1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi


s) Ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish; Dars turi



Download 3,74 Mb.
bet4/15
Sana19.03.2017
Hajmi3,74 Mb.
#4893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

s) Ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish;

Dars turi: yangi bilim berish

Darsda foydalaniladigan metodlar: «Muammoli vaziyatni o‘rganish» interfaol metod

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.



  1. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

  2. Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

  3. Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.

  4. O’quvchilarni baholash- 2 minut

  5. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism.

  2. O’tilgan mavzuni eslash.


3. Yangi mavzuning bayoni.

Elektrometr sharchasini zaryadlangan tayoqcha yordamida zaryadlaylik. Bunda elektrometr ko'rsatkichi ma'lum burchakka buriladi. Agar bir uclii yerga ulangan o'tkazgichning ikkinclii ucliini elektro¬metr sharchasiga tekkizsak, shu zahoti elektrometr ko'r¬satkichi nolga tusliib qoladi. Bu hodisaning sababi shuki, o'tkazgichning ikkinclii uclii sharchaga tekkizilgan zahoti undagi zaryadli zarralar o'tkazgich bo'ylab bir tomonga tartibli harakatlanadi va yerga o'tib ketadi .Zaryadli zarralarning tartibli harakati, ya'ni - oqimi elektr toki deb ataladi.

«Tok» so'zi «oqim» ma'nosini bildiradi. Yuqoridagi tajribada o'tkazgichda elektr toki hosil bo'lganini bilish uchun yerga ulangan o'tkazgich o'rtasiga neon lampochka o'rnataylik. Agar o'tkazgiclining ikkinclii uchini elektrometrning zaryadlangan sharchasiga tekkizsak, elektrometrning ko'rsatkichi nolga tusliislii bilan bir vaqtda neon lampochka ham bir zumda yonib o'chadi. Demak, haqiqatan ham, o'tkazgichda zaryadli zarralar bir tomonga tartibli harakat qiladi, ya'ni oqadi va elektr toki hosil bo'ladi.

Tok hosil bo'lishida elektr maydonning o'rni

Zaryadli zarralarning harakat qilisliiga sabab, o'tkazgichda elektr maydonning mavjudligidir. Darslikdagi 33- rasmda tasvirlangan tajribada elektrometrning sharchasi manfiy zaryadlangan. O'tkazgich uclii sharchaga tekkizilmasdan awal yerning o'tkazgich ulangan joyi neytral bo'ladi, ya'ni manfiy va musbat zaryadlar teng miqdorda bo'ladi. O'tkazgich sharchaga ulangan zahoti undagi manfiy zaryadlarning ta'sirida yerning bu neytal joyidan manfiy zaryadlar qochadi.

O'tkazgichning yerga ulangan joyida musbat zaryadlar qolishi natijasida sharcha va yer orasida elektr maydon vujudga keladi. Bu maydon ta'sirida sharchadagi elektronlar yer tomon tartibli harakat qiladi va o'tkazgichda tok hosil bo'ladi.

O'tkazgichda elektr toki vujudga kelishi uchun elektr maydon mavjud

bo'lishi kerak.

O'tkazgichda qanday qilib uzoqroq vaqt davom etadigan elektr tokini hosil qilish mumkin?

Elektrofor mashinaning sharcha­larini o'tkazgich orqali neon lampoch- kaga ulaylik. Mashina diski aylantirilganda uning sharchalaridan birida musbat, ikkinchisida manfiy zaryadli zarralar hosil bo'ladi. Bu qarama-qarslii ishorali zarralar orasida, ya'ni ularga ulangan o'tkaz­gichda elektr maydon vujudga keladi. Maydon ta'sirida elektronlar o'tkazgich bo'ylab tartibli harakat qiladi va tok hosil bo'ladi. Bu tok tufayli neon lampochka yonadi. Disk to'xtovsiz aylantirib turilsa, sharchalarning zaryadlanislii uzluksiz davom etadi va lampochka ham yonib turaveradi.



4.Yangi mavzuni mustahkamlash

1. Elektr toki deb nimaga aytiladi?

2. Darslikdagi 34- rasmdan elektr tokining qanday hosil bo'lishini tushuntiring.

3. O'tkazgichda zaryadli zarralar tartibli harakat qilishining sababi nimada?

4. Elektrofor mashina yordamida tokni qanday hosil qilish mumkin? Tok hosil bo'lish sababini tushuntirib bering.

5.O’quvchilarni baholash: O’quvchilarning darsga qatnashishlariga qarab baholanadilar.

6. Uy vazifalari. O’tilgan mavzuni o’qib kelish, mavzu yakunida keltirilgan savollarga javob topish

15-dars Sana: sinfi:

Mavzu: Metallarda elektr toki

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarda metallarda erkin elektronlarning tartibli harakati haqida tasavvurlar hosil qilish, metallarda elektr toki va elektr tokining yo'nalishi haqida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish.

b) O’quvchilarga estetik tarbiya berish, mustaqil ishlashga o’rgatish

d) O’quvchilarning dunyoqarashini oshirish



Darsning turi: Yangi bilim berish.

Dars jihozlari: kristall panjara modeli, plakatlar, galvanometr, elektr lampa, kalit, galvanik element.

Darsda foydalaniladigan metodlar: «Kichik guruhlarda ishlash», «Modifikatsiyalangan ma'ruza» interfaol metodlari.

Tayanch so'zlar: kristall panjara, ion,
Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.

2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

3. Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

4. Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.

5. O’quvchilarni baholash- 2 minut

6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi


      1. Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Kichik guruhlarda ishlash» interfaol metodi uchun o'quvchilarni 3 guruhga bo'lib oladi.

      2. O’tilgan mavzuni eslash: Guruhlarga quyidagi savollar beriladi:

        1. guruhga: elektr toki haqida qanday tushunchaga egasiz?

        2. guruhga: tok manbayi haqida nimalar bilasiz?

        3. guruhga'. galvanik element deb nimaga aytiladi? U qanday tuzilishga ega?

Наг bir guruhning javoblari eshitiladi, xulosa chiqariladi.

      1. Yangi mavzuning bayoni.

«Modifikatsiyalangan ma'ruza» metodini qo'llagan holda mavzuni yoritishda o'qituvclii quyidagilarga e'tibor berishi lozim:

  • erkin elektronlaming tartibsiz harakati;

  • kristall panjara tuzilishi;

  • elektr maydonda erkin elektronlar harakati;

  • elektr tokining yo'nalishi.

Qattiq jismlarning, jumladan, metallarning atomlari tartibli davriy strukturali kristall panjarani tashkil etadi. Kristall panjaraning atom (ion)lar joylashgan nuqtalari t deyiladi.

Metall atomining eng chekka orbitasidagi elektronlar o'z yadrosi bilan kuchsiz bog'langan bo'ladi. Metallarda bunday elektronlar o'z atomini tark etib, erkin elektronlarga aylanadi, atomlar esa musbat ionga aylanib qoladi.

Ion — elektroni ortiqcha yoki elektroni yetishmaydigan atom. Agar atomni elektronlaridan birontasi yoki bir nechtasi tark etsa, bunday atom musbat ionga aylanadi. Atom ortiqcha elektron olganda esa, bu atom manfiy ionga aylanib qoladi. 1 sm3 metallda 1022—1023 ta erkin elektron mavjud.

Metall kristall panjara tuzilishida bo'lib, panjara tugunlarida musbat zaryadli ionlar joylashgan. O'z atomini tark etgan elektronlar kristall panjara orasida erkin harakatlanib yuradi

Masalan, mis (Cu) atomi yadrosida 29 ta musbat zaryadli proton bo'lib, yadro atrofida 29 ta manfiy zaryadli elektron yadro atrofidagi turli orbitalar bo'ylab aylanib yuradi. Eng chekka orbitada 1 ta elektron bo'lib, yadro bilan juda kuchsiz bog'langan bo'ladi. Unga qo'shni atomlarning yadrolari ham ta'sir etib turadi.

Mavzuni yoritish davomida darslikdagi 47- va 48-rasmlardagi tajribalar namoyish etiladi.



    1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

O'qituvchi mavzuni mustahkamlash uchun «Kichik guruhlarda ishlash» metodidan foydalanadi. Dars boshida bo'lingan uchta guruhning har biriga tarqatma materiallar tarqatiladi. Tarqatma materiallar mazmuni quyidagicha bo'lishi mumkin:

      1. Ion deb nimaga aytiladi?

      2. Elektron zaryadi nimaga teng?

      3. Metall o'tkazgichlarda zaryad tashuvchilar va hokazo.

Har bir guruh 1 min. davomida berilgan savollariga javob berishi lozim. Boshqa guruhlar ularni to'ldirishi mumkin.

Guruhlarning javoblaridan so'ng o'qituvchi muhokamaga yakun yasaydi.

Shundan keyin mustaqil ish o'tkaziladi. Bunda quyidagi masala yechiladi.

Masala. Elektr maydonda ikki nuqtaviy zaryad orasidagi masofa 2 marta orttirilib, zaryadi 2 marta kamaytirilsa, maydon kuchlanganligi qanday o'zgaradi?

Berilgan: r2=r1;q2 = q1/2.

Topish kerak: E2E1 - ?

Formulasi: E = kq/r2 formulaga asosan, = (q2/ql)(rl2 /r22).

Hisoblash: E2 /E1 = {q1/2q1)(r12 /4r12) = 1/8.



Javob: E2/El = 1/8, ya'ni 8 marta kamayadi.

5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomida berilgan savollarga bergan javoblariga qrab baholanadi

6. Uyga vazifalar.


  1. Darslikdan ll-§ ni o'qish.

  2. Mavzu oxiilda keltirilgan savollarga javob topish va yozish.

  3. Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish.

16-dars Sana: sinfi:

Mavzu: Elektr kuchlanish va uni o'lchash

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarda elektr kuchlanish haqida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish, voltmetr yordamida elektr kuchlanishni o'lchash malakasini hosil qilish;

b) O’quvchilarga ehtiyotkorlikni o’rgatish, estetik tarbiya berish;

d) O’quvchilarning tasavvur ko’lamini kengaytirish.



Darsning turi: Yangi bilim berish.

Dars jihozlari: voltmetr, lampa, kalit, galvanik element, plakatlar, slayd, kodoskop.

Darsda foydalaniladigan metodlar: «Mustaqil ishlash», «Bahs- munozara» interfaol metodlari.

Tayanch so'zlar: elektr kuchlanish, volt, millivolt, kilovolt, voltmetr, parallel ulanish

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.


  1. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

  2. Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

  3. Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.

  4. O’quvchilarni baholash- 2 minut

  5. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi

      1. Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida oldindan tayyorlab kelgan tarqatma materiallarini o'quvchilariga tarqatadi.

      2. Otilgan mavzuni eslash. «Mustaqil ishlash» metodi asosida o'tgan mavzu bo'yicha tarqatilgan savollarga bergan javoblariga qarab o'quvchilar baholanadi. Tarqatma materiallardagi savollar quyidagicha bo'lishi mumkin:

        1. Metallarda erkin elektronlar qanday paydo bo'ladi?

        2. Metallarda elektr toki nimadan iborat?

        3. O'tkazgichlarda tok yo'nalishi sifatida nima qabul qilingan va hokazo.

      3. Yangi mavzuning bayoni.

Mavzu «Bahs-munozara» metodi qo'llangan holda bayon etiladi. Bunda o'qituvchi quyidagilarga e'tibor berishi lozim:

  • kuchlanish haqida tushuncha;

  • kuchlanish formulasi, ta'rifi;

  • kuchlanish birligi;

- kuchlanishni o'lchash.

Dars jarayonida 50- rasmdagi tajriba ko'rsatilib, mohiyati tushuntirib beriladi. Yangi mavzuni bayon etishda quyidagi elektr kuchlanish haqidagi qo'shimcha ma'lumotlarni ham o'quvchilar e'tiboriga havola qilish tavsiya etiladi.

Kuchlanish tokni yuzaga keltiruvchi elektr maydonni tavsiflovchi fizik miqdordir. Bu juda muhim fizik miqdor bilan tanishish uchun tajribaga murojaat qilamiz.

Cho'ntak fonarning lampochkasi ulangan elektr zanjirida tok manbayi akkumulatordir. Boshqa zanjirda tok manbayi shahar elektr tarmog'idir. Bu zanjirga binolarni yoritadigan lampa ulangan. Ampermetrlarning ko'rsatishicha, ikkala zanjirdagi totaling kuchi taxminan bir xil.

Biroq shahar tarmog'iga ulangan lampa cho'ntak fonari lampochkasiga qaraganda ancha ko'p issiqlik va yorug'lik beradi. Buning sababi shuki, elektr lampochkalaridan o'tayotgan tok bir xil bo'lgani holda, ulardagi kuchlanish har xildir. Cho'ntak fonarining lampochkasi batareyadan past kuchlanish ostida yonadi. Bu lampochkaning spirali orqali har bir kulon elektr o'tganda ozgina ish bajariladi, shu sababli lampochka issiqlik va yorug'likni oz beradi. Ikkinchi lampa esa, ancha katta kuchlanish ostida yonadi. Bu lampaning spirali orqali har bir kulon elektr o'tganida ancha ko'p ish bajariladi.

Zanjirning biror qismi orqali bir kulon elektr o'tganida bajariladigan (yoki bajarilishi mumkin bo'lgan) ish zanjirning bu qismi uchlaridagi kuchlanish deb ataladi. Bu ish qancha ko'p bo'lsa, zanjir qismining uchlaridagi kuchlanish shuncha yuqori bo'ladi.



4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Dars jarayonida o'quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun avvaliga mavzu yakunida keltirilgan masala yechish namunasi tahlil qilinadi, so'ngra o'quvchilar bilan birgalikda darslikdagi 5- mashqdan 2 ta masala yechiladi.

5-mashq


2) Berilgan: U = 3V; q = 100 C.

Topish kerak: A - ?

Formulasi: U = A/q dan A = qU.

Hisoblash: = 100 -3 J = 300 J.

Javob. = 300

4) Berilgan 3V; A = 24 J; qe = 1,6*10-19 C.

Topish kerak: N-?

Formulasi'. U = A/q dan q = A/U; N = q/qe = A/Uqe.

Hisoblash N 24/3-1,6-1019 = 5-1019 ta.

Javob: Javob: N= 5-1019 ta.

5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomida berilgan savollarga bergan javoblariga qarab baholanadi

6. Uyga vazifalar.


  1. Darslikdan 12- § ni o'qish.

  2. Mavzu oxirida berilgan savollargajavob topish va yozish.

  3. 5- mashqdan 1- va 3- masalalarini yechish.

  4. Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish.

17-dars sana: 8-sinf

Masalalar yechish

Darsning maqsadi.

a) II bob bo'y'icha o'tilgan mavzularni takrorlash, masalalar yechish orqali nazariy jihatdan olgan bilimlarni mustahkamlash.

b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, mustaqil ishlashga o’rgatish

d) Mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish



Dars turi: Bilimlarni mustahkamlash

Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.

Dars rejasi.

        1. Tashkiliy qism - 2 minut.

        2. O'tilgan mavzularni takrorlash - 10 minut.

        3. Masalalar yechish - 25 minut.

        4. O’quvchilarni baholash-5 minut

        5. Uyga vazifalar berish - 3 minut.

Darsning borishi

          1. 1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.

          2. 2.O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida II bob mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan «II bob yuzasidan xulosalar”dagi har bir xulosa va qonuniyatlar o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.

          3. 3. Masalalar yechish. Bob oxirida keltirilgan II bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dagi savollarga o'quvchilar javob beradilar, javoblar o'qituvchi tomonidan to'ldirib boriladi. Har bir savolga javob berishda tahliliy fikr-mulohazalar yuritilishiga e'tibor beriladi. Keltirilgan masalalardan birinchi navbatda yechiladiganlarini o'qituvchi tanlaydi. Faol o'quvchilar mustaqil ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari tavsiya etiladi.

          4. 1. Elektr maydon qo'yilganda o'tkazgichdan nima sababdan tok o'tadi?

          5. 2.Tok manbayida elektr maydon qay tarzda hosil bo'ladi?

          6. 3. Eng sodda elektr zanjir sxemasini chizing.

          7. 4. Ikkita lampochka bo'lgan shunday elektr zanjir sxemasini chizingki, bu lampochkalardan har birini 5.mustaqil ravishda yoqish mumkin bo'lsin.

          8. 6.Tok kuchi 32 |iA bo'lganda 1 ns vaqt ichida o'tkazgichning ko'ndalang kesimidan qancha elektron o'tadi?

          9. 7.Elektr zanjirdagi lampochkadan ma'lum vaqt davomida 10 C zaryad o'tib, 50 J ish bajarildi. Lampochka qanday elektr kuchlanish ostida yo'ngan?

          10. 8.Uyali telefon 6 V kuchlanishli tok manbayiga ega. Ma'lum vaqt davomida undan 200 C zaryad o'tganida qancha ish bajariladi?

          11. 9.Ko'chma magnitofon 12 V kuchlanishli tok manbayiga ega. Ma'lum vaqt davomida 600 J ish bajarish uchun magnitofondan qancha elektr zaryadi o'tishi kerak?

          12. 10.Elektr zanjirda lampochkaga parallel ulangan voltmetr 8 V ni ko'rsatmoqda. Ma'lum vaqt davomida 40 J ish bajarilishi uchun lampochkadan nechta elektron o'tishi kerak? 1 ta elektronning zaryadi —1,6-10 19 C ga teng.

          13. 11.Elektr zanjirdagi lampochkadan 10 minutda 90 C zaryad o'tgani ma'lum. Zanjirdagi ampermetr lampochkadan qancha tok o'tayotganini ko'rsatadi?

          14. 12. Lampochka ulangan elektr zanjirdan o'tayotgan tokning kuchi 0,5 Aga teng. Lampochka spirali orqali 1 minutda necha kulon zaryad o'tadi? Shu vaqt davomida lampochkadan o'tgan elektronlar sonini hisoblang.

          15. Elektr zanjirdagi lampochkadan o'tayotgan tok kuchi 0,5 A ga teng. Lampochka spiralidan qancha vaqtda 400 C zaryad o'tadi?



4. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomidagi savollarga bergan javoblariga qarab baholanadi.

Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish