5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi.
6. Uy vazifalari.
Darslikdan 26- § ni o'qish.
Mavzu oxirida keltirilgan savollargajavob topish va yozish.
14- mashqdan 1-, 2- va 3- masalalarni yechish. «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 1029- va 1032- masalalarni yechish. Qiziquvchi o'quvchilarga 14- mashqdan 4- masalani, «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 1034- va 1035- masalalarni yechish tavsiya etiladi.
Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish.
37-dars sana: 8-sinf
Masalalar yechish
Darsning maqsadi.
a) bob bo'y'icha o'tilgan mavzularni takrorlash, masalalar yechish orqali nazariy jihatdan olgan bilimlarni mustahkamlash.
b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, mustaqil ishlashga o’rgatish
d) Mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Dars turi: Ko’nikmalarni hosil qilish darsi
Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.
Dars rejasi.
-
Tashkiliy qism - 2 minut.
-
O'tilgan mavzularni takrorlash - 10 minut.
-
Masalalar yechish - 25 minut.
-
O’quvchilarni baholash-5 minut
-
Uyga vazifalar berish - 3 minut.
Darsning borishi
-
1.Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.
-
2.O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida bob mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan « bob yuzasidan xulosalar”dagi har bir xulosa va qonuniyatlar o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.
-
3. Masalalar yechish. Bob oxirida keltirilgan bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dagi savollarga o'quvchilar javob beradilar, javoblar o'qituvchi tomonidan to'ldirib boriladi. Har bir savolga javob berishda tahliliy fikr-mulohazalar yuritilishiga e'tibor beriladi. Keltirilgan masalalardan birinchi navbatda yechiladiganlarini o'qituvchi tanlaydi. Faol o'quvchilar mustaqil ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari tavsiya etiladi.
-
1.Joul-Lens formulasi qanday ifodalanadi?
-
2.Cho'g'lanma elektr lampochka nimaning hisobiga yoritadi?
-
3.Elektr iste'molchilarning foydali ish koeffitsienti qanday aniqlanadi?
-
4. Qarshiligi 50 Ωbo'lgan sim spiraldan 4 A tok o'tmoqda. Shu spiraldan 1 minut davomida qancha issiqlik miqdori ajralib chiqadi?
-
5.220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan 60 Ω qarshilikli elektr isitgichdan 1 soatda qancha issiqlik miqdori ajralib chiqadi?
4.Mustaqil ish
-
6.Tok manbayi zanjiriga ko'ndalang kesimi va uzunligi bir xil bo'lgan mis va nikelin sim ketma-ket ulangan. Ulardan qaysi biri ko'proq qiziydi?
-
7.220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan lampochkadan 0,9 A tok o'tmoqda. Lampochkada tok bajargan ishning 4% yorug'lik energiyasiga aylanadi. Lampochkada 1 soat davomida qancha yorug'lik energiyasi tarqaladi?
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomidagi savollarga bergan javoblariga qarab baholanadi.
6.Uyga vazifalar. Savollarga javob yozing. Xonadonda foydalaniladigan elektr lampochka va tarmoqqa ulanmagan uning patronini noling. Ularning tuzilishini tahlil qiling va ishlashini o'rganing.
38-dars Sana: 8-sinf
Mavzu: Elektr isitish asboblari.
Darsning maqsadi.
a) O'quvchilarda elektr isitish asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi haqida bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish.
b) O’quvchilarga axloqiy tarbiya berish, xavfsizlik choralariga rioya qilishga o’rgatish
d) O’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish
Dars turi: Yangi bilim berish
Dars jihozlari: plakatlar, turli elektr isitish asboblari.
Darsda foydalaniladigan metodlar: «Klaster», «Modifikatsiyalangan ma'ruza» interfaol metodlari.
Dars rejasi.
1.Tashkiliy qism - 2 minut.
-
Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.
-
Yangi mavzu bayoni- 18 minut.
-
Mavzuni mustahkamlash - 10 minut.
-
O’quvchilarni baholash- 2 minut
-
Uyga vazifa berish - 1 minut.
Darsning borishi
-
1. Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Klaster» interfaol metodlari uchun topshiriqlarni tayyorlab qo'yadi.
-
2. Uy vazifalarini tekshirish. «Klaster» interfaol metodlari asosida o'quvchilarning bilimini tekshirish uchun quyidagi shartlar beriladi:
-
1- shart: Elektr bo'Iimiga tegishli bo'lgan barcha formulalarning daraxtini yarating, doirachalar ichiga formulalarni yozing, ya'ni formula daraxtini yarating
2- shart: Parallel va ketma-ket ulash qoidalarining sxemasini chizing, asoslab bering.
Uy vazifalarini so'rab, xulosa yasaladi.
3. Yangi mavzuning bayoni. Mavzu «Modifikatsiyalangan ma'ruza» asosida o'tiladi. O'qituvchi mavzuni yoritishda quyidagilaiga e'tibor berishi lozim:
-
elektr isitgichlar haqida ma'lumotlar berish, ularning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntirish;
-
dazmol haqida ma'lumotlar berish, tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntirish;
-
elektr choynak, kavshrlagich, payvand haqida ma'lumotlar berish, ularning ishlash prinsipi va tuzilishini tushuntirish;
-
elektr isitish asboblaridan qanday maqsadlarda foydalanish;
-
xavfsizlik qoidalariga rioya qilish haqida tushuncha berish.
Mavzuni tushuntirish jarayonida plakatlar, jihozlardan foydalaniladi.
Elektr yoyi haqida tushuncha berishda quyidagi ma'lumotlarni bayon
etish tavsiya etiladi.
Elektr yoyi yoki Volta yoyi — elektrodlar orasida havo (gaz) da hosil bo'ladigan elektr razryadi. Bunda ravshan yorug'lanish yuz beradi va yuqori temperatura paydo bo'ladi. Ток kuchi katta va gaz oqimi kuchli bo'lsa, temperatura 5000 К gacha yetishi mumkin. Elektrodlar gorizontal joylashtirilganda elektr razryadi qizdirgan gaz oqimlari ta'sirida yorug'lik yoy shaklini oladi. Ikkita ko'mir elektrod orasida havoda hosil bo'lgan elektr yoyini birinchi marta rus olimi V.Petrov va ingliz olimi G.Devi kuzatishgan (1802) va ta'riflashgan (1803). G.Devi elektr yoyini volta yoyi deb atagan.
Atmosfera bosimiga yaqin va undan yuqori bosimlarda har qanday gazda elektr yoyi paydo bo'lishi mumkin. Elektr yoyi elektrometallurgiyada, yorug'lik texnikasida va ayniqsa, elektr payvandlashda qo'llanadi. Texnikaning ba'zi sohalarida (masalan, yuqori kuclilanislilar texnikasida) elektr yoyi hodisasi zararli hisoblanadi. Elektr yoyini so'ndirish uchun moyli, havoli, elektr-gazli yoy so'ndirish qurilmalaridan magnit maydon bilan so'ndirish usuli va boshqa usullardan foydalaniladi.
-
Yangi mavzuni mustahkamlash. Dars jarayonida o'quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun quyidagi 2 ta masala o'quvchilar bilan birgalikda yechiladi:
15-mashq
2) Berilgan: 5= 0,1 mm2; I = 2 m; p = 1,1 ῼ-mm2/m; U = 220 V.
Topish kerak: P-?
Formulasi: P= U2/R-, R = pl/S; P = U2S/pl.
Hisoblash: P = (2202 • 0,1/1,1- 2) W = 2200 W = 2,2 kW.
Javob: P = 2,2 kW.
4) Berilgan: U= 60 V; I = 50 A.
Topish kerak: P - ? /
Formulasi: P = IU.
Hisoblash: P = 50 • 60 W = 3000 W = 3 kW.
Javob: P = 3 kW.
-
O’quvchialrni baholash: O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi
-
Uy vazifalari.
-
Darslikdan 27- § ni o'qish.
-
Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.
-
15- mashqdan 1- va 3- masalalarni yechish. «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 1041- va 1043- masalalarni yechish.
-
Qiziquvchi o'quvchilarga «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 1047- va 1053- masalalarni yechish tavsiya etiladi.
39-dars sana: 8-sinf
Mavzu: Xonadonning elektr zanjiri. Qisqa tutashuv
Darsning maqsadi.
a) O'quvchilarda xonadonning elektr zanjiri, eruvchan saqlagichlar va qisqa tutashuv haqida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish.
b) O’quvchilarga estetik tarbiya berish
d) O’quvchilarning fanga qiziqishini oshirish, tasavvurini rivojlantirish
Dars turi: yangi bilim berish
Tayanch so'zlar: xonadonning elektr zanjiri, qisqa tutashuv, saqlagichlar, eruvchan saqlagich.
Dars jihozlari: plakatlar, eruvchan saqlagichlar, elektron darslik.
Darsda foydalaniladigan metodlar. «6 x 6», «Aqliy hujum» interfaol metodlari, «Mustaqil ish» o'tkazish.
Dars rejasi.
1.Tashkiliy qism - 2 minut.
-
Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.
-
Yangi mavzu bayoni- 18 minut.
-
Mavzuni mustahkamlash - 10 minut.
-
O’quvchilarni baholash- 2 minut
-
Uyga vazifa berish - 1 minut.
Darsning borishi
-
Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «6 x 6» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.
-
Uy vazifasini so'rash. «6 x 6» metodidan foydalanishda o'qituvchi o'quvchilarni 2 guruhga bo'ladi va har bir guruhga savollar beradi:
-
guruhga: elektr isitish asboblari haqida nimalarni bilasiz?
-
guruhga: elektr isitish asboblaridan xavfsizlik texikasiga rioya qilgan holda qanday foydalaniladi?
Har bir guruh qatnashchilari o'z fikrlarini bayon etib bo'lganlaridan so'ng o'qituvchi xulosa yasaydi, yangi mavzuni bayon etish uchun tayyorgarlik ko'radi.
-
Yangi mavzuning bayoni. O'qituvchi mavzuni yoritishda quyidagilarga e'tibor berishi lozim:
-
xonadonning elektr zanjiri;
-
qisqa tutashuv;
-
saqlagichlar haqida.
Barcha xonadonlarning elektr zanjiri bir – biriga o’xshashdir. Xonadon zanjiri boshqa xonadonlar bilan o’zaro parallel ravishda 220 V kuchlanishli umumiy elektr tarmoqqa ulangan bo’ladi.
Xonadondagi barcha elektr iste’molchilar o’zaro parallel ulangan bo’ladi.
Elektr zanjirdagi similar ma’lum bir eng katta tok kuchiga mo’ljallangan bo’ladi. Agar zanjirdagi tok kuchi chegaradan oshib ketsa, sim qiziydi va uni o’rab turgn izolyatsiya materiali erib ketishi mumkin.
Manbaning turli qutb(faza)laridan kelayotgan ikki elektr simi ochiq joyining bir – biriga tegib ketishi qisqa tutashuv deb ataladi.
Saqlagichning vazifasi zanjirdagi tok kuchi yo’l qo’yilganidan ortib ketganda zanjirni uzishdan iborat.
Dars jarayonida plakatlar, elektron darsliklar namoyish etiladi.
-
Yangi mavzuni mustahkamlash. Bunda o'qituvchi «Aqliy hujum» interfaol metodidan foydalanadi. Shu maqsadda o'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi:
-
Xonadondagi elektr iste'molchilar nima sababdan parallel ulanadi?
-
Qisqa tutashuv nima?
-
Saqlagichlardan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
-
Qisqa tutashuv yuz berganda siz qanday choralar ko'rgan bo'lar edingiz?
Shundan so'ng, 6 minutlik «Mustaqil ish» o'tkaziladi. «Mustaqi ish» uchun quyidagi masalalarni yechish talab etiladi:
-
Ketma-ket ulangan iste'molchilar qarshiligi 2 Q, 5 Q, 8 Q bo'lib, zanjirdagi to'la kuchlanish 6 V ga teng. Zanjir sxemasini chizing, iste'molchilardagi tok kuchini toping.
-
3- rasmda keltirilgan qarshiliklarning umumiy qiymatini toping?
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi.
6. Uy vazifalari.
-
Darslikdan 28- § ni o'qish.
-
Mavzu oxirida keltirilgan savollaiga javob topish va yozish.
-
16-mashqdan 1-, 2- va 3- masalalarni
yechish. «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 1057- va 1058- masalalarni ishlash
-
Qiziquvchi o'quvchilarga «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 1060- va. 1065- masalalarni yechish tavsiya etiladi.
Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish.
40-dars Sana: 8-sinf
Mavzu: Xonadon elektr zanjiridagi ulashlar
Darsning maqsadi.
a) Xonadon elektr zanjirining elektr tarmoqqa idanishi haqida ma'lumotlar berish
b) O’quvchilarga estetik va axloqiy tarbiya berish
d) O’quvchilarga xonadon elektr zanjirida qo'llaniladigan vilka, rozetka, patron, vklyuchatelni elektr zanjirga ulanishi haqida ko'nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars turi: Yangi bilim berish
Tayanch so'zlar: elektr vilka, rozetka, patron, vklyuchatel.
Dars jihozlari: xonadon elektr zanjirida qo'llaniladigan vilka, rozetka, patron, vklyuchatel, plakatlar, elektron darslik.
Darsda foydalaniladigan metodlar. «Rolli o'yinlar», «Muammoli vaziyatni o'rganish», «Ishbilarmonlik o'yinlari» interfaol metodlari.
Dars rejasi.
1.Tashkiliy qism - 2 minut.
-
Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.
-
Yangi mavzu bayoni- 18 minut.
-
Mavzuni mustahkamlash - 10 minut.
-
O’quvchilarni baholash- 2 minut
-
Uyga vazifa berish - 1 minut.
Darsning borishi
-
Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Rolli o'yinlar» texnologiyasi uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.
2. Uy vazifalarini tekshirish. «Rolli o'yinlar» texnologiyasi uchun o'quvchilarga quyidagi topshiriq beriladi:
-
ampermetr;
-
voltmetr;
-
qarshilik;
-
tok manbayi;
-
kalit;
-
lampa.
Yuqoridagi elektr asboblar yordamida elektr zanjir tuzing.
Har bir o'quvchidan xonadonining elektr sxemasini so'rab, tahlil qilinadi.
3. Yangi mavzuning bayoni.
O'qituvchi mavzuni yoritishda «Muammoli vaziyatni o'rganish» interfaol metodidan foydalanadi. Bunda quyidagilar o'rtaga tashlanadi:
-
Xonadon elektr zanjiridagi ulashlar.
-
Kuchlanishning bor-yo'qligini aniqlash.
-
Vilka va rozetkani ulash.
-
Patron va vklyuchatelni ulash.
Elektr simyog'ochlarda kamida ikkita sim bo'ladi. Bu simlardan biri neytraldir. Neytral sim ayrim simyog'ochlar orqali yerga ulangan bo'ladi.
Simyog'och simlarining eng pastdagisi neytral bo'ladi. Aytaylik, simyog'ochdagi simlar soni to'rtta. Pastdagi neytral 0-sim bilan boshqa uchtasining har biri orasidagi kuchlanish 220 V ga teng. Shuning uchun har bir xonadonning bitta simi neytral simga, ikkinchisi esa boshqa simlardan biriga ulanadi. Masalan, I xonadon 0- va 1 - simga, va 2- simga, III xonadon 0- va 3- simga ulanadi. Shunday ulanishda har bir xonadondagi elektr kuchlanish 220 V dan bo'ladi. Agar yanglishib, xonadonning elektr zanjiri 1- va 2- sim, 2- va 3- sim yoki 1- va 3- simga ulab qo'yilsa, bu xonadonda tarmoqqa ulangan elektr asboblari shu zahoti kuyadi. Chunki, simyog'ochdagi bunday tartibdagi simlar orasidagi kuchlanish 380 V ni tashkil etadi O'tkazgichda kuchlanish bor-yo'qligini aniqlash uchun otvyortka-sezgich dastasi oxiriga ko'rsatkich barmoqni qo'yib, uchi o'tkazgichga tekkiziladi. Agar o'tkazgichda kuchlanish bo'lsa, otvyortka-sezgichdagi lampochka yonadi Bunda о'tkazgich—lampochka—odam zanjiri orqali tok o'tib, lampochka yonadi. Lampochkaga ketma-ket qarshilik ulangan bo'ladi. Shuning uchun lampochka odamdagi kuchlanish 0,5-1 V ni tashkil etadi. Bunday kuchlanish lampochkaning yonishiga yetarlidir.
Agar tekshirilayotgan o'tkazgichda kuchlanish bo'lmasa, otvyortka-sezgichdagi lampochka yonmaydi.
Ko'chadagi simyog'ochdan xonadon elektr zanjiriga ulangan simlardan biri neytral, ikkinchisida esa kuchlanish mavjud. Kuchlanishli sim bilan neytral sim orasidagi kuchlanish 220 V ga teng bo'ladi. Xonadon elektr zanjiriga ulangan bu ikkita sim xonadonning barcha qismida o'zaro yonma-yon va parallel bo'ladi (100- rasm). Bu simlar hech bir joyda bir-biriga bevosita ulanib qolmagan bo'lishi kerak.
Xonadondagi barcha elektr asboblarning bitta simi zanjirning kuchlanishli simiga, ikkinchisi esa neytral simga ulanadi. Elektr asboblar xonadon elektr zanjiriga to'g'ridan to'g'ri emas, balki vilka va rozetka orqali ulanadi. Elektr asbobdan chiqqan shnur ichida bir-biridan izolatsiyalangan ikkita o'tkazgich (sim) mavjud. Shnur uchi vilkaga ulangan. Ko'p hollarda vilka va shnur birgalikda bo'ladi. Ayrim hollarda vilka shnurga vintlar yordamida mahkamlanadi (105- rasm). Buning uchun shnurdagi har bir o'tkazgich uchidan 10—15 mm uzunlikdagi izolatsiyasi tozalanadi. So'ngra izolatsiyadan tozalangan o'tkazgichlar uchi halqa qilib buraladi va vintlar yordamida vilkaga mahkamlanadi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. O'qituvchi «Ishbilarmonlik o'yinlari»dan foydalanishi mumkin. Ushbu metodda o'quvchilar 2 guruhga bo'linadi, so'ng ularga ishning bajarilishi tartibi tushuntiriladi.
Masalan: xonadonlarda qanday elektr asboblaridan foydalaniladi, degan savol o'rtaga tashlanadi.
Eng ko'p so'z yozgan o'quvchi yoki guruh rag'batlantiriladi.
Dars so'nggida o'qituvchi faol qatnashgan o'quvchilarning baholarini e'lon qiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlashda faol ishtirok etgan o'quvchilar ham baholanadi.
5.O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi.
6. Uy vazifalari.
-
Darslikdan 29-§ ni o'qish.
-
Mavzu oxirida keltirilgan savollaiga javob topish va yozish.
41-dars sana: 8-sinf
Mavzu: Mavzu: Elektr xavfsizlik choralari
Takrorlash va masalalar yechish. Umumlashtiruvchi dars
Darsning maqsadi.
a) O'quvchilarning III bobda o'tilgan mavzular bo'yicha egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini mustahkamlash, fizikadan masalalar yechish ko'nikmalarini rivojlantirish.
b) O’quvchilarga mustaqil va hamkorlikda ishlashni o’rgatish, mehnat tarbiyasini berish
d) O’quvchilarning xotirasini mustahkamlash
Do'stlaringiz bilan baham: |