bo‘lmagan aholini qayta tayyorlash va ishsiz fuqarolarni zarur kasblarga o‘qitish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-avgust

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Kambag‘allikni qisqartirish orqali aholining turli qatlamlari farovonligi yaxshilanadi

30.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
insonning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda vujudga keladigan huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid ilg‘or xalqaro standartlarni implementatsiya qilish;
xususiy mulkning daxlsizligi kafolatlarini ta’minlaydigan, jismoniy va yuridik shaxslarning, ayniqsa tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan samarali fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni belgilash;
fuqarolik-huquqiy javobgarlik institutinitakomillashtirish, jumladan, zararni qoplashning adolatli tartibinita’minlash nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2022-yil may

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura,Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

Xalqaro standartlarga muvofiq fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlar joriy etiladi

31.

BMTning Inson huquqlari nuqtai nazaridan tadbirkorlik faoliyatining asosiy tamoyillarini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejalarini ishlab chiqish.

Milliy harakatlar rejalari loyihalari

2020-yil 1-iyuldan boshlab

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Biznes ombudsman, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Tadbirkorlik faoliyatida xalqaro standartlarga asosan inson huquqlari kafolatlari mustahkamlanadi

32.

O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini to‘liq kodifikatsiya qilish, milliy iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishini hisobga olgan holda, tadbirkorlik faoliyatini monopoliyaga qarshi tartibga solishni tubdan qayta ko‘rib chiqish;
tadbirkorlik erkinligini ta’minlaydigan huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoit va kafolatlarni kuchaytirish;
iqtisodiy huquq va erkinliklar sohasidagi xalqaro standartlarni hisobga olgan holda tadbirkorlarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashganlik, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini cheklash yoki to‘xtatish, ularga zarar yetkazishga qaratilgan noqonuniy va asossiz harakatlarni sodir etganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish;
tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2022-yil 20-yanvar

Biznes ombudsman, Adliya vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari to‘liq kodifikatsiya qilinadi, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining huquqiy asoslari yanada mustahkamlanadi

33.

“Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
obyektlarni xususiylashtirishda, ulardan foydalanayotgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ta’minlashning samarali mexanizmlarini belgilab berish;
xususiylashtirishda shaffoflik va oshkoralik prinsiplariga asoslangan mexanizmni yaratish;
davlat obyektlari yoki boshqa ommaviy mulk obyektlarini xususiylashtirishda antikorrupsiyaviychoralarni kuchaytirishnazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 15-yanvar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi

Xususiylashtirish faoliyatining huquqiy asoslari va mexanizmlari takomillashtiriladi

34.

“Ijtimoiy tadbirkorlik asoslari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ijtimoiy tadbirkorlikning asoslari;
ijtimoiy tadbirkorlik subyektlarini aniqlashningtartibi va mezonlari nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-sentabr

Adliya vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

Ijtimoiy tadbirkorlikning asoslari va uni rag‘batlantirish bo‘yicha munosabatlar huquqiy tartibga solinadi

35.

“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.
Bunda xalqaro tan olingan iste’molchilar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga oid normalarni belgilash nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 20-yanvar

Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi

36.

Fuqarolarning tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini to‘laqonli ta’minlanishiga yo‘naltirilgan amaliy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.
Bunda:
O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligi bo‘yicha jahonni rivojlangan mamlakatlari darajasiga erishishi;
tibbiy sug‘urta sohasinitakomillashtirish;
aholining har tomonlama sifatli sog‘liqni saqlash xizmatlari qamrab olinishi, shu jumladan xavfsiz, samarali, sifatli va arzon narxlardagi asosiy dori-darmonlar va vaksinalardan foydalanishini ta’minlash;
2030-yilga qadar onalar o‘limini uchdan bir qismga, bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklar va besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limini ikki barobar, yurak-qon tomir, saraton, diabet va surunkali nafas olish kasalliklaridan erta o‘lim darajasini 30 foizga qisqartirish;
reproduktiv salomatliksohasida, OITS, gepatit S va tuberkulyozga qarshi kurashishda keng qamrovli sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yildan boshlab

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

Mamlakatning sog‘liqni saqlash tizimi takomillashtiriladi va aholining har tomonlama sifatli sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan qamrab olinishi ta’minlanadi

37.

O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash kodeksi loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
sog‘liqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, idoralararo hamkorlik qilish;
sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish;
sanitariya-epidemiologik nazoratnitashkil qilish;
sog‘liqni saqlash sohasida ta’lim va ilmiy faoliyat normasini belgilash nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2020-yil 1-dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Inson huquqlar� bo‘yicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Mamlakatdagi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasining huquqiy asoslari zamonaviy xalqaro mexanizmlar asosida mustahkamlanadi

38.

“Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.
Bunda:
majburiy tibbiy sug‘urtalashning huquqiy asoslari, mexanizmlari va joriy etish bosqichlari;
majburiy tibbiy sug‘urtalash subyektlarini, ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha vakolatli organni, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash;
majburiy tibbiy sug‘urtalash dasturlarini moliyalashtirish mablag‘larini shakllantirish manbalari nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 1-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Majburiy tibbiy sug‘urta munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solinadi

39.

Xodimlarning, shu jumladan, davlat xizmatchilari, tibbiyot xodimlari va pedagoglarning mehnat shartnomalarida nazarda tutilmagan, ularning mehnat huquqlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan mehnatning turli shakl?aridan himoya qilishningtashkiliy-huquqiy mexanizmlarinitakomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-oktabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi

Barcha turdagi xodimlarning mehnat huquqlari buzilishi holatlarini bartaraf etishning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi

40.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ishga qabul qilish bo‘yicha qonun hujjatlarida ko‘zda tutilmagan talablarni ilgari surish orqali xotin-qizlarning ish beruvchilar tomonidan kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, xotin-qizlar uchun taqiqlangan kasbiy faoliyat sohalarini qisqartirish;
ayrim sohalarda yoki kasb-hunarlarda ayollar mehnatini qo‘llashni taqiqlashni bekor qilish, ayollarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tarmoqlar yoki kasblar ro‘yxatini aniqlash;
ish beruvchining tashabbusi bilan xodimning pensiya yoshiga yetishi yoki qonun hujjatlariga muvofiq 60 yoshga to‘lgunga qadar yoshga doir pensiya olish huquqi yuzaga kelishi munosabati bilan muddatsiz tuzilgan mehnat shartnomasining, shuningdek, uning amal qilish muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasining bekor qilinishini taqiqlash;
xususiy sektorda mehnatga haq to‘lash tizimini tartibga solish va takomillashtirish orqali mehnatga yarasha munosib ish haqi to‘lanishini ta’minlash;
kasanachilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning huquqiy maqomi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, ularning mehnat sohasidagi huquqlari kafolatlarini kuchaytirish;
jamoaviy mehnat nizolarito‘g‘risidagi normalarni takomillashtirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2020-yil 1-avgust

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi,
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Mehnat munosabatlarini tartibga solish xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi, Xotin-qizlarning mehnat munosabatlarida kamsitilishining oldini olish bo‘yicha qonunchilik takomillashtiriladi

41.

“Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Xususan:
jamiyat, davlat va inson manfaatlariga daxldor migratsiya muammolarini hal etish, migratsiya sohasidagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlash;
mehnat migrantlari huquqlariga oid xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 20-aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, TIV

Mehnat migrantlari huquqlariga oid xalqaro standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi

42.

Mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikni takomillashtirishhamda mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2020-yil
1-dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Adliya vazirligi

Mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilik takomillashtiriladi

43.

“Barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila a’zolarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasini o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini tayyorlash va amalga oshirish.

Tavsiyalar,
Chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, TIV, IIV, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo‘yicha vakili, Adliya vazirligi

Mehnatkash-migrantlar va ular oila a’zolarining huquqlarini himoya qilish masalasi har tomonlama o‘rganiladi

44.

Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida gender tenglikni ta’minlash va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Bunda:
2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining gender tengligi strategiyasiniishlab chiqish;
BMT Xavfsizlik Kengashining 1325-rezolyutsiyasini (Ayollar, tinchlik va xavfsizlik to‘g‘risida) bajarish bo‘yicha Milliy harakat rejasini ishlab chiqish;
xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohada o‘z huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda qo‘llab-quvvatlash dasturlarini kengaytirish, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish uchun zamonaviy texnologiyalar, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish;
oilada ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning mexanizmlari va huquqiy bazasining xalqaro standartlarga to‘la muvofiqligini ta’minlash;
aholining gender tengligi bo‘yicha ongini oshirish;
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, ayniqsa siyosiy faoliyat va qarorlar qabul qilish jarayonida gender tenglikni ta’minlash uchun samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-aprel

O‘zbekiston Respublikasi �ender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi,
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, IIV

Barcha sohalarda gender tenglikni amalga oshirish bo‘yicha tash?iliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi, ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning mexanizmlari takomillashtiriladi, shuningdek, ayollarning siyosiy faoliyat va qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtiroki oshiriladi

45.

Aholini ijtimoiy himoya qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish.
Bunda:
ijtimoiy nafaqa to‘lashning mukammal tizimini joriy etish, jumladan, kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak ko‘rsatish qamrovini kengaytirish;
kam ta’minlangan va daromadi past aholi qatlamini aniqlash mezonlarinibelgilash;
nafaqa tayinlashdagi mezonlarni qayta ko‘rib chiqish va uni belgilashda ochiq va adolatli tizimni yaratish;
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga bozor tamoyillari asosida ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan subsidiyalar to‘lash tizimini takomillashtirish;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida statsionar sharoitda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish;
ajratilayotgan ijtimoiy to‘lovlar miqdorini qayta ko‘rib chiqish;
ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy xizmatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish;
yagona reyestr tashkil qilish orqali ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy xizmatlarni yagona axborot kommunikatsiya tizimiga o‘tkazish;
“Mehribonlik uylari”da tarbiyalangan yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, xususan ularni ish, uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj turli qatlamlarini xalqaro standartlarga muvofiq himoya qilinishining huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi

46.

“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish.
Bunda:
ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi
mahalliy mehnat organlariga murojaat etgan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar;
haq to‘lanadigan jamoat ishlarinitashkil etish;
ish qidirayotgan shaxslarni hamda ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishnazarda tutiladi.

Qonun loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
vazirlik va idoralar

Aholini ish bilan ta’minlash sohasi va bandlikka ko‘maklashish markazlari faoliyati takomillashtiriladi

47.

“O‘zbekiston yoshlari — 2025” Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.
Bunda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning yangicha va xalqaro standartlarga mos mexanizmlarini yaratish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-avgust

Yoshlar ittifoqi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda xalqaro standartlarga mos mexanizmlar yaratiladi

48.

“Ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ijtimoiy sug‘urta tushunchasi, uning turlari va amalga oshirish shartlari;
sug‘urtalangan shaxslarning huquq va majburiyatlari;
nogironlik, dafn marosimi, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqalar, ish paytida mayib bo‘lganlik uchun tovon puli kabi to‘lovlarni amalga oshirishva ularning miqdorini aniqlash tartibi nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2023 yil 1 yanvar

Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi,
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Ijtimoiy sug‘urta munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solinadi

49.

2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish ustidan ta’sirchan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-iyuldan boshlab

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Maktabgacha ta’lim vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Konsepsiyada belgilangan vazifalarni to‘liq amalga oshirilishi ustidan ta’sirchan parlament nazorati o‘rnatiladi

50.

Har tomonlama adolatli va sifatli ta’limni ta’minlash maqsadida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni qabul qilish.
Bunda ayollar va erkaklar uchun sifatli o‘rta maxsus, oliy, kasbiy va qo‘shimcha ta’lim olish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun barcha darajadagi ta’lim va kasbiy-texnik tayyorgarlikdanteng foydalanish imkoniyatini ta’minlash nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),
Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Ijtimoiy zaif qatlamning ta’lim olishi kafolatlarining huquqiy asoslari yaratiladi

51.

Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bunda:
ichimlik suvini yetkazib berish sifati va xavfsizligini ta’minlash, kafolatlangan manbalardan foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni tatbiq etish;
2030-yilgacha shahar aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 98 foizga va qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bila? ta’m?nlanganlik darajasini 85 foizga yetkazish;
oqava suv inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishga oid choralarni ishlab chiqish;
2030-yilgacha shahar markazlarida oqava xizmatlar ta’minotini 31 foizga yetkazish;
mavjud yer osti va yer usti suv manbalaridan oqilona foydalanish hamda oqava suvlarni sifatli tozalashga qaratilgan aniq choralar nazarda tutiladi.

Konsepsiya loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-sentabr

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash sharoitlari yaxshilanadi

52.

Shahar va aholi punktlarining ochiqligi, xavfsizligi va ekologik barqarorligini �a’minlash bo‘yicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirish.
Bunda:
arzon uy-joylar va kommunal xizmat ko‘rsatish, xavfsiz, arzon va ekologik barqaror transport xizmatlaridan foydalanishni ta’minlash;
aholining urbanizatsiya ko‘rsatkichlarining izchil o‘sishini ta’minlash, respublikamiz shaharlarini dunyoning zamonaviy rivojlangan megapolislari modeli asosida, ularning tarixiy takrorlanmasligi, shuningdek turistik jozibadorligini saqlagan holda rivojlantirish, “aqlli va xavfsiz shaharlar” konsepsiyasini ishlab chiqish;
madaniy va tabiiy meros obyektlarini himoya qilish va asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarni faollashtirish;
tijorat va boshqa tashkilotlarning ekologiya va sanitariya normalariga rioya qilishini ta’minlash;
shahar va boshqa aholi punktlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar dam olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, bolalar uchun yashil hududlar, dam olish bog‘lari, o‘yin maydonchalarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Aholi punktlarini kompleks va barqaror rivojlantirish va ularni boshqarishning mintaqaviy dasturlari,
amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil
1-noyabrdan boshlab

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qurilish vazirligi,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Urbanizatsiya darajasi oshiriladi, shahar va aholi punktlarida xavfsizlik va ekologik barqarorlik ta’minlanadi

53.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
uy-joy sohasidagi davlat boshqaruvini qayta ko‘rib chiqish, uy-joy siyosatini tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish;
davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joydan foydalanishda qonunchilik va normativ hujjatlarga rioya etishdagi mas’uliyatini oshirish;
uy-joy obyektlarini qurishga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlar nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-dekabr

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,
Adliya vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Uy-joy siyosatini tartibga solishning samarali mexanizmlari joriy etiladi, davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibi takomillashtiriladi

54.

O‘zbekiston Respublikasining Ekologiya kodeksi loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ekologiyaga oid qonunchilik bazasini tizimlashtirish;
atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha vakolatli davlat organining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
atrof-muhitni muhofaza qilishda fuqarolar va jamoat birlashmalarining huquq hamda majburiyatlari;
ekologik nazorat va monitoring turlari hamda ularni amalga oshirish tarti??;
ekologik ekspertizani amalga oshirish tartibi;
o‘simlik va hayvonot dunyosidan foydalanishga qo‘yiladigan talablar nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi va amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil
1-oktabr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, IIV, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi

Xorijiy tajribani inobatga olgan holda ekologiyaga oid qonunchilik normalari unifikatsiya qilinadi,aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi

III. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilish hamda monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar

55.

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro hujjatlarning mazmuni to‘g‘risida aholi hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillarining xabardorligini oshirish bo‘yicha axborot-ta’lim tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-iyuldan boshlab

TIV, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo‘yicha vakili, IIV, Bosh prokuratura

Aholining inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar bo‘yicha tizimli xabardor qilish mexanizmi joriy qilinadi

56.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.
Bunda:
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishning protsessual tartibini takomillashtirish;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish (elektron bayonnoma, elektron ma’muriy ish va boshqalar);
jabrlanuvchi arizasiga asosan yuritiladigan ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni tugatish tartibini joriy qilish;
ma’muriy jazo choralari tizimini liberallashtirish;
jarima jazosini ixtiyoriy ijro etishni rag‘batlantirishning differensial tartibini joriy etish;
ma’muriy javobgarlikka tortishga vakolatli bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslar toifasini maqbullashtirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2021-yil 20-yanvar

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV

Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritishning protsessual tartibi takomillashtiriladi, jumladan, protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzishga vakolatli bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslarning toifasi maqbullashtiriladi

57.

Jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlik o‘rnatish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda Jamoatchilik palatasining:
faoliyatining huquqiy asoslari;
maqsad va vazifalari, huquq, majburiyatlari va funksiyalari;
tarkibini shakllantirish tartibi;
a’zosi maqomi, faoliyati kafolatlari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, ular vakolatini to‘xtatish va tugatish tartibi;
davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi;
faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlashtartibi nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-avgust

Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz,
fuqarolik jamiyati institutlari

Jamoatchilik palatasi faoliyatining huquqiy asoslari qonun orqali belgilanadi, jamoatchilik nazoratining aniq mexanizmi mustahkamlanadi

58.

Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha institutsional mexanizmlarni takomillashtirish.
Bunda:
O‘zbekiston Respublikasi Qiynoqning oldini olish qo‘mitasi faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasiningFakultativ protokoliga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqish.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil 20-dekabr

Bosh prokuratura, IIV, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TIV, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo‘yicha vakili

Qiynoqlarning oldini olishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi va borada qat’iy nazorat o‘rnatiladi

59.

Ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarhuquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan, penitensiar muassasalar xodimlarini muntazam o‘qitishni tashkil etish, mahkumlar huquqlariga bag‘ishlangan o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash va chop etish.

Chora-tadbirlar majmui

2021-yil
1-yanvardan boshlab

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, IIV, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo‘yicha vakili

Ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar huquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi

60.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.
Bunda:
inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarga mos ravishda mahkumlar huquqlari doirasini yanada kengaytirish;
mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish, shu jumladan, tintuv jarayonida jismoniy kuch va maxsus vositalar asossiz qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash;
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga ajratmalar o‘tkazishga bo‘lgan cheklovni bekor qilish orqali davlat pensiya ta’minoti kafolatini kuchaytirish;
mahkumlarni oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida masofaviy o‘qitish shaklini joriy etish orqali ularning ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash;
mahkumlarga uchrashuv berish va almashtirishning adolatli hamda shaffof tartibi va talablarini belgilash nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2020-yil 1-oktabr

Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, Adliya vazirligi

Jinoiy jazoni ijro etishda xalqaro standartlarga tayangan holda mahkumlarning huquqlari doirasi kengaytiriladi

61.

Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar normalarini implementatsiya qilish va mazkur sohada qonunchilik ijrosini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil
1-noyabr

Oliy Majlis palatalari (kelishuv a�osida), Bola huquqlari bo‘yicha vakil, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilik va huquqiy amaliyotga implementatsiya qilinadi

62.

Bolalarga nisbatan ota-onalik huquqining suiiste’mol qilinishi va ularga g‘amxo‘rlik qilmaslik holatlarini aniqlash, ota-onalarga maslahat-metodik yordam ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish.
Bunda:
bolalarga qarshi zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish;
bolalarga nisbatan ota-onalik huquqini suiiste?mol qilish holatlarini aniqlash bo‘yicha o‘quv muassasalarida tushuntirish-tashviqot tadbirlarini amalga oshirish;
bolalarga nisbatan ota-onalik huquqini suiiste’mol qilish holatlarini aniqlash bo‘yicha pedagogik va tibbiy xodimlarning malakasini oshirish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui,
Axloq kodeksi loyihasi

2020-yil 1 d�kabr

Bola huquqlari bo‘yicha vakil,Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi,Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Bolalarga nisbatan ota-onalik huquqining suiiste’mol qilinishi va ularga g‘amxo‘rlik qilmaslik holatlari aniqlanadi,
maslahat-metodik yordam ko‘rsatishning yangi tizimi yaratiladi

63.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-sentabr

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash sohasidagi umume’tirof �tilgan xalqaro norma va standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi


Download 334,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish