1-dars. Morfologiya va uning o’rganish ob’yekti. So'Z turkumlari dars maqsadi



Download 0,51 Mb.
bet39/51
Sana23.09.2021
Hajmi0,51 Mb.
#182561
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51
Bog'liq
1-dars. Morfologiya va uning o’rganish ob’yekti. So'Z turkumlari

Savol va topshiriqlar
1. Bo’lishli-bo’lishsizlik kategoriyasi deb nimaga aytiladi?

2. Bo’lishsizlikning uchta shakli (-ma, emas, yo’q) o’rtasidagi farqni tushuntiring.


15-dars. RAVISHLARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Dars maqsadi: talabalarning o'rta umumiy ta'limda ravish yuzasidan olgan bilimlarini rnustahkamlash va chuqurlashtirish.

Talabalarda ravishlardan o'rinli foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.



R e j a:

1. Ravish haqida umumiy ma'lumot.

2. Ravishlarning ma'no turlari.

3. Tub va yasama ravishlar, ravish yasovchi qo'shim­chalar va ularning uslubiy xususiyatlari.

Harakatning belgisini (payt, o'rin, holat-tarz, miqdor, maqsad kabi belgilarni) bildirgan so'z turkumiga ravish deyiladi.

Ravishlarning ma'no turlari va ularning o'ziga xos xususiyatlarini quyidagi jadvalda ko'ring:


T/r

Ravishlarning ma'no turlari

Ma'nosi va qoidasi

Sinonimik so'rog'i, vasifasi

Misollar

1.

Holat ravishi

Harakatning qay tarzda bajarilishini bildirgan ravishlarga holat ravishi deyi­ladi.

qanday? qanaqa?

qo'qqisdan, bexosdan, se- kin, tez (-da, -dan), yayov, piyoda, darhol kabilar

2.

Payt ravishi

Harakatning bajari­lish paytini bildirgan ravishlarga payt ravi­shi deyiladi.

qachon?

qachongacha?

qachondan?


bugun, kecha, avval, hozir, doim, erta-indin, yaqinda kabilar

3.

O'rin ravishi

Harakatning bajari­lish o'rnini bildirgan ravishlarga o'rin ravishi deyiladi.

qayer?

qayerda?


qayerga?

oldinda, olisda, uzoqdan, yaqindan, yuqoriga, pastga

4.

Miqdor-daraja ravishi

Harakatning miqdor- darajasini bildirgan ravishlarga miqdor- daraja ravishiari deyiladi.

qancha? qanchacha?

ancha, picha, sal-pal kabilar

5.

Maqsad ravishi

Harakatning bajari­lish maqsadini bil­dirgan ravishlarga maqsad ravishiari deyiladi.

nimaga?

nahot?


nega?

atay, ataylab, qasddan, o'rta- cha kabilar

Holat ravishlari tarkibiga kirgan qo'qqisdan, to'satdan. birdaniga, birdan singari ravishiar harakatning kutilmagan paytda tez yuzaga kelganini ifodalaydi.

To'satdan ravishi ayrim shevalarda to'sindan holida ham talaffuz qilinadi. Bunda u dialektal variant sanaladi.

Yoki yaqinda, uzoq ravishlari harakatning bajarilish payti yoki o'rni ma'nolarini ifodalaydi. Yaqinda keldi-yaqinda joylashgan so'zlaridagi yaqinda so'zi ikkita mustaqil leksema sanaladi.

Ravishiar tub va yasama ravishlarga bo'linadi.

Hech qanday yasovchi qo'shimchalarsiz qo'llaniladigan ravishlarga tub ravishlar deyiladi. Masalan, qo'qqis, doim, birpas va boshq.

Asos qismga yasovchi vositalar qo'shib hosil qilingan ravishlarga yasama ravishlar deyiladi. Masalan, xotinchasiga, bolalarcha, mardona kabi.

Yasama ravishlar yasashga asos qismga yasovchi qo'shimcha qo'shish yordamida yoki so'zlarni bir-biriga qo'shish orqali hosil qilinadi.

Yasashga asos qism ot, sifat, olmosh, sifatdosh va ba'zan ravish bo'lishi mumkin. Quyidagi qo'shimchalar ravish yasash uchun xizmat qiladi:

-cha: yangicha, eskicha, hozircha, uningcha, shuncha, o'zbekcha kabi

-larcha: mardlarcha, do'stlarcha, qardoshlarcha

-lab: harflab, haftalab, tonnalab

-ona: itoatkorona, mardona, mag'rurona

-lay (-layin): tiriklay, tiriklayin, butunlay -n (-in, -un): ertan-kechin, qishin-yozin, ochin-to'qin, ostin-ustun

Ravish yasovchi -larcha qo'shimchasidagi -cha qismi kabi, singari ko'makchilari bilan sinonimik munosabatda bo'ladi. Shuning uchun ular ko'pincha almashtirib qo'llaniladi.

Masalan, mardlarcha — mardlar kabi, yovuzlarcha — yovuziar singari. Shuningdek, ravish yasovchi -cha qo'shimchasi otlardagi kichraytirish erkalash qo'shimchasi bo'lgan -cha bilan omonimik munosabatda bo'ladi. Masalan, yosh yigitcha — yigitcha ishladi.

Bu o'rinda -cha qo'shimchasining omonimligi asosida leksema omonimligi vujudga kelgan: yigitcha: 1. Kichkina yigit. 2. Yigit kabi.



-cha ning bu ikki vazifasi urg'u bilan ham farqlanadi. Kichraytirish-erkalash ma'nosini bildiruvchi -cha qo'shimchasi urg'u oladi. Yigitcha, qizcha, kuchukcha kabi. Ravish yasovchi -cha qo'shimchasi esa urg'u olmaydi. Urg'u so'zning bu qo'shimchadan oldingi bo'g'iniga tushadi: yigitcha, xotincha, erkakcha kabi.

-cha qo'shimchasini tushirib qoldirib, bu qo'shimchani olgan so'z oldidan kichkina so'zini qo'yish mumkin bo'lsa, -cha qo'shimchasi otning kichraytirish-erkalash shaklini hosil qiluvchi qo'shimcha sanaladi. Masalan, quticha — kichkina quti, uycha - kichkina uy kabi.

-cha o'rniga -dek, kabi, singari ko'makchilarini qo'shish mumkin bo'lsa, u ravish yasovchi qo'shimcha hisoblanadi. Masalan, yigitcha — yigit kabi (singari).

So'zlarni takrorlash va juftlash yo'li bilan ham ravish yasash mumkin. Masalan, nari-bert, hali-beri, naridan beri, erta-indin, tezrtez, juda-juda, qadam-baqadam singari ravishlarga e'tibor bersangiz, ularda bir so'zning takrorlanishini yoki o'zaro ma'nodosh va zid ma'noli ikki so'zning juft keltirilganligining guvohi bo'lasiz. Masalan, tez-tez (bir so'zning takrori), eson-omon (ma'nodosh so'zlaming juftlashishi), avval-oxir, erta-kech (zid ma'noli so'zlar juftlashishi).

Bunday ravish qismlari o'rtasiga yozuvda doimo chiziqcha qo'yib yoziladi.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish