1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi



Download 3,74 Mb.
bet8/15
Sana19.03.2017
Hajmi3,74 Mb.
#4893
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15

33-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Iste’molchilarning ketma – ket va parallel ulanishini o’rganish.

Laboratoriya ishi.

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarning o'tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash bo'yicha egallagan bilimlarini mustahkamlash, o'tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash malakalarini shakllantirish.

b) O’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish

d) O’quvchilarning olgan bilimlariniamaliyotda mustahkamlash

Dars turi:Mavzu bo’yicha ko’nikmala,malakalarni hosil qilish darsi

Dars jihozi:Tok manbai, kalit, 2ta istemolchi,ampermetr,voltmeter,ulash simlari.

Dars metodi:Demonstratsiya.

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

2.Ish haqida tushuncha berish.

3.Ishninig borishi

Iste'molchilarning ketma-ket ulanishiga doir

      1. Tok manbayi, kalit hamda ketma-ket ulangan 2 ta iste'molchi — spiral shaklidagi nikelin simdan iborat zanjirni yig'ing va sxemasini chizing.

      2. Ampermetr yordamida zanjirdagi I tok kuchini o'lchang.

      3. Voltmetrlar yordamida ayrim nikelin simlardagi U1 va U2 kuchlanishlarni o'lchang. U= U1+ U2 formula yordamida to'liq kuchlanishni toping.

R = U/I formuladan foydalanib, to'liq qarshilikni liisoblang.

      1. Har bir nikelin simning R{ = U1/I va R2 - U2/1 qarshiliklarini hisoblang.

      2. R = R{ + R2 formuladan foydalanib, to'liq qarshilikni hisoblang.

      3. To'liq qarsliilikning 4- va 6- bandlardagi olingan natijalarini taqqoslang.

      4. Jadvaldagi natijalarni talilil qiling va xulosa cliiqaring.

II. Iste'molchilarning parallel ulanishiga doir

        1. Tok manbayi, kalit hamda parallel ulangan 2 ta spiral shaklidagi nikelin simdan iborat zanjirni yig'ing va elektr zanjir sxemasini chizing .

        2. Voltmetr yordamida nikelin simlar uchlaridagi U kuchlanishni o'lchang.

        3. Ampermetr yordamida ayrim tarmoqlardan o'tayotgan I1va I2 tok kuchlarini o'lchang. /= I1+I2 formuladan to'liq tok kucliini toping.

        4. R = U/I formuladan foydalanib, to'liq qarshilikni liisoblang.

        5. R1 = U/ I1 va R2 = U/I2 formulalardan foydalanib, har bir nikelin simning qarshiliklarini liisoblang. R = R1R2 /( R1+ R2) formuladan foydalanib, to'liq qarsliilikni liisoblang. Natijalarni jadvalga yozing.

        6. To'liq qarsliilikning 4- va 5- bandlardagi olingan natijalarini taqqoslang.

7. Natijalarni talilil qiling va xulosa cliiqaring.

Uy vazifalari.



      1. Laboratoriya ishi oxirida keltirilgan savollargajavob topish va yozish.

      2. Laboratoriya ishi yuzasidan hisobot tayyorlash.

      3. Texnika va turmushda qaysi tur ulashdan foydalaniladi va nima uchun? savoli asosida hisobot tayyorlab kelish.

      4. «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 998- va 999- masalalarni yechish. Qiziquvchi o'quvchilar uchun «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 1000-, 1001-, 1002- va 1003- masalalarni yechish tavsiya etiladi.


34-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Elektr tokining ishi.

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarda elektr tokining bajargan ishi haqida tasavvur hosil qilish, sarflangan elektr energiyani hisoblash bo'yicha ko'nikma, malakalarni shakllantirish.

b) O’quvchilarga estetik va ekologik tarbiya berish

d) O’quvchilarni fanga qiziqtirish, tasavvurini kengaytirish



Dars turi: Yangi bilim berish

Tayanch so'zlar: elektr tokining ishi, elektr hisoblagich, vatt-sekund, vattsoat, gektovatt soat, kilovattsoat, megavatt soat.

Dars jihozilari: elektr hisoblagich, slayd, kodoskop, tarqatma materiallar.

Darsda foydalaniladigan metodlar: «Bingo», «Modifikatsiyalangan ma'ruza» interfaol metodlari, «Mustaqil ish» o'tkazish.

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.


  1. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

  2. Yangi mavzu bayoni- 18 minut.

  3. Mavzuni mustahkamlash - 10 minut.

  4. O’quvchilarni baholash- 2 minut

  5. Uyga vazifa berish - 1 minut.


Darsning borishi

    1. Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini tekshirish maqsadida foydalanadigan «Bingo» interfaol metodi uchun tarqatma materiallar tayyorlab qo'yadi.

