dars. Tekislik . To’g’ri chiziq. Nur.
Tekislik . Tekislik hamma tomonga cheksiz davom etadigan chegarasiz geometrik shakldir. Sinf doskasi , daftar yoki kitobingiz varag’i , stolning ustki qismi , deraza oynasi kabi jismlar tekislik haqida tasavvur beradi.
To’g’ri chiziq. Tarang tortilgan ip , to’g’ri yotqizilgan temiryo’l relslari to’g’ri chiziq haqida tasavvur beradi.
Nur . To’g’ri chiziqning bir tomondan chegaralangan qismi (bo’lagi) nur deyiladi.
O nuqta orqali : 1) 2 ta to’g’ri chiziq ; 2 ) 3 ta to’g’ri chiziq o’tkazilgan. Har bir holda boshi O nuqtada bo’lgan nechta nur hosil bo’ladi ?
Kesishuvchi 2 ta to’g’ri chiziq tekislikni nechta qismga ajratadi ?
Uchta kesma chizing : AB= 5 sm , BC = 3 sm , CD = 4 sm 5 mm. Ular bitta to’g’ri chiziqda yotishi shartmi ? Qanday hollar bo’lishi mumkin ? Mos rasmlar chizing .
Amallarni bajaring :
1) 2 m 45 sm + 3 m 40 sm
2) 3 km 200 m – 2 km 800 m
8 dm 3 sm + 29 sm 4) 750 sm – 3 m 40 sm
Tenglamani yeching :
1) x+700=1000
2) 200+x=1500
3) 750-x=100
4) 2*x=190
5) x:3=48
6) 280: x=7
To’g’ri chiziq va nur tekislikda qanday joylashishi mumkin? Mos rasmlar chizing .
Uyga vazifa .
Ixtiyoriy uchtasi bir to’g’ri chiziqda yotmaydigan n ta nuqtadan n (n – 1): 2 ta to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin . Bu tasdiqning to’g’riligini : 1) n=3 ; 2) n = 4; 3) n = 5 bo’lganda sinab ko’ring .
Mohiraning tug’ilgan kunidan boshlab 2014 – yil 25 – yanvarigacha 6234 kun o’tdi . U nechanchi yilning qaysi oyi va qaysi sanasida tug’ilgan ?
Quyidagi sonlar qatorini ko’zdan kechiring : 1,2,3,4,6,7,9,10,…; 3,4,5,6,7,8,9,10, …; 1,2,3,5,6,7,8,9,10, …; 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,… .
Bu yozuvlarni har birini natural sonlar qatorining yozuvi deb hisoblash mumkinmi ?
Hozir akasi 26 yoshda , ukase esa 6 yoshda . Necha yildan keyin akasi ukasidan uch marta katta bo’ladi ?
Mirahmadning opalari nechta bo’lsa , akalari ham shuncha. Katta opasining singillari soni ukalari sonidan 2 marta kam . Bu oilada nechta o’g’il va nechta qiz bor ?
Ali Valiga : agar sen menga 1 ta yong’oq bersang , mendagi yong’oqlar senikidan 3 marta ko’p bo’lar edi .
Vali Aliga : agar sen menga 1 ta yong’oq bersang , ikkilamizdagi yong’oqlar soni teng bo’lar edi . Qani , toping-chi , Alida nechta , Valida nechta yong’oq bor ?
Koordinata nurida :
1) 25 333 + x = 888 888 ;
2) 25 333 + x = 999 999
Tenglamalardan qaysi birining ildizi chapda joylashgan ? Shu ildizni toping .
Koordinata nurida 13 sonidan : 1) 6 birlik ; 2) 18 birlik ;
3) 9 birlik uzoqlikdagi sonlarni toping .
9 . Tenglamani yeching va uning ildizini koordinata nurida belgilang :
1) 34 – 4 *x = 18 ;
2) 8946 : y = 1492 – 214 ;
3) 750 : z = 125 .
10. Quyidagi yozuvlarda ba’zi raqamlar harflar bilan almashtirilgan (bir xil raqamlar bir xil harflar bilan almashtirilgan). Shu rebuslarni hal qiling .
ABC + ACB = BCA
BB + A+A = CCC .
Do'stlaringiz bilan baham: |