1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi


Dars turi: Tushunchalarni shakllantirish, bilimlarni mustahkamlsh darsi Darsda foydalaniladigan metod



Download 3,74 Mb.
bet10/15
Sana19.03.2017
Hajmi3,74 Mb.
#4893
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

Dars turi: Tushunchalarni shakllantirish, bilimlarni mustahkamlsh darsi

Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.

Dars rejasi.



        1. Tashkiliy qism - 2 minut.

        2. O'tilgan mavzularni takrorlash - 10 minut.

        3. Masalalar yechish - 25minut.

        4. Mustahkamlash- 5 minut

        5. O’quvchilarni baholash-2 minut

        6. Uyga vazifalar berish - 1 minut.

Darsning borishi

          1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.

          2. O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida o'tilgan III bob mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan III bob yuzasidan xulosalar»dagi har bir xulosa va qonuniyatlar o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.

1) Xonadon elektr zanjiri ko’chadagi simyog’ochlar simlaria qay tarzda ulanadi?

2) Elektr asboblari shnuriga vilka qanday ulanadi?

3) Xonadon elektr zanjiriga rozetka qanday ulanishini tushuntirib bering

4) Elektr lampochkaning patronini ulash qanday bajariladi?

          1. Yangi mavzu bayoni:

Tevarak-atrofimizda elektr tarmoqlari juda ko'p, kundalik turmushimizda muntazam elektr jihozlar bilan ish ko'ramiz. Ulardagi nosozliklar, ulardan foydalanishda ehtiyotkorona ish tutmaslik tufayli hayotimizni xavf ostiga qo'yishimiz mumkin.

Odam tanasi elektr tokini yaxshi o'tkazadi. 36 V dan yuqori kuchlanishli elektr tarmoq odam organizmi uchun xavfli hisoblanadi.

Xonadon elektr zanjiri ulangan elektr tarmoq 220V kuchlanishga ega ekanligini bilasiz. Ehtiyotsizlik qilib bunday kuchlanishli sim ushlab olinsa, tanadan tok o'tadi. Bunday holat, odatda, tok urdi deyiladi. Agar tok urgan kishini elektr simdan tezda ajratib olinmasa, u halok bo'lishi mumkin.

Qanday ehtiyotsizliklar tufayli odamni tok urishi mumkin? Tok urmaslik uchun qanday elektr xavfsizlik choralariga amal qilish kerak?

1. Ko'chadan o'tgan elektr tarmoqlari simdan izolatsiyalanmagan bo'ladi. Ba'zi paytlarda elektr tarmog'ining bitta simi uzilib, yo'lda osilib yotgan bo'lishi mumkin. Uni ushlaganda tok simdan odam tanasi orqali yerga o'tadi va tok uradi.

Ko'chada uzilib yotgan elektr tannog'i simini ushlamaslik kerak. Undan o'zingizni va boshqalarni ehtiyot qiling.

2. Xonadon elektr zanjirining simlari, odatda, devor ichidan o'tgan bo'ladi. Biror zarurat yuzasidan devorga mix qoqilayotgan paytda simning izolatsiyasi shikastlanishi va mix simga tegib qolishi mumkin. Bu holda ham tok odam tanasi orqali yerga o'tishi va tok urishi mumkin

3. Ayrim hollarda nosozlik tufayli elektr jihoz ichidagi tok o'tgan sim uning metall korpusiga tegib qolgan bo'lishi mumkin. Bunday elektr jihozning (masalan, muzlatkichning) metall qismini ushlaganda tok odam tanasi orqali yerga o'tishi va tok urishi mumkin

Muzlatkich, televizor kabi elektr jihozlarning orqa tomonidagi maxsus qisqichini sim orqali yerga ulab qo'yish lozim.

Xonadon elektr zanjiridagi shikastlangan joyni ta'mirlashda tarmoqda" elektr toki bo'lishi yoki bo'lmasligidan qat'i nazar hisoblagichdagi ikkala patrondan saqlagichlarni olib qo'yish zarur.

Ba'zi hollarda simning tokli bitta fazasi ushlab turilsa ham, tok urmasligi mumkin. Buning uchun odam yerdan izolatsiyalangan, ya'ni odam oyog'i ostida tok o'tkazmaydigan material qo'yilishi, tanasining hech bir joyi o'tkazuvchi material orqali yerga tegib turmasligi kerak.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.

1. Elektr isitgich spirallaridan o'tayotgan tok kuchi 5 A ga teng. Isitgichning spirallari ketma-ket ulan­gan bo'lsa, unga tok olib keluvchl simlaridagi tok kuchi nimaga teng?



A) 2,5А; В) ЗА; С) 4A; D) 5A; E) 10 A.

2. Reostat deganda nimani tushunasiz?

        1. O'zgarmas qarshilik;

        2. Tok kuchini o'lchaydigan asbob;

        3. Kuchlanishni o'lchaydigan as­bob;

        4. Qarshilikni o'lchaydigan asbob; E) O'zgaravchan qarshilik.

3. O'tkazgichdan o'tadigan tok kuchi 4 marta kamaysa, undan ajra­lib chiqayotgan issiqlik miqdori qan­day o'zgaradi?

A) 4 marta kamayadi; B) 4 marta ortadi; C) 16 marta kamayadi; D) 16 marta ortadi; E) o'zgarmaydi.

4. Elektr pechkasiga 220 V kuch- lanish ulansa, undan 30 A tok kuchi o'tadi. Pechkada 10 minutda qan­cha issiqlik ajraladi?

A) 40000 J; B) 39600 J; C) 3960000 J; D) 400000 J; E) 660000 J.

Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi

13-mashq


Berilgan: U= 220 V; I = 10 A.

Topish kerak: P-?

Formulasi: P = IU.

Hisoblash:= 10 • 220 W = 2200 W = 2,2 kW. Javo

Javob:= 2,2 kW.

Berilgan: U= 220 V; Pi = 60 W; P2 = 100 W.

Topish kerak: I - ?

Formulasi: I = P/U-,P=Pl + P2; I = (P1, + P2)/U.

Hisoblash: I = (60 + 100)/220) A = 0,72 A.

Javob: I = 0,72 A.
15-mashq

2) Berilgan: 5= 0,1 mm2; I = 2 m; p = 1,1 ῼ-mm2/m; U = 220 V.

Topish kerak: P-?

Formulasi: P= U2/R-, R = pl/S; P = U2S/pl.



Hisoblash: P = (2202 • 0,1/1,1- 2) W = 2200 W = 2,2 kW.

Javob: P = 2,2 kW.

4) Berilgan: U= 60 V; I = 50 A.

Topish kerak: P - ? /

Formulasi: P = IU.

Hisoblash: P = 50 • 60 W = 3000 W = 3 kW.

Javob: P = 3 kW.

17 – mashq

Berilgan:

R=10 kῼ = 104ῼm; U1=220 V; U2=36 V

Topish kerak: I1-? I2-?

Formulasi: I1=U1/R; I2=U2/R

Hisoblash:

I1=(220/104)A=0.022A=22mA

I2=(36/104)A=0,0036 A =3,6 mA

Javob: I1=22 mA; I2=3,6 mA

5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi.

6. Uyga vazifalar.



      1. Darslikdan 30- § ni o'qish.

          1. Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozishMasalalar yechish.

Bob oxirida keltirilgan «III bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dagi savollaiga o'quvchilar javob beradilar, javoblar o'qituvchi tomonidan to'ldirib boriladi. Har bir savolga javob berishda tahliliy fikr-mulohazalar yuritilishiga e'tibor beriladi. Keltirilgan masalalardan birinchi navbatda yechjJadiganlarini o'qituvchi tanlaydi. Faol o'quvchilar mustaqil ravishda boshqa masalalarni ham yechislilari tavsiya etiladi.

42-dars sana: 8-sinf

Mavzu: Nazorat ishi

Darsning maqsadi:

a) O'quvchilarning III bobda o'tilgan mavzular bo'yicha egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini mustahkamlash, fizikadan masalalar yechish ko'nikmalarini rivojlantirish.

b) O’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish

d) Mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.



Dars turi:yozma ish darsi

Dars metodi: Nazorat qilish

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism

2.Nazorat ishi

Nazorat ishi uchun yozma ish

1-variant.

1Zanjirning biror qismidagi kuchlanish 3 V bo'lganda, 6 A tok 4 s da zanjirning shu qismida necha joul ish bajariladi?

2Kuchlanish 4 V bo'lganda lampochkadagi tok kuchi 0,5 A ga teng. Lampochka iste'mol qiladigan quwati necha vatt?

3Qarshiligi 48Ωbo'lgan o'tkazgich 120 V kuchlanishli tarmoqqa ulandi. O'tkazgichda 10 minut ichida qancha issiqlik ajraladi?

4FIK 87% quwati 800 W bo'lgan elektr choynakda 18°C temperaturali 3 litr suv bor. Ana shu suv qaynashi uchun necha minut vaqt kerak bo'ladi? (c = 4200 J/kg-K).

2-variant

1.Zanjirning biror qismidagi kuchlanish 4 V bo'lganda 2 A tok 10 s da zanjirning shu qismida necha joul ish bajaradi?

2.Kuchlanish 20 V bo'lgan lampochkadagi tok kuchi 0,5 A ga teng. Lampochka iste'mol qiladigan quwat necha vatt?

3.Qarshiligi 20 Ω bo'lgan o'tkazgichdagi tok kuchi 2 A bo'lganda 5 s da undan qancha issiqlik ajraladi?

4. Elektr asbob tarmoqqa ulanganda elektr hisoblagich diski bir minutda 30 marta aylanadi. Shu asbobning quvvati necha kW ga teng? Hisoblagichda I kW- soat diskning 1200 aylanishiga teng deb yozilgan.

Uy vazifasi.

O’tilgan mavzularni takrorlash. Ta'rif va formulalarni yod olish.

43-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Suyuqliklarda elektr toki

Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga suyuqliklarda elektr tokining hosil bo’lishi haqida ilmiy va nazariy tushunchalarni hosil qilish

b) O’quvchilarga axloqiy tarbiya berish, estetik didni shakllantirish

d) O’quvchilarning fikrlash qobiliyati va tasavvur ko’lamini kengaytirish



Dars turi: yangi bilim berish

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, demonstratsion usul

Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar, elektroliz qurilmasi.

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.



  1. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

  2. Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

  3. Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.

  4. O’quvchilarni baholash- 2 minut

  5. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi

          1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2. O'tilgan mavzuni takrorlash:

1) Odam tanasi uchun necha voltdan yuqori kuchlanish xavfli hisoblanadi?

2) Ko’chada elektr tarmog’i simi yotgan bo’lsa nima qilish kerak?

3) Elektr toki urgan odamga qanday birinchi yordam ko’rsatiladi?

4) Xonadon elektr zanjiridagi shikastlangan joyni ta’mirlashdan avval nima qilish kerak?

3. Yangi mavzu bayoni:

Ionli bog'lanish.

Kimyo darslaridan ma'lumki, modda atom va molekulalari bir-biri bilan uch xil bog'lanishda bo'ladi: metall bog'lanish, kovalent bog'lanish va ionli bog'lanish.

Ionli bog'lanishga misol qilib osh tuzi — natriy xlorid (NaCl)ni keltirish mumkin. Natriy (Na) atomida 11 ta elektron bo'lib, ulardan 1 tasi tashqi elektron qobig'ida bo'ladi. Xlor (CI) atomida esa 17 ta elektron bo'lib, ulardan 7 tasi tashqi elektron qobiqda aylanadi.

Kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi barcha elementlarning alohida olingan atomi elektr neytraldir. Chunki, atom yadrosidagi musbat zaryadli protonlar nechta bo'lsa, shu atom yadrosining atrofida aylanib yurgan manfiy zaryadli elektronlar soni ham shuncha bo'ladi. Shunga o'xshash Na va CI atomlari alohida olinganda elektr neytraldir.

Xlor atomining tashqi elektron qobig'i to'lishi uchun 1 ta elektron yetishmaydi. Xlor va natriy atomlari bir-biriga yaqinlashganda elektronlar almashishi yuz beradi. Xlor atomi natriy atomining tashqi elektron qobig'idan 1 ta elektronni tortib oladi. Natijada xlor atomi manfiy zaryadli xlor ioniga (CI ), natriy atomi esa musbat zaryadli natriy ioniga (Na+) aylanib qoladi. Bu jarayonni quyidagi tengliklar bilan ifodalash mumkin:

Na - e = Na+ CI + e = CI

Turli ishoraga ega bo'lgan natriy va xlor ionlari bir-biri bilan Kulon kuchi bilan tor- tishishib, NaCl kristall panjarasini hosil qiladi

Ionlar orasida Knlon kuchi tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog'lanish ionli boglanish deb ataladi

Ba'zi suyuqliklar elektr tokini o'tkazishi, boshqalari esa o'tkazmasligi mumkin. Suyuqlik- larning elektr tokini o'tkazishi yoki o'tkazmasligini 117- rasmda tasvirlangan oddiy asbob yordamida aniqlash mumkin. Bu asbob, asosan, shisha idish va unga tushirilgan ikkita ko'mir sterjen — elektrodlardan iborat. Elektrodlardan biri kalit orqali elektr manbaning bir qutbiga, ikkinchi elektrod esa lampochka orqali manba­ning boshqa qutbiga ulangan. Elektr manbaning musbat qutbiga ulangan elektrod anod deb, manfiy qutbga ulangan elektrod esa katod deb ataladi.

Elektrodli shisha idishga distillangan suv solamiz va kalitni ulaymiz. Bunda lampochka yonmaydi. Demak, distillangan suv elektr tokini o'tkazmaydi.

Kalitni uzamiz va idishdagi suvga osh tuzi solib, natriy xlorid eritmasini hosil qilamiz. So'ngra kalitni ulasak, lampochka yonganini ko'ramiz. Demak, natriy xlorid eritmasi elektr tokini o'tkazar ekan.



4. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Qisqacha test

1) Turli ishoralarga ega bo’lgan natriy va xlor ionlari bir – biri bilan …….kuchi bilan tortishib, NaCI kristall panjarasini hosil qiladi? (Kulon)

2) Elektr manbaning musbat qutbiga ulangan elektrod ……..deb ataladi? (anod)

3) Elektr manbaining manfiy qutbga ulangan elektrod……..deb ataladi? (katod)

4) Suyuqlikda ionlarga ajraladigan va shu sababli elektr tokini o’tkazadigan moddalar…………deb ataladi? (elektrolitlar)
5. O’quvchilarni baholash: Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi

6. Uyga vazifalar.



      1. Darslikdan 31- § ni o'qish.

      2. Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.


44-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Elektroliz. Faradeyning qonunlari

Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga elektroliz, Faradeyning birinchi qonuni haqida nazariy va ilmiy tushunchalarni hosil qilish

b) O’quvchilarga axloqiy va estetik tarbiya berish, ekologik bilimlarni oshirish

d) O’quvchilarning tasavvur ko’lamini kengaytirish, dunyoqarashini rivojlantirish



Dars turi: yangi bilim berish

Dars uslubi: suhbat, savol – javob

Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.



  1. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

  2. Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

  3. Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.

  4. O’quvchilarni baholash- 2 minut

  5. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi

          1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2. O'tilgan mavzuni takrorlash:

1) Ion nima? Uning atomdan farqi nimadan iborat?

2) Ionli bog’lanish deb nimaga aytiladi?

3) Natriy xlorid suv molekulalari ta’sirida qay tarzda ionlarga ajraladi?

4) Elektrolitlar deb qanday moddalarga aytiladi?

3. Yangi mavzu bayoni:

Elektr zanjir kaliti ulanib, elektrolitda elektr maydon hosil qilinganda musbat ionlar katodga, manfiy ionlar anodga qarab harakatlanadi. Ionlar elektrodlarga yetib borgandan keyin o'z zaryadlarini elektrodlarga berib, neytral atomlarga aylanadi va cho'kma hosil qiladi. Elektrodlarga qancha ko'p ion borsa, ular sirtida shuncha ko'p modda yig'iladi.

Quyidagi tajribani o'tkazaylik.

Elektrodli shisha idish — elektrolit vannadagi suvga mis kuporosi CuS04 ni solib, elektrolit hosil qilaylik. Bunda mis kuporosi Cu2+ va S042 ionlarga ajraladi. Elektrolitdagi Cu2+ ionlari katodga, S042" ionlari esa A anodga tomon harakat qiladi. Elektr zanjir kaliti ulanganda elektolitdan tok o'ta boshlaydi. Natijada katod sirtida Cu atomlari yig'ila boradi. Vaqt o'tishi bilan katoddagi mis qatlami qalinlashadi. Tok uzoq vaqt o'tkazib turilsa, katodda sezilarli darajada toza mis moddasi ajralib chiqqanini kuzatish mumkin.

Elektrolitdan tok o'tayotganda elektrodlarda modda ajralib chiqish bodisasi elektroliz deb ataladi.

Ingliz fizigi M. Faradey qator tajribalarda har xil elektrolitlardan turli miqdorda tok o'tkazgan. Elektrodlarda ajralib chiqqan moddaning massasini o'lchash natijalariga asoslangan holda, 1833—1834- yillarda elektrolizning ikki qonuninu kashf qildi.



Faradeyning birinchi qonuni

Faradey o'tkazgan tajribalar shuni ko'rsatdiki, elektrodlarda ajralib chiqqan modda massasi elektrodlar tomon harakat qilayotgan ionlar soniga, ya'ni elektrolitdan o'tayotgan zaryad miqdoriga bog'liq bo'ladi. Faradeyning birinchi qonuni elektroliz vaqtida ajralib chiqqan modda massasi bilan elektrolitdan o'tgan zaryad miqdori orasidagi bog'lanishni ifodalaydi. Bu qonun quyidagicha ta'riflanadi:

Elektroliz vaqtida elektrodlarda ajralib chiqqan moddaning massasi elektrolitdan o'tgan zaryadning miqdoriga to'g'ri proporsionaldir.

Ya'ni: m = kq,

bunda, m — ajralib chiqqan moddaning massasi; q — zaryad miqdori; к — proporsionallik koeffitsienti bo'lib, moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti deb ataladi.

Moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti elektroliz vaqtida ajralib chiqqan har bir modda uchun har xildir.



Faradeyning ikkinchi qonuni

7- sinf kimyo darslarida valentlik (Z), modda miqdori (v), moddaning molyar massasi (M), Avogadro doimiysi (NA = 6,02 • 1023 mol-1) haqida ma'lumotlar olgansiz. Ushbu mavzuni o'rganishda ana shu olgan ma'lumotlaringizga tayanasiz.

Elektrolitdan q = l∆t zaryad o'tgan bo'lsin. Elektrolitda bu zaryadni N ta ion tashiydi:

q = N(Ze) = I∆t, (1)

bunda: e — elementar zaryad, Ze — ionning zaryadi, Z — ionning valentligi, masalan, Na+ ioni uchun Z = 1, Cu2+ uchun Z= 2, Al3+ uchun Z = 3. (1) tenglikdan quyidagi ifoda kelib chiqadi:

N = I∆t/Ze (2)

Tok tashigan ionlar elektrodga o'tirib qoladi. Ularning to'liq massasini quyidagicha ifodalash mumkin: m = m0N,

bunda m0 —bitta atomning massasi.

Bitta atomning massasi shu modda molyar massasining Avogadro doimiysiga nisbati bilan aniqlanadi: m0 = M/NA

Elektroliz vaqtida elektrolitda ajralib chiqadigan moddaning massasi shu moddaning molyar massasiga, tok kuchiga hamda vaqtga to'g'ri proporsional, valentligiga esa teskari proporsionaldir.

Bu ta'rifning to'g'riligini quyidagi tajribada tekshirib ko'rish mumkin.

Uchta elektrolit vanna olib, ularning birinchisiga NaCl eritmasini, ikkinchisiga CuS04 eritmasini, uchinchisiga esa AgN04 eritmasini quyamiz. Elektrolitlarga botirilgan elektrodlarni o'tkazgich simlar bilan 121- rasmda ko'rsatilgandek ketma- ket tutashtirib, elektr manbaga ulaymiz. Elektroliz hodisasi tufayli har bir elektrolitdan tok o'tadi. Ular ketma-ket ulangani uchun har bir elektrolitdan o'tayotgan tok bir xil bo'ladi. At vaqt ichida birinchi va uchinchi elektrolitdagi elektrodlarga bir xil sondagi ionlar keladi. Chunki bu ikkala elektrolitdagi ionlarning zaryadlari teng bo'ladi. Lekin elektrodlarda ajralib chiqqan natriy va kumush moddalarining massasi har xil bo'ladi. Sababi Na va Ag atomlarining massalari har xildir. Elektrodlarda ajralib chiqqan natriy va kumushning massasini o'lchab, ularning massasi shu moddalarning molyar massalariga to'g'ri proporsional ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.

Tajribadagi ikkinchi elektrolitdagi elektrodga At vaqt ichida kelgan Cu2+ ionlarning soni birinchi va uchinchi elektrolitlardagi elektrodlarga kelgan Na+ va Ag+ ionlari sonidan ikki marta kam bo'ladi. Chunki elektrolizda ishtirok etgan natriy va kumush moddalari bir valentli, mis esa ikki valentlidir. Bu tajriba elektroliz vaqtida elektrodlarda ajralgan moddalarning massasi shu moddaning valentligiga teskari proporsional ekanligini tasdiqlaydi.


Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish