1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi



Download 3,74 Mb.
bet5/15
Sana19.03.2017
Hajmi3,74 Mb.
#4893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

5.Uyga vazifalar.

            1. «II bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dan kamida 4 ta masalani yechish. Qiziquvchi o'quvchilarga ixtiyoriy ravishda boshqa masalalarni yechishlari uqtiriladi.


18-dars Sana: sinfi:

Mavzu: Takrorlash va nazorat uishi

Darsning maqsadi.

a) O’tilgan mavzularni takrorlash, masalalar yechish orqali o'quvchilarning nazariy jihatdan olgan bilimlarini mustahkamlash.

b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, mustaqil ishlashga o’rgatish

d) Mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish



Dars turi: Bilimlarni mustahkamlash

Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, test sinovi.

Dars rejasi.

    1. Tashkiliy qism - 2 minut.

    2. O'tilgan mavzulami takrorlash - 8 minut.

    3. Nazorat ishi - 30 minut.

    4. Darsni yakunlash — 5 minut.

Darsning borishi

      1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni, test sinovi uchun test topshiriqlarni tayyorlab qo'yadi.




      1. O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida o'tilgan 9-15- § takrorlanadi. O'tilgan mavzular yuzasidan savol-javoblar o'tkazilib, olingan bilimlar mustahkamlanadi.


Nazorat ishi.

O'qituvchi tomonidan avvaldan tuzib qo'yilgan test- topshiriqlar asosida test sinovi o'tkaziladi.

1.Хаlqаrо birliklаr sistеmаsidа ish birligi nimа qаbul qilingаn.

.A) Jоul B) Nyutоn S) Аmpеr D) Vоlt

2. Zаnjаrning birоr qismidаgi kuchlаnish 3 V bo`lsа, 4 А tоk 10 sеkunddа shu qismdа nеchа jоul ish bаjаrilаdi.

А) 144 J B) 120 J S) 7, 5 J D) 30 J

3.Quvvаti 600 W bo`lgаn elеktr dаzmоl 220 V kuchlаnishli elеktr zаnjirgа ulаngаn. Dаzmоldаn o`tuvchi tоk kuchini tоping.

А) 60 А B) 2,2 А S) 2,7 А D) 27 А

4.10 gektоvаtt nеchа vаttgа tеng.

А) 10 W B) 1000 W S) 100 W D) 10000 W

5.Quvvаt qаndаy аsbоbdа o`lchаnаdi.

А) Аmpеrimеtr

B) Vоl`tmеtr

S) Vаttmеtr

D) Rеоstаt

6.Zаnjirning bir qismidаn tоk o`tgаndа аjrаlib chiqqаn issiqlik miqdоrini tаjribаlаr аsоsidа kim birinchi аniqlаgаn.

А)J.Jоul

B) Sh. Kulоn

S) G.Оm


D)A. Аmpеr

7.Kuchlаnishi 2,5 V bo`lgаn bаtеriyagа qаrshiligi 6 W bo`lgаn rеzistоr ulаngаn.10 sеkund vаqtdа rеzistоrdаn qаnchа issiqlik miqdоri аjrаlаdi.

А)10,47 J B) 5 J S) 7,5 J D) 22,5 J

8.Nimа uchun bеnzin tаshiydigаn mаshinаlаrdа zаnjir yеrgа tеgib turаdi.

А)Suyuqliklаr ishqаlаngаndа zаryadlаr hоsil bo`lаdi

B) Suyuqlik zаryadlаngаndа uchqun chiqаrаdi

S) Suyuqlik qаtlаmlаri ishqаlаngаndа hоsil bo`lgаn zаryadlаr yеrgа o`tib kеtаdi.

D)Suyuqliklаr to`kilmаsligi uchun

9.Аgаr kuchlаnishi 220 V bo`lgаn elеktr tаrmоg`igа 440 W dаn bo`lgаn 5 tа lаmpа pаrаllеl ulаngаn bo`lsа, istе`mоl qilinаyotgаn tоk kuchini аniqlаng.

