Mavzu: idish tovoqlar. Ularning turlari bilan tanishtirish.
Maqsad :
Ta’limiy: bolalarga idish tovoqlar va ularning turlari haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: bolalarni kattalarni va ularni mehnatini hurmat qilishgava qadrlashga o’rgatish.
Korreksion: lug’at boyligini oshirish, bog’langan nutqni shakllantirish.
Jihozlar: shar, idish-tovoqlar, turli xil mavzuga mos tarqatma materiallar.
TASHKILIY QISM.
+Assalomu alaykum
+ Bulutli
-barakalla bolajonlar
-Bolajonlar hozzir qaysi fasl?
+Bahor.
-Bahorda tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi?
+Havo o’zgarib turadi. Bulut bo’lib yomg’ir yog’adi, gohida shamol bo’ladi. Kunlar issiy boshlaydi.
O’tgan mash’ulotni takrorlash
Bolajonlar, kelinglar hozir sizlar bilan birgalikda o’yin o’ynaymiz. Hozir havo va suv yordamida tajriba o’tkazamiz. Bolajonlar qaranglarchi , bugungi mashg’ulotimizda uchar sharlar kelishibdi. Bittasi quvnoq, to’la, qip-qizil, chiroyli, ikkinchisi esa nimagadir xafa, oqargan, ozg’in.
-Bu sharimizni chiroyli qilishimiz ichun nimalar qilishimiz kerak?
+ puflashimiz kerak.
Puflasak sharni ichiga nima paydo bo’ladi?
+ Sharni puflaganda havo paydo bo’ladi.
Havo qayerda yig’iladi.
Sharda yig’iladi.
Endi sharlarlarni suvli stakanga mayda pufakchalar hosil bo’lguncha sharni qo’limiz bilan qisamiz.
Mayda pufakchalar qayerdan paydo bo’ldi?
+ Shar ichidan havo chiqqanda
Barakalla bolajonlar.
Engi bolajonlar, hamma oldidagi stakanga qarasin. Naycha bilan stakandagi suvga puflaymiz. Mayda pufakchalar hosil bo’ldi, Demak, bolajonlar bizning ko’zimizda ko’rinmaydigan havo mana shunday hosil bo’ladi.
III. ARTIKULYATSION MASHQ
Til mashqi. Quvnoq tilcha, mazzali murabbo, koptokcha, tishlarizmini tozalaymiz, otga, tilchamizni jazolaymiz.
IV. ASOSIY QISM.
Bolajonlar bugun sizlar bilan idish-tovoq turlari bilan tanishamiz. Idish –tovoqlar chinnidan, loydan, plasmassadan, shisha va temirdan zavodlar va ishlab chiqarish korxonalarda yasaladi
K ulol, rassom. chinnichi, temirchi, pichoqchi ustalar yaratadilar va sotuvchilarimiz bizga yetkazib beradilar.
Bolajonlar, hozir hamma mening qo’limdagi rasmga qarab, gap tuzadi. Tuzgan gaplarimizni ketma- ketligini topamiz.
V. Jimsoniy daqiqa.
Shamol, shamol hoy shamol
Hammadan chaqqon shamol.
Bog’imizga kel tezroq
Pishgan,pishgan olma qoq.
VII. MUSTAHKAMLASH
B olajonlar men sizlarga topishmoq aytaman, sizlar esa javobini topasizlar.
Eshitmaydi qulog’i,
Issiq qaynar bulog’i.
( qozon)
O’zi bitta
Qulog’i to’rta
(qozon)
B itta uning tishi
Kesish-qirqish ishi
(pichoq)
VIII. QUM TERAPIYASI
Bolajonlar, endi sizlar bilan sayotga chiqamiz. Bu yerda, toshlar qumlar, daraxtlar, o’rdakchalar, baliqchalar bor ekan.
Bolajonlar, qani bizlar bularning momini ayta olamizmi.
Orolchamizga ko’l hosil qilamiz.
VIII. RAG’BATLANTIRISH
Hamma bolajonlarni alohida rag’batlantirish.
IX. Yakunlash
Do'stlaringiz bilan baham: |