    2. Uy vazifalarini tekshirish. «Bingo» interfaol metodi uchun o'quvchilaiga quyidagi savollar yozilgan tarqatma materiallar beriladi:

      1. Iste'molchilarni ketma-ket ulashda tok kuchi, kuchlanish va qarshilik qanday bo'ladi?

      2. Iste'molchilarni parallel ulashda tok kuchi, kuchlanish va qarshilik qanday bo'ladi?

      3. Om qonunining formulasi qanday ifodalanadi?

      4. O'tkazgichning qarshiligi nimalarga bog'liq?

      5. Reostatning vazifasi nimadan iborat?

      6. Ampermetr va voltmetrning vazifasi nimadan iborat?

Ampermetr va voltmetr elektr sxemada qanday belgilanadi?
8) Ketma-ket va parallel ulashdan qayerda foydalaniladi va hokazo.

Savollarga o'quvchilar tez va aniq javob berishi lozim. O'qituvchi o'quvchilarning javoblari asosida xulosa qiladi.



    1. Yangi mavzuning bayoni. Mavzu «Modifikatsiyalangan ma'ruza» asosida bayon etiladi. Bunda quyidagilarga e'tibor berish lozim:

  • elektr tokining bajargan ishiga tushuncha berish;

  • tokning bajargan ishini keltirib chiqarish;

  • sarflangan elektr energiyani hisoblash;

  • sarflangan elektr energiya formulasini keltirish;

  • bir vattsekundga ta'rif berish.

Mavzuni tushuntirib berish jarayonida elektr hisoblagichning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishtirish lozim.

Mavzuni bayon qilishda elektr tokining ishi haqida quyidagi ma'lumotlarni ham berish tavsiya etiladi.

Har qanday berk elektr zanjirda energiyalarning ikki yoqlama o'zgarishi yuz beradi.

Тоk manbayida energiyaning biror turi elektr energiyasiga aylanadi. Masalan, galvanik elementda kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi. Elektr zanjirda esa tok manbayining elektr energiyasi hisobiga biror ish bajariladi. Masalan, elektr dvigatellarda mexanik ish bajariladi. Isitish asboblarida elektr tokining ishi ichki energiyani oshirish uchun sarf bo'ladi.

Energiyaning biror turi boshqa turga aylanganda, hamma vaqt qandaydir ish bajariladi. Biz bilamizki, ish biror turdagi energiyaning boshqa turdagi energiyaga aylanishi o'lchovidir.

Elektr zanjirda elektr energiyaning boshqa biror turdagi energiyaga aylanishi o'lchovi elektr tokining ishidir.



    1. Yangi mavzuni mustahkamlash. Dars jarayonida o'quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun avvaliga mavzu yakunida keltirilgan masala yechish namunasi tahlil qilinadi, so'ngra quyidagi 2 ta masala o'quvchilar bilan birgalikda yechiladi:

12-mashq

Berilgan: U=4,5 V; I= 0,2 A; t~ t=1 min = 60 s.

Topish kerak: E - ?

Formulasi: E = IUt.



HiHisoblash: E=0,2 • 4,5 • 60 J = 54 J.

Javob: E = 54 J.



      1. Berilgan: q= 500 C; U= U=2 V.

Topish kerak: A-?

Formulasi: U=A/q; A = qU.

Hisoblash: A= 500 • 2 J = 1000 J = 1 kJ.

Javob: A Javob: = 1 kJ.

Shundan so'ng 7 minut davomida o'tkaziladigan «Mustaqil ish» uchun o'quvchilarga quyidagi masalalar beriladi:



  1. masala. Zanjiming biror qismidagi kuchlanish 3 V bo'lganda 6 A tok 10 s da zanjirning shu qismida necha joul ish bajaradi?

  2. masala. Zanjiming biror qismidagi kuchlanish necha volt bo'lganda 3 A tok 4 s da zanjiming shu qismida 24 J ish bajaradi?

  3. masala. Elektr toki zanjiming biror qismida 3 s da 6 J ish bajaradi. Agar zanjiming shu qismidagi kuchlanish 2 V bo'lsa, undan o'tayotgan tok kuchi qancha bo'ladi?

5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi.

6. Uy vazifalari.



    1. Darslikdan 23- § ni o'qish.

    2. Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.

    3. Darslikdagi 12- mashqdan 1- va 4- masalalarni yechish. «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 1008-, 1009- va 1010- masalalarni yechish. Qiziquvchi o'quvchilarga «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 1011-, 1012-, 1013 va 1014- masalalarni yechish tavsiya etiladi.

35-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Elektr tokining quvvati

Darsnlng maqsadi.

a) O'quvchilarda elektr tokining quvvati haqida bilim va ko'nikmalami shakllantirish.

b) O’quvchilarga axloqiy tarbiya berish, mustaqil ishlashga o’rgatish

d) O’quvchilarning ijodiy salohiyatini oshirish



Dars turi: Yangi bilim berish

Tayanch so'zlar: elektr tokining quvvati, vatt, gektovatt, kilovatt, megavatt.

Dars jihozlari: elektr iste'molchilardan namunalar, plakatlar.

Darsda foydalaniladigan metodlar: «Aqliy hujum» interfaol metodi, «Mustaqil ish» o'tkazish.

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.


  1. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

  2. Yangi mavzu bayoni- 18 minut.

  3. Mavzuni mustahkamlash - 10 minut.

  4. O’quvchilarni baholash- 2 minut

  5. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi

1. Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Aqliy hujum» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.

2. Uy vazifalarini tekshirish. «Aqliy hujum» interfaol metodi uchun o'quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

          1. Elektr tokining bajargan ishi formulasi qanday ifodalanadi?

          2. Tokning bajargan ishi qanday birlikda o'lchanadi?

          3. Elektr energiya qanday asbobda o'lchanadi?

          4. Qanday elektr o'lchov asboblarini bilasiz?

          5. Qaysi energiya osongina boshqa turdagi energiyaga aylanadi? Savollar muhokamasidan so'ng, yangi mavzuni bayon etishga tayyorgarlik ko'riladi. •

3. Yangi mavzuning bayoni. O'qituvchi mavzuni yoritishda quyidagilarga e'tibor berishi lozim:

  • tokning quvvati haqida ma'lumotlarni bayon qilish, quvvat formulasini keltirish;

  • quvvatga ta'rif berish;

  • elektr quvvat birligini keltirib chiqarish;

  • elektr iste 'molchilardagi tokning quvvati haqida ma'lumotlar berish;

  • 8- jadvaldagi ayrim elektr asboblarning quvvatini tahlil qilish; Mavzuni yoritishda plakatlar asosida tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

  • Elektr tokiningma’lum vaqtda bajargan ishi tok kuchini kuchlanishga va shu vaqtda ko’paytirilganiga teng

  • Zanjirning kuchlanishi bir volt bo’lgan qismida bir amperga teng bo’lgan tokning bir sekund davomida bajargan ishiga bir vat ·sekund deb aytiladi



    1. Yangi mavzuni mustahkamlash. Dars jarayonida o'quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun avvaliga mavzu yakunida keltirilgan masala yechish namunasi tahlil qilinadi, so'ngra quyidagi 2 ta masala o'quvchilar bilan birgalikda yechiladi:

13-mashq

Berilgan: U= 220 V; I = 10 A.



Topish kerak: P-?

Formulasi: P = IU.

Hisoblash:= 10 • 220 W = 2200 W = 2,2 kW. Javo

Javob:= 2,2 kW.

Berilgan: U= 220 V; Pi = 60 W; P2 = 100 W.

Topish kerak: I - ?

Formulasi: I = P/U-,P=Pl + P2; I = (P1, + P2)/U.

Hisoblash: I = (60 + 100)/220) A = 0,72 A.

Javob: I = 0,72 A.

Shundan so'ng 7 minut davomida o'tkaziladigan «Mustaqil ish» uchun o'quvchilarga quyidagi masalalar beriladi:



    1. 1-masala. Xonaga o'rnatilgan ventilatorning quwati 36 W. Uning 20 s davomida bajargan ishi qanday bo'ladi

2-masala. Energiyaning 1 kilovatt-soat degan birligi necha joulga teng? 3) Elektrodvigatel bir soatda 1080 kJ foydali ish bajaradi va 0,4 W- soat energiya iste'mol qiladi. Uning FIK qanday bo'ladi (%)?
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi

6. Uy vazifalari.

Darslikdan 24- § ni o'qish.

Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.

Darslikdan 13- mashqdan 2- va 3- masalalarni yechish. «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 1015-, 1021-va 1023-masalalarni yechish. Qiziquvchi o'quvchilarga «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 1020-, 1025-, 1026 va 1028- masalalarni yechish tavsiya etiladi.

Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish.

O'z uyidagi elektr iste'molchilarning quvvatini yozib kelish.

36-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Elektr toki ta'sirida o'tkazgichlarning qizishi

Darsning maqsadi.

a) Elektr toki ta'sirida o'tkazgichlarning qizishi haqida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish,

b)O’quvchilarga ekologik va estetik tarbiya berish

d) cho'g'lanma elektr lampaning tuzilishi va iste'molchilaming foydali ish koeffitsienti haqida tasavvurlar hosil qilish.



Dars turi: Yangi bilim berish

Tayanch so'zlar: issiqlik miqdori, cho'g'lanma elektr lampa, elektr tokining foydali ish koeffitsienti.

Dars jihozlari: slaydlar, kodoskop, patron va cho'g'lanma elektr lampalar.

Darsda foydalaniladigan metodlar: «Bahs-munozara», «Muammoli vaziyatni o'rganish» interfaol metodlari.

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.


  1. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

  2. Yangi mavzu bayoni- 18 minut.

  3. Mavzuni mustahkamlash - 10 minut.

  4. O’quvchilarni baholash- 2 minut

  5. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi

      1. 1. Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Bahs-munozara» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.

      2. 2. Uy vazifalarini tekshirish. «Bahs-munozara» uchun o'quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

        1. O'tkazgichlarga nimalar misol bo'la oladi?

        2. A = IUt formuladan I ni toping? .

        1. P = IU formuladan I va U ni toping?




        1. Nima uchun yog'och, rezina elektr tokini o'tkazmaydi?

        2. Uyingizdagi iste'molchilaming quvvati haqida nima deya olasiz?

        3. Elektr hisoblagichning vazifasi nimadan iborat?

        4. 1 oyda xonadoningizda qancha elektr energiya sarflanadi?

3. Yangi mavzuning bayoni. O'qituvchi mavzuni yoritishda quyidagilarga e'tibor berishi lozim:

  • o'tkazgichdan elektr toki o'tganda undan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori haqida ma'lumot berish;

  • Joul-Lens formulasini keltirib chiqarish, ta'rif berish;

  • cho'g'lanma elektr lampaning tuzishilishi va ishlash prinsipini tushuntirish;

  • elektr iste'molchilaming FIK haqida ma'lumotlar berish, formulasini keltirish.

Mavzuni bayon etishda o'tkazgichlarning elektr tokidan qizishi haqida quyidagi ma'lumotlarni ham havola qilish tavsiya etiladi.

Elektr toki o'tkazgichni qizitadi. Buni biz yaxshi bilamiz. O'tkazgich­larning qizishiga sabab shuki, ulardan tok o'tayotgan vaqtda molekulalarning tartibsiz (issiqlik) harakati kuchayadi, binobarin, o'tkazgichning ichki energiyasi oshadi.

O'tkazgichning ichki energiyasi oshishiga sabab shuki, metallardagi erkin elektronlar yoki elektrolitlardagi ionlar elektr maydon ta'siri ostida harakatlanib, o'tkazgich molekulalari yoki atomlari bilan to'qnashadi va ularga o'z energiyasini beradi.

Tajriba qo'zg'almas metall o'tkazgichlarda tokning butun ishi o'tkazgichlarning qizishiga, ya'ni ularning ichki energiyasini oshirishga sarf bo'lishini ko'rsatadi. Jism ichki energiyasining o'zgarishini ko'rsatuvchi o'lchov esa ajralib chiqqan issiqlik miqdoridir.



    1. Yangi mavzuni mustahkamlash. Dars jarayonida o'quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun avvaliga mavzu yakunida keltirilgan masala yechish namunasi tahlil qilinadi, so'ngra «Muammoli vaziyatni o'rganish» interfaol metodi uchun o'quvchilarga quyidagi savol va topshiriqlar bilan murojaat qilinadi:

      1. Joul-Lens qonunini ta'riflang.

      2. Joul-Lens qonuni bajariladigan misollar keltiring.

      3. Cho'g'lanma lampa qachon va kim tomonidan kashf etilgan?

Ushbu savollarga javob olingandan so'ng «Mustaqil ish» o'tkazilad

1-masala. Qarshiligi 25 ῼ bo'lgan spiraldan 2 A tok o'tadi. Shu spiraldan 2 minut davomida qancha issiqlik miqdori ajralib chiqadi?

2-masala. 50 ῼ qarshilikli o'tkazgich orqali 10 minut davomida qanday tok o'tkazilganda 120 kJ issiqlik ajraladi?

3-masala. 220 V kuchlanishli tarmoqda 30 ῼ qarshilikli isitgichdan 30 minutda qancha issiqlik miqdori ajralib chiqadi?



Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish