Savol va topshiriqlar
1. Yetakchi va ko'makchi fe'llar qanday fe'llar ekanligini tushuntiring.
2. Yuqorida misollardan foydalangan holda uxlamoq, o'ynamoq, qaramoq fe'llarini yetakchi shaklga kiritib, uni ko'makchi fe'llar bilan biriktiring, ma'nosini tushuntiring.
BO'LISHLI VA BO'LISHSIZLIK SHAKLLARINING
USLUBIY XUSUSIYATLARI
Dars maqsadi: o’quvchilarning o'rta umumiy ta’limda fe'lning bo'lishli va bo'lishsizlik shakllari yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish.
Fe'lning bo'lishsizlik shakllaridan o'rinli foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.
R e j a:
1. Fe'lning bo'lishli va bo'lishsizlik shakllari haqida ma'lumot.
2. Fe'lning bo'lishsizligini ifodalovchi vositalar.
3. Fe'ining bo'lishsizlik shakllari o'rtasidagi mazmuniy va uslubiy farqlanishlar.
Fe'l asosidan ifodalangan harakatning ro'y berish yoki bermasligini bildirgan shakllarga bo'lishli-bo'lishsizlik shakllari, shunday shakllar sistemasiga bo'lishli-bo'lishsizlik kategoriyasi deyiladi.
Bo'lishsizlik ma'nosi maxsus shakllarga ega. Bo'lishlilik ma'nosi esa, aksincha, bunday shakllarga ega emas.
Masalan, keldi — bo’lishli; kelgan emas, kelgan (i) yo'q — bo'lishsiz.
Bo'lishsiz fe'llarning shaxs-son qo'shimchalari bilan o'zgarishi o'ziga xos xususiyatga ega. Bo'lishsizlik ma'nosi emas vordamida ifodalanganda shaxs-son qo'shimchasi undan so'ng, yo'q yordamida ifodalanganda esa oldin qo'llaniladi. Qiyoslang:
keldim
|
Kelmadim
kelgan emasman
kelganim yo'q
|
kelding
|
kelmading
kelgan emassan
kelganing yo'q
|
|
keldi
|
kelmadi kelgan emas
kelgan (i) yo'q
|
|
Ayrim shevalarda shaxs-son qo'shimchalari yo'q dan so'ng qo'shiladi. Masalan, borganim yo'q o'rniga borgan yo'qman, borganing yo'q o'rniga borgan yo'qsan.
Bo'lishsizlikning yuqoridagi uchta shakli (-ma, emas, yo'q) o'rtasida ham ma'lum ma'no farqlanishi bor. Sifatdoshning -gan shakli uch xil bo'lishsizlik shakliga ega: 1. Borganim yo'q — fe'ldan anglashilgan harakatning oddiy inkori («borish kerak edi, lekin bormadi») ma'nosini bildirmoqda. 2. Borgan emasman — umuman borilmaganlikni ifodalamoqda. 3. Bormaganman — qat'iy inkorni anglatmoqda.
Kelib ketdi, yozib qo'ydi singari yetakchi va ko'makchi fe'l qolipidagi fe'llarda bo'lishsizlik qo'shimchalari ikki qismning bittasiga (yo yetakchi qismga, yo ko'makchi qismga) yoki har ikki qismga qo'shilib kelib, turli ma'nolarni ifodalaydi.
1. Fe'lning yetakchi qismi bo'lishsiz shaklni oladi:
O'qib qo'ydi O 'qimay qo'ydi
2. Fe'lning ko'makchi qismi bo'lishsiz shaklni oladi:
O'qib qo'ydi O'qib qo'ymadi
3. Fe'lning har ikki qismi bo'lishsiz shaklga ega bo'ladi:
O'qib qo'ydi O'qimay qo'ymadi
Birinchi holatda bo'lishsiz shakl davomiy bo'lishsizlik ma'nosini, ikkinchi holatda bir martalik harakat inkorini, uchinchi holatda esa tasdiq ma'nosini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |