Yechish . Tangalarni 1, 2, 3 …, 7 sonlari bilan belgilaymiz.
Birinchi tortishda 1, 2, 3 nomerli tangalarni 4 , 5, 6 nomerlilari bilan taqqoslaymiz .
Agar ularning massalari teng bo’lsa , u holda har bir tarozi pallasida bittadan qalbaki tanga bo’lib , 7- tanga haqiqiy bo’ladi.
Keyingi tortishda , 1- va 2- nomerli tangalarni taqqoslaymiz. Agar ular bir xil massali bo’lsa , u holda ularning har ikkalasi haqiqiy bo’ladi; agarda ulardan biri og’irroq bo’lsa , u holda 3- va 7- nomerli tangalar haqiqiy bo’ladi.
Agar birinchi tortishda palladagi tangalarning massalari teng bo’lmasa , u holda og’irroq palladagi tangalar haqiqiy bo’ladi.
misol .
O’nliklar soni birliklar sonidan 1 taga ortiq bo’lgan barcha ikki xonali sonlarni yozing.
358 , 853, 385 sonlarini diqqat bilan ko’zdan kechiring hamda ularning yozuvidagi o’xshashlik va farqli tomonlarini aniqlang.
misol .
Ko’chadagi uylar 1 dan 50 gacha nomerlangan bo’lsa , 4 raqami necha marta ishtirok etgan?
misol.
Agar raqamlar takrorlanmasa 7 , 4, 8 va 0 raqamlaridan nechta turli natural son tuzish mumkin?
misol.
Siz nechanchi yil , qaysi oyning qaysi sanasida tug’ilgansiz ?
O’sha kundan boshlab bugungacha necha kun o’tdi?
misol.
l li va 5 l li yordamida 1 l li suyuqlikni qanday o’lchash mumkin?
misol .
va 0 raqamlaridan foydalanib , 0 raqami ikki marta va 4 raqami uch marta ishtirok etadigan besh xonali sonlarni yozing .
misol .
Uchta bir xil uzukdan biri qolganlaridan biroz yengil. Uni pallali tarozida bir marta tortish orqali qanday aniqlash mumkin?
Uyga vazifa .
Ismoilning bo’yi 1 m 40 sm ga teng . U avval bo’yini detsimetrlarda , so’ngra santimetrlarda va nihoyat millimetrlarda
ifodalab , natijalarni quyidagicha yozdi: 1 m 40 sm = 14 dm = 140 sm = 14 000 mm. Ismoil qayerda xatolikka yo’l qo’ygan ?
Ustunlardagi moslikni aniqlang va hosil bo’lgan so’zni o’qing. U nimani bildiradi ?
|
270 m
|
|
3 km 5 m
|
|
2 dm 7 sm
|
|
4 m 2 dm 1 sm
|
|
6 dm 3 mm
|
|
6 m 3 dm
|
3005 m
|
I
|
421 sm
|
K
|
27000 sm
|
S
|
630 sm
|
L
|
270 mm
|
R
|
603 mm
|
U
|
1 dan 100 gacha bo’lgan natural sonlar ketma – ket bitta son kabi yozilgan deylik. Necha xonali son hosil bo’ladi ? Bu sonda qaysi raqam uchraydi : 1) 0 raqamimi yoki 9 raqamimi ? 2) 5 raqamimi yoki 7 raqamimi ?
Kattaliklarni taqqoslang va ularni kamayib borish tartibida joylashtiring . Hosil bo’lgan so’zni o’qing. U nimani bildiradi?
121 sm
|
10 dm 7 sm
|
1250 mm
|
1 m 18 sm
|
95 sm
|
1 m 2 dm 3 sm
|
I
|
M
|
A
|
R
|
A
|
Y
|
Uzunligi 36 sm bo’lgan kesma uchta kesmaga bo’lingan. Chetki kesmalarning o’rtalari orasidagi masofa 20 sm ga teng. O’rtadagi kesmaning uzunligini toping.
Darslik sahifalarini nomerlash uchun 706 ta raqam ishlatilgan. Shu darslik sahifali ? Odatda, kitoblarni sahifalashda 3- betdan (3 raqamidan) boshlanadi.
4 ta ikki va arifmetik amallar yordamida shunday sonli ifodalar tuzingki, ularning qiymatlari 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 ga teng bo’lsin .
Kesma uchta kesmaga bo’lingan. Chetki kesmalarning o’rtalari orasidagi masofa 40 sm ga teng . O’rtadagi kesmaning uzunligi esa 18 sm. Berilgan kesmaning uzunligini toping.
Parrandachilik fabrikasida 4565 ta tovuq , 2900 ta o’rdak va 2700 ta g’oz bor. Bir oyda bir tovuqqa 3 kg , bir o’rdakka 5 kg , bir g’ozga 6 kg don kerak bo’ladi. Fabrikaning hamma parrandalariga bir oyda qancha don ketadi ?
Un zavodiga birinchi kun 724 sr , ikkinchi kun undan 632 sr ortiq, uchinchi kun esa birinchi va ikkinchi kuni keltirilgan bug’doy qancha bo’lsa undan 4 marta ko’p bug’doy keltirildi. Zavodga uchinchi kuni qancha bug’doy keltirilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |