Savol va topshiriqlar
1. O'lchov so'zlari deganda qanday so'zlarni tushunasiz?
2. O'lchov so'zlarining qanday ma'no turlarini bilasiz?
3. Sof o'lchovni bildiradigan so'zlar bilan faqat matn ichida o'lchov bildiradigan so'zlarni ayting.
8-dars. OLMOSHLARNING MA'NO XUSUSIYATLARI
Dars maqsadi: olmoshlarning ma'no xususiyatlari haqidagi talabalarning bilimlarini mustahkamlash.
R e j a:
1. Olmosh va uning vazifalari.
2. Olmoshlarning ma'no turlari.
Barcha mustaqil so'z turkumlari va hatto yordamchi so'zlar hamda gap o'rnida almashinib kelgan so'zlarga olmosh deyiladi.
Olmoshlar ot, sifat, son, ravish, fe'l o'rnida va ba'zan yordamchi so'z, gap o'rnida almashinib keladi. Masalan, Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat hag'ishladi. Gullarning ko'pi pushti rangda. Ana shu rang menga juda yoqadi. Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog'bonning jahlini chiqardi. Va bog'lovchisi o'zaro teng ma'noli gaplarni boglaydi. Bu teng bog'lovchilar sirasiga kiradi. Bu gaplarning birinchisida gul (ot) o'rnida u, ikkinchisida pushti (sifat) o'rnida ana shu, uchinchi gapda uza boshladi (fe'l) o'rnida bu so'zlari, to'rtinchi gapda va bog'lovchi o'rnida bu olmoshi almashinib kelyapti.
Olmoshlar bevosita atash ma'nosiga ega bo'lmaganligi uchun «ichi bo'sh so'zlar» deb ham yuritiladi.
Olmoshlar qanday so'zlaming o'rnida ahnasbinib kelishi va qanday ma'noni ifodalashiga ko'ra bir necha ma'no turlariga bo'linadi. Buni quyidagi jadvalda ko'ring:
T/r
|
Olmoshlarning ma'no turlari
|
Ma'nolari va ta'rifi
|
Misol lar
|
1
|
Kishilik olmoshlari
|
Shaxs ma'nosini bildiruvchi otlar o'rnida almashinib keladi va ularga ishora qiladi. Shaxs ma'nosini bildiruvchi so'zlar o'rnida qo'llanib, unga ishora qiluvchi olmoshlarga kishilik olmoshlari deyiladi.
|
men (kamina) - biz sen - siz u — ular (alar)
|
2
|
Ko'rsatish olmoshlari
|
Mustaqil so'zlar yoki gaplar o'rnida kelib, ularni ko'rsatib keladi. Mustaqil so'zlar orqali ifodalangan shaxs, prodmet belgi, harakatlarni ko'rsatib kelgan olmoshlarga ko'rsatish olmoshlari deyiladi.
|
u, bu, shu, o'sha, mana bu (manavi), mana shu, ushbu
|
3
|
So'roq olmoshlari
|
So'zlovchiga noma'lum bo'lgan shaxs narsa, belgi-xususiyatlarni so'rash ma'nosini bildiradi. Shaxs, narsa, belgi-xususiyat, harakat- holatlarni so'rash uchun ishlatila- digan olmoshlarga so'roq olmoshlari deyiladi.
|
kim? nima? qachon? qaysi? qancha? necha? nimaga? qani? nima qildi? nima bo'ldi?
|
4
|
Birgalik - ajratish olmoshlari
|
Shaxs, narsa, belgi-xususiyat bildiruvchi mustaqil so'zlar o'rnida almashinib, ularning ma'nosini umumlashtirib, jamlab keladi. Musiaqil so'zlar o'rnida kelib, uning ma'nosini jamlab, umumlashtirib keluvchi olmoshlarga birgarlik olmoshlari deyiladi.
|
1) jamlik olmoshlari: hamma, barcha, bari
2) ajratish olmoshlari: har kim, har nima, har qancha, har qanday, har qaysi, har bir, har narsa
|
5
|
Bo'lishsizlik olmoshlari
|
Shaxs-narsa, belgi-xususiyat bildiruvchi mustaqil so'zlar o'rnida kelib, uning inkorini bildiradi. Mustaqil so'zlar o'rnida kelib, uning inkorini bildirgan olmoshlarga bo’lishsizlik olmoshlari deyiladi.
|
hech kim, hech nima, hech qancha, hech qanday, hech qanaqa, hech narsa, hech bir
|
6
|
O’zlik olmoshi
|
Uchala shaxsdagi kishilik olmoshlari o'rnida qo'llanib, ma'nosini ta'kidlab keladi. Kishilik olmoshlari o'rnida kelib, uning ma'nosini ta'kidlab ko'rsatuvchi olmoshga o'zlik olmoshi deyiladi.
|
o’z
|
7
|
Gumon olmoshlari
|
Shaxs-narsa, belgi-xususiyat bildiruvchi mustaqil so'zlar o'rnida kelib, uning ma'nosini taxminlab, gumonlab keluvchi olmoshlarga gumon olmoshari deyiladi.
|
allakim, allanarsa, allaqanday, allaqancha kabi
kimdir, nimadir, qaysidir
|
Do'stlaringiz bilan baham: |