А) 9,6 А B) 2,5 А S) 1,5 А D) 3 А

10.Quvvаti 25 vа 100 W bo`lgаn ikkitа lаmpоchkа 220 V kuchlаnishdа ishlаshgа mo`ljаllаngаn.Qаysi lаmpаning qаrshiligi kаttа vа nеchа mаrtа?

А) R=4R B) R=2R S) R1=4R2 D) R1=2R2




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

А

S

D

B

S

S

B

D

D

А

Uyga vazifalar.

            1. «II bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dan kamida 4 ta masalani yechish. Qiziquvchi o'quvchilarga ixtiyoriy ravishda boshqa masalalarni yechishlari uqtiriladi.


19-dars Sana: sinfi:

Mavzu: Tok kuchi va uni o’lchash

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarda tok kuchi haqida bilim va ko'nikmalami shakllantirih, ampermetr yordamida tok kuchini o'lchash malakasini hosil qilish.

b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, texnikaga qiziqtirish

d) O’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash qobiliyatini oshirish


Darsning turi: Yangi bilim berish.

Dare jihozlari: Andre Amper portreti, ampermetr, slaydlar, plakatlar, kodoskop, 53- rasmdagi jihozlar.

Darsda foydalaniladlgan metodlar: «Aqliy hujum», «Fikrlay olasanmi?» interfaol metodlari, «Mustaqil ish» o'tkazish.

Tayanch so'zlar: tok kuchi, amper, milliamper, mikroamper, ampermetr.
Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.



  1. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

  2. Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

  3. Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.

  4. O’quvchilarni baholash- 2 minut

  5. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi

      1. Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Aqliy hujum» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.

      2. Uy vazifalarini tekshirish. «Aqliy hujum» interfaol metodini qo'llashda o'quvchilaiga quyidagi savollar beriladi:

        1. Elektr kuchlanish deb nimaga aytiladi?

        2. Elektr kuchlanish formulasi U = A/q dan A va q topish formulalari qanday ifodalanadi?

        3. Kuchlanish birligi qilib nima qabul qilingan?

        4. Kuchlanish qanday asbob yordamida o'lchanadi?

        5. Voltmetr elektr zanjirdagi iste'molchiga qanday ulanadi?

Har bir savol uchun 1 minut vaqt ajratiladi. Savollar muhokamasidan so'ng, yangi mavzu bayon qilinadi.

      1. Yangi mavzuning bayoni.

Yangi mavzuni yoritishda o'qituvchi quyidagilarga e'tibor berishi zarur:

  • elektr toki haqida tushuncha;

  • tok kuchi ifodasi I = q/t dan q= It, t= q/I\

  • q = Nqe ifodani bilgan holda I = Nqe/t ifodani keltirib chiqarish mumkin;

  • tok kuchining birligi;

  • tok kuchini o'lchash;

  • ampermetrning zanjirga ulanishi;

  • Elektr zanjirdan o'tayotgan tokni tavsiflash uchun maxsus fizik kattalik — tok kuchi kiritilgan.

O'tkazgichning ko'ndalang kesimidan vaqt birligida o'tayotgan elektr zaryadi miqdori tok kuchi deb ataladi va I harfi bilan belgilanadi.

Agar o'tkazgich ko'ndalang kesimidan t vaqt ichida q zaryad o'tgan bo'lsa, / tok kuchi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

I= q/t

Tok kuchi birligi qilib fransuz fizigi Andre Man Amper sharafiga amper (A) qabul qilingan. O'tkazgich ko'ndalang kesimidan 1 s da 1 С zaryad o'tsa, tok kuchi 1 A bo'ladi. -


Bunda 1 A = = 1000 µA = 1000000 µА, 1 µA = 1000 µА.

Zanjirdagi tok kuchi ampermetr yordamida o'lchanadi.

