Yuqoridagi vaziyat mazmuni ostidagi tamoyiliga eng mos keladigan holatni toping.
A Sovuq havo insonning shamollashiga olib keladi deyish noto'g'ri, chunki shamollashga viruslar sabab bo'ladi. Viruslar bo'lsa iliq havoda va odam gavjum joylarda rivojlanadi.
В «Xorazmdan Samarqandga hech qaysi aviakompaniyalar parvozlarni amalga oshirmaydi»- deyish to'g'ri. Garchi ba'zi kompaniyalar Xorazm -Toshkent va ba'zilari Toshkent-Samarqand yo'nalishida parvozlarni yo'lga qo'ygan bo'lsa ham, hech qaysi aviakompaniyalar to'g'ridan-to'g'ri parvozlarni yo'lga qo'ymagan.
С «Yashil chimdagi kasalliklarning asosiy sababi ortiqcha o'g'itlash»- deyish to'g'ri, chunki o'g'itlar chimning tezda o'sib ketishiga olib keladi va tezda o'sgan chimning kasalliklarga moyilligi oshadi.
D «Sifatsiz motor moyi mashinalarning benzin sarfini ko'paytira olmaydi»- deyish noto'g'ri, chunki sifatsiz moy motor ishlash samaradorligiga salbiy ta'sir qiladi. Bunday ta'sir ostidagi motor benzin sarfini keskin oshishiga sabab bo'ladi.
E «Iskandar Zulqarnayn Aflotunning shogirdi bo'lgan»- deyish noto'g'ri. Iskandar Arastuning shogirdi bo'lgan va Arastu Aflotunning shogirdi bo'lgan.
Jahongir o'quvchilarning yozma ishlarini tekshirib chiqishi kerak. Lekin, unga ajratilgan vaqt belgilangan muddatda tekshirishni tugatishga yetmaydi. Bundan tashqari Jahongirga bu ishini bitirishda kamida bitta yordamchi ham zarur. Demak, Jahongir yozma ishlarni berilgan vaqtda tekshirib tugata olmaydi.
Yuqoridagi vaziyat mazmuni ostidagi tamoyilga eng mos keladigan holatni toping.
A «Altierra» korporatsiyasining har bir xodimi uch hafta ta'til oladi va Maya «Altierra» korporatsiyasi xodimi bo'lgani uchun u uch hafta ta'til olgan bo'lishi kerak.
В « Orzu » ko'chasidagi turar joy binosi buzilishi kerak. O'tgan yilgacha bino juda yaxshi holatda edi, ammo shu vaqtdan beri bino yashashga yaroqsiz bo'lib, jamoat uchun xavfli bo'lib qoldi.
С «Ogahiy» nomidagi maktabda o'qiydigan barcha o'quvchilar maktab atrofidagi hududda yashaydilar. Komil «Ogahiy» nomidagi maktab yaqinida yashaydi va shuning uchun Komil shu maktabga qatnaydi.
D Lochin shahridagi qarorni tasdiqlash uchun unda shahar hokimining imzosi bo'lishi kerak va 27-sonli qarorda bu imzo yo'q. Bundan tashqari, chiqariladigan qarorlar kengash a'zolarining ko'pchiligining ma'qullashiga ega bo'lishi kerak va 27-sonli qarorda bu ham yetishmayapti. Shunday qilib, 27-sonli qaror Lochin shahrida tasdiqlanmaydi.
E Maktabda qizil diplom olish uchun hamma fanlardan a'lo baho olish kerak. Tohir maktabda hamma fanlarda a'lo baho olmagan, shuning uchun qizil diplom olmaydi.
Elektr ta'minoti tashkilotining ishchisi shamollar mavsumi yaqinlashayotgani sababli elektr simlariga tegib turgan daraxt shoxlarini kesib chiqadi. Chunki kuchli shamol paytida daraxt shoxlari elektr simlariga qattiq shikast yetkazishi m um kin. Bu ishchi ba'zi daraxtlarning simlarga tegib turgan shoxlarini kesib tashlash shart emas deb o'ylaydi, chunki bu daraxtlarning egalari bu shoxlarni kesmoqchiligini bildirishgan.