O'xshash tamoyilni topishga doir savollarning уana bir turida mukohamadagi xato fikrga o'xshash fikrni topish kerak bo'ladi.
Masalan :
Donyor har kuni atayin gullarni sug'oradi. Ammo o'simlik ko'p suv talab qilmaydi va quruqroq tuproqda yaxshi o'sadi, shuning uchun tez-tez sug'orish bu o'simlikni nobud qiladi. Shuning uchun Donyor o'simlikni qasddan nubud qilgan.
Quyidagilardan qaysi biri yuqoridagi dalilda keltirilgan nuqsonli fikrlash uslubiga o'xshash fikrlash tamoyiliga ega?
A Bek Kumushdan 1000 so'm o'g'irlab, futbol o'yinida bir jamoa uchun pul tikdi. Bu futbol o'yinida Bek 10000 so'm yutib oldi. Shuning uchun Bek Kumushdan alsida 10000 so'm o'g'irlagan.
В Sayyora qahvani Perudagi tog'larda yetishtirilishini va Peru Janubiy Amerikada ekanligini biladi. Shuning uchun Sayyora qahvaning Janubiy Amerikada yetishtirilishini bilishi kerak.
С Restoran egasi o'z restoranining menyusidan biron taomni olib tashlashga qaror qildi. Ushbu qaror Jasminani hafsalasini pir qildi, chunki bu taom uning sevimli taomi edi. Shuning uchun restoran egasi Jasminaning hafa qilishga qasd qilgan.
D Kuchli yomg'ir tog'onnining buzilishiga sabab bo'ldi, to'g'onning yorilishi oqibatida dalalarni suv bosdi. Shuning uchun kuchli yomg'ir dalalarni suv bosishiga sabab bo'ldi.
E Elektr stantsiyasi kanaldagi suv haroratini ko'tarilishiga sabab bo'lgan va suv harorati ko'tarilganligi sababli baliqlar kamayib ketgan. Shuning uchun elektr stantsiyasi baliqlarning kamayishi uchun javobgardir.
Muhokamadagi xatolik nima?
Gullar kam suv talab qiladi va quruqroq tuproqda yaxshi o'sadi. Donyor gulni tez-tez sug'orib ularni ATAYIN nobud qildi deyilyapti. Lekin Donyor gulni tez-tez sug'ormaslikni oldindan bilarmidi? Nega biz uni atayin shu ishni qilgan deya olyapmiz? Ahir hech qanday
asosimiz yo'qku. Manashu muhokamadagi nuqsonli fikrlashni aks ettiradi. Huddi shunga o'xshash fikrlash С javobda turibdi. Restoran egasi menyudan bitta taomni olib tashladi. Jasmina bundan hafa bo'ldi. Lekin restoran egasi taomni menyudan olinishi Jasminani hafa qilishini bilarmidi? Buni bilishni iloji yo'q. Unda nega Jasminani hafa qilishga QASD qilgan deyapmiz? Qasd qilish = Atayin qilish. Demak bunday fikrlash xato va savoldagi fikrlashga o'xshashdir