Maktab fizika xonasida foydalaniladigan ampermetr- lardan bixi 52- rasmda tasvirlangan. Ampermetr shkalasiga «А» harfi yozib qo'yiladi.

53- rasmdagi tajriba namoyish etiladi, so'ngra «Fikrlay olasanmi?» interfaol metodini qo'llagan holda tajriba jarayoni muhokama qilinadi.



    1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Dars jarayonida o'quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun avvaliga mavzu yakunida keltirilgan masala yechish namunasi tahlil qilinadi, so'ngra o'quvchilar bilan birgalikda darslikdagi 6- mashqdan 2 ta masala «Mustaqil ish» uchun beriladi.

6- mashq


2) Berilgan: I = 0,1 A; t = 8 min = 480 s; qe = 1,6-1019 C.

Topish kerak: N-?

Formulasi: I = q/t dan q = It; N = It/qe.

Hisoblash: N= 0,1 -480/1,6-1019 = 3-1020 ta.

Javob\ N= 3-1020 ta.

4) Berilgan: t = 25 soat = 9-104 s; I= 2A.

Topish кегак: q - ?

Formulasi: I = q/t dan q = It.



Hisoblash: q = 2-9-104 С = 1,8-10s C.

Javob: q= 1,8-105 C.

5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomida berilgan savollarga bergan javoblariga qarab baholanadi

6.Uyga vazifalar.

1. Darslikdan 13- § ni o'qish.



    1. Mavzu oxirida keltirilgan savollarga yozma javob berish.

    2. Darslikdagi 6- mashqdan 1- va 3- masalalami yechish.

    3. Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish.


20-dars sana: 8-sinf

Masalalar yechish

Darsning maqsadi.

a) II bob bo'y'icha o'tilgan mavzularni takrorlash, masalalar yechish orqali nazariy jihatdan olgan bilimlarni mustahkamlash.

b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, mustaqil ishlashga o’rgatish

d) Mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish



Dars turi: bilimlar va ko’nikmalarni hosil qilish darsi

Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.

Dars rejasi.

        1. Tashkiliy qism - 2 minut.

        2. O'tilgan mavzularni takrorlash - 10 minut.

        3. Masalalar yechish - 25 minut.

        4. O’quvchilarni baholash-5 minut

        5. Uyga vazifalar berish - 3 minut.

Darsning borishi

          1. 1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.

          2. 2. O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida II bob mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan «II bob yuzasidan xulosalar”dagi har bir xulosa va qonuniyatlar o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.

          3. 3. Masalalar yechish. Bob oxirida keltirilgan II bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dagi savollarga o'quvchilar javob beradilar, javoblar o'qituvchi tomonidan to'ldirib boriladi. Har bir savolga javob berishda tahliliy fikr-mulohazalar yuritilishiga e'tibor beriladi. Keltirilgan masalalardan birinchi navbatda yechiladiganlarini o'qituvchi tanlaydi. Faol o'quvchilar mustaqil ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari tavsiya etiladi.

          4. 10.Elektr zanjirda lampochkaga parallel ulangan voltmetr 8 V ni ko'rsatmoqda. Ma'lum vaqt davomida 40 J ish bajarilishi uchun lampochkadan nechta elektron o'tishi kerak? 1 ta elektronning zaryadi —1,6-10 19 C ga teng.

          5. 11.Elektr zanjirdagi lampochkadan 10 minutda 90 C zaryad o'tgani ma'lum. Zanjirdagi ampermetr lampochkadan qancha tok o'tayotganini ko'rsatadi?

          6. 12. Lampochka ulangan elektr zanjirdan o'tayotgan tokning kuchi 0,5 Aga teng. Lampochka spirali orqali 1 minutda necha kulon zaryad o'tadi? Shu vaqt davomida lampochkadan o'tgan elektronlar sonini hisoblang.

4. Mustaqil ish

          1. Elektr zanjirdagi lampochkadan o'tayotgan tok kuchi 0,5 A ga teng. Lampochka spiralidan qancha vaqtda 400 C zaryad o'tadi?

5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomidagi savollarga bergan javoblariga qarab baholanadi.

6.Uyga vazifa: 13-masalani ishlab kelish

21-dars Sana: sinfi:

Mavzu: Elektr zanjirni yig’ish, uning turli qismlaridagi tok kuchi va kuchlanishni o’lchash.

Laboratoriya ishi.

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarda elektr zanjirni yig'ish, uning turli qismlarida tok kuchi va kuchlanishni o'lchash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini oshirish;

b) O’quvchilarga mustaqil ishlashni o’rgatish;

d) O’quvchilarning olgan bilimlarini amaliyot bilan bog’lash.



Dars turi: malakalarni hosil qilish darsi

Kerakli jihozlar: turli kuchlanish beruvchi ikkita tok manbayi, ikki xil lampochka, ampermetr, voltmetr, kalit, ulovchi simlar.

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

2. Ish haqida tushuncha

3. Ishni bajarish tartibi



              1. Tok manbayi, lampochka, ampermetr, volt­metr va kalitdan iborat zanjirni yig'ing

              2. Elektr zanjir sxemasini daftaringizga chizing.

              3. Kalitni ulang. Bunda lampochka yonadi, ampermetr tok kuchini, voltmetr kuchlanishni ko'rsatadi. Ularning qiymatlarini jadvalga yozing.

              4. Zanjirdagi lampochkani boshqasi bilan almashtirib, 3- banddagi ishlarni takrorlang.

              5. Tok manbayini boshqasi bilan almashtiring. 3- bandda keltirilgan ishlarni takrorlang.

6. Lampochkani dastlabki lampochka bilan al­mashtiring. 3- banddagi ishlarni takrorlang.

7. Tajriba natijalarini tahlil qiling va xulosa chiqaring.



4. Mustahkamlash

1. Eng oddiy elektr zanjir qanday asboblardan tashkil topgan? Uning elektr sxemasini chizib bering.

2. Eng oddiy elektr zanjirdagi har bir asbobning vazifasini aytib bering.

3. Voltmetrning vazifasi nimadan iborat? U zanjirda qanday ulanadi va sxemada qanday belgilanadi?

4. Ampermetrning vazifasi nimadan iborat? U zanjirda qanday ulanadi va sxemada qanday belgilanadi?
5. Uyga vazifalar.


    1. Laboratoriya ishi yuzasidan xulosa yozib kelish.

    2. Laboratoriya ishi oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.

    3. «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 918-, 919 va 920- masalalar. Qiziquvchi o'quvchilar uchun «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 921- va 922- masalalarni yechish tavsiya etiladi.


22-dars Sana: sinfi:

Mavzu: Elektr qarshilik

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarda elektr qarshilik va solishtirma qarshilik haqida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish

b) O’quvchilarga estetik va ekologik tarbiya berish

d) elektr qarshilikning o'tkazgichning uzunligiga va ko'ndalang kesim yuziga bog'liqligi haqida tasavvurlarni hosil qilish.



Dars turi: Yangi bilim berish

Dars jihozlari: Georg Om portreti, 55-, 56-, 57- va 58- rasmlarda tasvirlangan elektr zanjirni yig'ish uchun jihozlar, tarqatma materiallar.

Darsda foydalaniladigan metodlar: «Bingo» interfaol metodi, «Mustaqil ish» o'tkazish.

Tayanch so'zlar: elektr qarshilik, om, milliom, kiloom, megaom, solishtirma qarshilik.

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.



  1. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

  2. Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

  3. Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.

  4. O’quvchilarni baholash- 2 minut

  5. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi

        1. Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Bingo» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.

        2. Otilgan mavzuni eslash. «Bingo» interfaol metodi uchun har bir o'quvchiga quyidagi fizik kattaliklardan tarqatma material sifatida bittadan beriladi:

          1. tok kuchi- I; 2) kuchlanish U 3) maydon kuchlanganligi - E; 4) elektr zaryad - q\ 5) kuch -F F; 6) vaqt -tt, 7) ish -A; 8) masofa- R

O'quvchilar 5 minut davomida berilgan fizik kattaliklar ishtirokida kamida 10ta formulani i keltirishlari lozim.

        1. Yangi mavzuning bayoni. O'qituvchi mavzuni yoritishda quyidagilaiga e'tibor berishi lozim:

. 1) Elektr qarshilik.

  1. Elektr qarshilikning ta'rifi, belgilanishi, birligi.

  2. Elektr qarshilikning o'tkazgich uzunligigabog'liqligini tushuntirish.

  3. Elektr qarshilikning solishtirma qarshilikka va ko'ndalang kesim yuziga bog'liqligini tajriba asosida tushuntirish.

  4. Solishtirma qarshilik ta'rifi va uning birligi.

  5. 3-jadvalning tahlili.

Elektr qarshilik haqida quyidagi ma'lumotlarni ham qo'shimcha tarzda bayon etish tavsiya etiladi.

Qarshilik o'tkazgichning zanjirdagi tok kuchiga ta'sir etish xususiyatini tavsiflovchi fizik miqdordir. Kuchlanish bir xil bo'lgan vaqtda ikkita o'tkazgichdan qaysi biri o'zi orqali kuchsizroq tok o'tkazsa, shu o'tkazgichning qarshiligi kattaroq bo'ladi.

Metallardagi elektr toki erkin elektronlarning tartibli harakatidan iborat ekanligini esga olsak, «qarshilik» atamasi tushunarli bo'lib qoladi. Elektr maydonning ta'siri ostida harakatlanuvchi elektronlar metallning kristall panjarasi ionlari bilan o'zaro ta'sir qiladi. Elektronlarning kristall panjara ionlari bilan o'zaro ta'siri xuddi elektronlar harakatini sekinlatuvchi qandaydir qarshilik (ishqalanish) kuchining ta'siriga o'xshab ketadi. Buning natijasida elektronlaming tartibli harakati tezligi kamayib, o'tkazgichdagi tok kuchi ham kamayadi.

Elektrolitlarning qarshiligi elektr maydonda harakatlanuvchi ionlarning eritma molekulalari yoki atomlari bilan o'zaro ta'siri natijasidir.

Odatda, sof metallarga qo'shilgan aralashmalar metallning muntazam strukturasini o'zgartiradi. Shu sababli, masalan, qotishmalarning elektr qarshiligi shu qotishmalar tarkibiga kirgan metallarning qarshiligidan kattaroq bo'ladi.

Yangi mavzuni bayon etishda o'qituvchi ko'rgazmalilikka katta e'tibor berishi lozim.



  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Dars jarayonida o'quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun avvaliga mavzu yakunida keltirilgan masala yechish namunasi tahlil qilinadi.

O'tkazgich qarshiligi formulasi R=pl/S dan l va S ni keltirib chiqarish topshiriladi. Shundan so'ng mustaqil ish o'tkaziladi.

«Mustaqil ish» sifatida darslikdan 7-mashqning 2 ta masalasi berilib, 6 minut davomida o'quvchilar bu masalalarni yechib berishlari kerak:

7- mashq

Berilgan: S= 0,5 mm2; R R= 2ῼ; p = 0,4ῼ • mm2/m.

Topish kerak: l-?

Formulasi: R = pl/S dan / = RS/p.

Hisoblash l=(2- 0,5/0,4) m = 2,5 m.

Javob: I = 2,5 m.


    1. Berilgan: l= 2 m; R R= 4,4ῼ ; p = 1,10-6 ῼm.

Topish kerak: S - ?

Formulasi: R = pl/S dan S = pl/R.



Hisoblash: Hisoblash: S = (1,1-10-6- 2/4,4) =0,5-10"6 m2 = 0,5 mm2.

Javob: S = 0,5 mm2.



Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish