31 -DARS.
Fan: Odobnoma
Sana:
Mavzu: Jonli burchak
Darsning texnologik xaritasi
Tayanch tushun- chalar
|
Olam, ona-sayyora, Yer, tog liklar, muzliklar, cho'l va biyobonlar, daryo va kollar, dengiz va ummonlar, hayvonot va nabotot olami.
|
Dars
maqsadi
|
Ta’limiy
|
O'quvchilarga biz yashayotgan olam - Yer sayyorasi, undagi hayvonot va o'simliklar dun- yosi, ularni asrab-avaylash haqida ma’lumot berish.
|
Tarbiyaviy
|
O'quvchilarning ekologik madaniyatini yuk- saltirish.
|
Rivojlantiruvchi
|
Tabiatga mehr uyg'otish, ularni qadrlashga, hayvonot va o'simliklar olamini asrab-avay- lashga o'rgatish.
|
Dars turi
|
Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi; o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakala- rini rivojlantiruvchi.
|
0‘qitish usullari va uslublari
|
Savol-javob, «Aqliy hujum» metodi.
|
0‘qitishning didaktik material- lari va texnik vositalari
|
Darslik, globus, tabiat manzaralari, hayvonot va o'simliklar dunyosi tasvirlangan plakatlar, mavzuga oid slaydlar, kompyuter, proyektor.
|
Dars yakunida o‘quvchi biladi
|
Ona zaminimiz Yer, undagi tabiiy boyliklar, hayvonot va nabotot olami haqida bilib oladi. Yerdagi hayot ma’lurn tartib asosiga qurilgani, bu tartibning buzilishi tabiiy ofatlarga sabab bolishi haqida ma’lumotga ega bo'ladi, ularni asrab-avaylash va qadrlash zarurligini anglab yetadi.
|
Faoliyat tavsifi
I. Tashkiliy qism: Plakatlar o'quvchilar ko rishi uchun qulay joyga ilinadi Yangi mavzu xususida qisqacha ma’lumot beriladi.
II. O‘tilgan mavzuni so‘rash: O'tilgan mavzuni so'rash uchun o'quvchilarga quyidagi savollar orqali murojaat etish mumkin:
Tabiat nima?
Biz tabiatni qanday asrashimiz lozim?
Nima uchun insonlar va tabiat bog`liq bo`lishi mumkin?
III. Yangi mavzuni yoritish: Yangi mavzuni yoritishdan av-val o'qituvchi darslikda tavsiya etilgan yoki o‘zi ma’qul deb topgan savollardan foydalanib, o'quvchilar faolligini oshiradi. Biz yashay-otgan olam, uning o'simliklar va hayvonot olami haqida ma’lumot beradi. O'qituvchi Yerdagi hayot qat’iy qonunlar asosiga qurilgani, uni buzish salbiy oqibatlarga olib kelishini ta’kidlashi lozim.Masa-lan, Amerika dehqonlari o'tgan asarning 70-yillarida ekinlarni asrash uchun mayda hasharotlarni qirib yuborishgan. Natijada ular bilan oziqlanuvchi kemiruvchilar, kemiruvchilar kushandasi tulkilar, tulkilar bilan oziqlanuvchi yirtqich qushlar va jonzotlarning qirilib ketishiga olib kelgan. Bu, o'z navbatida, tabiiy muvozanatning buzilishiga sa-bab bo'lganini aytib berish mumkin.
Qoida sifatida berilgan fikrni daftarga yozdirib, mazmuniga e’tibor qaratiladi.
“Tabiat manzarasi” haqida videolavha ko`rsatiladi.
O`quvchilarda hayvonlarga nisbatan mehr-muhabbat uyg`otish uchun sinfda jonli burchak tashkil etilishi tavsiya qilinadi. Bu jonli burchakda o`quvchilar turlixil manzarali gullarni o`tirishlari mumkinligi, shuningdek beozor jonivorlar tipratika, quyon, toshbaqa, baliq kabi hayvonlarni parvarish qilishlari mumkin. Bunday jonli burchakni biz uyimizda ham tshkil etishimiz va ularni parvarishlashda ota-onamizdan, o`qituvchilarimizdan tavsiya olishlarimiz aytib o`tiladi,.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Mavzuni mustahkamalsh uchun darslikdagi har bir rasm ustida ish olib boriladi suhbatlar uyushtiriladi.
So`ng o`quvchilar bilan “Bo`lishi mumkin emas” mashqi o`tkaziladi.
V. Monitoring va baholash: Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar baholanadi va rag'batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish: Darslikda berilgan matnni o'zlashtirish. Har bir o'quvchiga olamni qanday tasavvur etishini o'zi chizgan rasm orqali ifodalash topshiriq sifatida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |