1. Kimyoviy bog’lanish deb nimaga aytiladi?
2. Kimyoviy bog’lanishlarning qanday xususiyatlari bor?
3. Kimyoviy bog’lanish uzunligi deganda nimani tushunasiz va u nimalarga bog’liq?
4. Kimyoviy bog’lanish energiyasi deganda nimani tushunasiz va u nimalarga bog’liq?
5. Kimyoviy bog’lanish tartibi nima?
6. Kimyoviy bog’lanishning qanday turlari mavjud?
7. Kovolent bog’lanish deb nimaga aytiladi?
8. Kovolent bog’lanishda hosil bo’lgan kimyoviy bog’lar elektron bulutlarning joylashuviga
ko’ra σ – “sigma” va π – “pi” bog’lanishlarga farqlanadi. σ – “sigma” va π – “pi” bog’lanishlarga
ta’rif bering.
9. Qutbsiz kovolent bog’lanish deb nimaga aytiladi va u qanday hosil bo’ladi?
10. Qutbli kovolent bog’lanish deb nimaga aytiladi va u qanday hosil bo’ladi?
11. Qanday bog’lanish donor-akseptor bog’lanish deyiladi va u qanday hosil bo’ladi?
12. Vodorod bog’lanish deb nimaga aytiladi va u qanday hosil bo’ladi?
13. Molekulalararo va ichki molekulyar vodorod bog’lanish qanday hosil bo’ladi?
14. Ion bog’lanish deb nimaga aytiladi va qanday hosil bo’ladi?
15. Metall bog’lanish deb nimaga aytiladi va qanday hosil bo’ladi?
16. To’yinuvchanlik va yo’naluvchanlik xususiyati qanday bog’lanishli moddalarga xos?
17. Suv moddasida qaysi turdagi kimyoviy bog`lar mavjud?
1)ionli 2)kovalent 3)qutbli-kovalent 4)vodorod
A)1,2 B)1,3 C)1,4 D)2,3 E)3,4
18. Mis kuparosining formulasi [Cu(H 2 O) 4 ]SO 4 ∙H 2 O shu moddaning xususiyatini aks ettiradi. Bu
birikmada qanday bog`lar mavud?
1)ionli 2)kovalent 3)qutbli-kovalent 4)donor-akseptor 5)metal 6)vodorod
A)1,2,5,6 B)2,4,5,6 C)1,3,4,6 D)1,4,5,6 E)2,3,5,6
19. Sariq qon tuzi tarkibidagi markaziy atom bilan ligandlar orasidagi bog` qaysi turga mansub?
A)vodorod B)metal C)ionli D)donor-akseptor E)kovalent
20. SiF 4 bilan HF birikib H 2 [SiF 6 ] hosil qiladi. CF 4 shunday birikma hosil qilmaydi. Buning sababi nimada?
A)uglerod atomida aktseptorlik vazifasini bajaradigan bo'sh elektron orbital yo'q
B)uglerod atomining elektromanfiyligi kremniynikidan katta ' .
C)uglerod atomining radiusi kichik bo' lishi
D)C-F bog'i qutbliligi Si-F nikidan kichik bo'lishi sababli
E)uglerodning ionlanish potentsiali kremniynikidan katta bo'lishi tufayli
21. Uglerod , galliy, mishyak, magniy, brom atomlaridagi eng ko'p valent elektronlar sonini
aniqlang.
A) 2,4, 3, 5, 7 B) 2, 5, 3, 2, 1 C) 4, 3, 5, 2, 7
D)4, 3, 3, 2, 7 E) 4,4, 3,2, 1
22. Quyidagi burikmalarni ulardagi bog' barqarorligining ortib borish tartibida joylashtiring.
1.HC1; 2.HF; 3.HBr; 4. HJ.
A) 4, 3, 1, 2 B) 1, 2, 4, 3 С) 1, 4, 2, 3 D) 4, 3, 2, 1 E) 3, 4, 2, 1
23. Qaysi birikmalar kovalent bog'lanish yordamida hosil bo'lgan?
1. H 2 2. HBr(gaz) 3. ТiO 4. FeCl 2 5. CH 2 O
A) 1,3, 5 B) 1, 2, 5 С) 1, 2, 4 D) 1,2,3 E) 1,4,3
24. Qaysi birikmalar vodorod bog' hosil qiladi?
l.C 3 H 8 ; 2.C 3 H 7 OH; 3.H 2 S; 4. C 2 H 5 NH 2 ; 5. H 2 O ; 6. C 2 H 6
A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 С) 1, 2,4, 5 D) 1, 2, 5, 6 E) 1, 2, 3, 5
25. Kislorod va azot atomlarining elektron tuzilishiga tayangan holda, ular uchun maksimal
valentlik qiymatini aniqlang.
A)4,4 B)2,3 C)2,4 D)2,5 E)3,5
26. Kovalent bog'lar hisobiga tuzilgan molekulali moddalarning xususiyatlari qaysi javoblarda
to'g'ri ko'rsatilgan?
1) molekulyar massalari nisbatan yuqori; 2) suyuqlanish temperaturasi nisbatan past; 3) suvdagi
eruvchanligi yaxshi;
4)organik erituvchilardagi eruvchanligi yaxshi;
5)molekulalardagi bog'larning to'yinuvchan bo'lmasligi;
6)molekulalardagi bog'larning yo'naluvchan bo'lishligi.
A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,4,6 D) 2,5,6 E) 2,3,5
27. Karbonat kislota molekulasida qanday bog'lar mavjud?
A) qutbli kovalent B) qutbli kovalent va qutbsiz kovalent
C) qutbli kovalent va ionli D) qutbli kovalent va d-bog'lar
28. Qaysi birikmalarda atomlar ion bog'lanish orqali bog'langan?
1) ammiak; 2) karbonat angidrid; 3) seziy ftorid; 4) natriy xlorid; 5) vodorod sulfid; 6)
uglerod(IV) sulfid; 7) kaliy bromid.
A) 1,2,4 B) 2,4, 6 C) 3, 4, 7 D)4,5,6 E)l,4,7
29. Na[Al(OH) 4 ] molekulasida qaysi turdagi bog'lar mavjud?
1) kovalent; 2) qutbli kovalent; 3) donor-akseptor; 4) ion;5)metall; 6) vodorod.
A) 1,3,4 B) 2, 3, 4 С) 2,4,6 D) 2, 3, 5 E) 2, 5, 6
30. Qanday qattiq moddalarda, ular suyuqlanma holatiga o'tganda, elektr tokini o'tkazish
xususiyati paydo bo'ladi?
1) kaliy nitrat; 2) germaniy; 3) natriy xlorid; 4)
natriy gidroksid; 5) oltingugurt; 6) kaliy gidrid;
7) natriy oksid.
A) 1,2, 3,4, 6 B) 1,2, 3,5, 7 C) 1,3,4, 5,6 D)1,3, 4, 6,7 E) 4, 6, 7
31. Quyida keltirilgan xususiyatlar qaysi turdagi moddalar uchun xos bo'ladi?
Suyuqlanish temperaturasi past, suyuq holga o'tmasdan bug'lanish (sublimatsiya xususiyati),
mo'rt bo'lish, elektr tokini o'tkazmaslik.
A) ion bog'li moddalar
B) molekulyar kristall panjarali moddalar
C) atom bog'lanishga ega bo'lgan moddalar
D) vodorod bog'lanishli moddalar
E) metall bog'ga ega bo'lgan moddalar
32. Quyidagi zarrachalarning qaysilarida σ va π bog`lar soni bir xil?
1) KMnO 4 2) H 3 PO 4 3) K 2 Cr 2 O 7 4)HC≡C-CH=О
A) 1,2 B) 1,3 C) 1,4 D)2,3 E) 3,4
33. Molekulasida bir xil miqdorda σ - va π-bog'lar bo'lgan moddalarni ko'rsating.
1) natriy gidrosulfat; 2) malaxit; 3) bariy selenat;
4) temir(II) gidroksonitrat; 5) kaliy karbonat.
A) 1,3, 4 В) 1, 2, 5 C) 2,4, 5 D) 1, 3, 5 E) 1,4, 5
34. 2-davr elementlari atomlari vodorodli birikmalarining molyar massasi ortib borishi tartibida
atomlararo masofa qanday o'zgaradi?
A) ortib boradi B) kamayib boradi
C) o'zgarmaydi D) maksimumdan o'tadi E) minimumdan o'tadi
35. Keltirilgan moddalar orasidan ichki molekulyar vodorod bog' hosil qiladiganini tanlang.
A) C 2 H 5 ONa B) CH 3 NH 3 CI C)C 2 H 5 OH D)CH 2 (OH)-CH 2 NH 2 E)NH 4 OH
36. Atomlari orasida bir xil turdagi bog'lanishga ega bo'lgan molekulalarni tanlang.
1) NCl 3 2) NH 4 Cl 3) JC1 5 4) PH 3 5) CO 2 6) C 2 H 6 .
A) 1,3,4 B) 1,3,5 C) 2,3,5 D) 1,4,6 E) 2,3,5
37. Tarkibi [CF 6 ] 2- bo'lgan ionda qaysi turdagi bog'lanish bo'lishi mumkin?
A) qutbli kovalent B) ionli C)donor-aktseptor
D) qutbli kovalent va donor-akseptor E)Bunday ion mavjud emas
38. Qanday moddalar suvda eritilganda, donor-aktseptor bog' hosil bo'lishi mumkin?
1) karbonat angidrid 2) ammiak 3) vodorod xlorid
4)bor ftorid 5) vodorod bromid 6) oltingugurt (IV) oksid
A) 1,3,4,6 B)1,3,5,6 C)1,2,3,5 D)1,2,4,5 E) 2,3,4,5
39. Qaysi moddalar vodorod bog'lanish hosil qilmaydi?
1) ammiak 2) metanol 3) vodorod ftorid 4) glitsin
5) chumoli aldegid 6) aseton 7) glyukoza 8) vodorod yodid
A) 1,3,5 B) 2,4,4 C) 5,6,8 D) 4,6,7 E) 2,6,7
40. Digidroksoalyuminiy xlorid tarkibidagi bog'lar sonini toping.
A) 6 B) 7 C) 5 D) 9 E) 10
41. Ammoniy dixromat tarkibidagi σ-va π-bog'lar sonini ko'rsating.
A)12va4 B)14va2 C)16va4 D)14va6 E)12va2
42. Molekulasida bog'lanish soni maksimal bo'lgan kislotalarni tanlang.
l)nitrat 2)sulfat 3)gipoxlorit 4)ortofosfat 5)perxlorat 6)yodid 7)gipobromit 8)vodorod xlorid
A)4,6 B)2,4 C)2,4,5 D)2,5,7 E)4,5,8
43. Ammoniy temir(III) achchiqtosh- (NH 4 )Fe(SO 4 ) 2 ∙12H 2 O tarkibidagi qaysi elementlar atomi
donor vazifasini bajaradi?
1) vodorod 2) kislorod 3) azot 4) temir 5) oltingugurt
A) 1,2 B)2,3 C)3,4 D)4,5 E)2,5
44. Quyidagi kaliy-alyuminiyli. achchiqtosh KA1(SO 4 ) 2 ∙12H 2 O tarkibidagi qaysi bog'ning ionli
darajasi yuqoriroq?
A) kaliy-alyuminiy B) kaliy-oltingugurt
C) alyuminiy-oltingugurt D) kaliy-kislorod E)alyuminiy-kislorod
45. Qutbsiz kovalent bog'lanish qanday element atomlari orasida hosil bo'ladi?
A) bir xil metallning turli atomlari orasida
B) turli metallar orasida
C) metall bilan metallmas atomlari orasida
D) turli metallmaslar atomlari orasida
E) bir xil metallmas atomlari orasida
46. Kovalent bog'lanishda valentlik nima bilan aniqlanadi?
A) tashqi pog'onadagi umumiy elektronlar soni bilan
B) tashqi pog'onadagi juft elektronlar soni bilan
C) barcha elektronlar soni bilan
D) hosil bo'lgan umumiy elektron juftning soni blan
E) tashqi va tashqaridan oldingi pog'onadagi elektronlar soni bilan
47. Qaysi birikmalarning molekulasi qutbsiz tabiatga ega?
1) Cl 2 ; 2) HC1; 3) H 2 ; 4) H 2 S; 5) H 2 O; 6) NH 3 ; 7) CO 2 ; 8)is gazi
A)1,2,8 В) 1,3,7 С) 2,5,6 D) 3,5,7 E) 5,6,7
48. 1)
kalsiy ftorid; 2)bariy xlorid; 3) oltingugurt; 4) yod; 5) kremniy karbiddagi kimyoviy
bog'lanish turi qanday?
A)1,2 -ion; 3,4 donor : -akseptor, 5-qutbsiz kovalent
B)1,2 va 5-ion; 3,4-kovalent
49. Vodorod va xlor molekulalarida atomlar orasidagi bog'lanish qaysi energetik pog'onachadagi
elektronlar hisobiga bo'ladi? ;
A) 2s, 2p B) 1s, 2p C) 1s, 3p D)2s, 3p E)1s, 3s
50. Qaysi molekulalarda atomlar qutubli kovalent bog' vositasida bog'langan?
1) vodorod oksid; 2) azot; 3)vodorod xlorid; 4)kaliy bromid; 5) ammiak ; 6)ftor.
A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,3,4 D) 2,5,6 E)1,4,5
51. Qutbsiz kovalent bog'ga ega bo'lgan molekulalardan tashkil topgan moddalarga qaysi xususiyat xarakterli?
A) yuqori temperaturada qaynaydi
B) past temperaturada qaynaydi
C) yuqori temperaturada suyuqlanadi
D) elektr tokini yaxshi o'tkazadi
E) suvda yaxshi eriydi
52. Azot molekulasida atomlar o'zaro necha juft elektron vositasida bog'langan?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 E) 5
53. Keltirilgan molekulalarning qaysi birida ion bog' kuchli?
А) СаСl 2 В) KCl C) FeS D) MnCl 2 E) NaBr
54. Quyidagi birikmalarning qaysi birida donor-akseptor bog` mavjud?
A) CaS В) CH 4 C) CO 2 D) NH 4 Cl E) NaJ
55. Sizga ma'lumki, moddaning molekulyar massasi ortishi bilan uning qaynash temperaturasi
yuori bo`lishi kerak. Nima uchun suvning qaynash temperaturasi H 2 S, H 2 Se, H 2 Te larnikidan yuqori?
A) suv molekulalari orasida kuchli vodorod bog'ining bo'lishi
B) kislorod atomida «d» orbitalning yo'qligi
C) kislorod atomining radiusi eng kichik
D) nisbiy elektromanfiylik qiymatlari ayirmasining eng kattaligi
E) suvning molekulyar massasi eng kichikligi
56. Suyuq holdagi suvda qanday kimyoviy bog'lar mavjud?
1. Ionli bog' 2. Qutbsiz kovalent bog' 3. Qutbli kovalent bog' 4. Vodorod bog' 5 .Metall bog'
A)1,2 B)1,3 C) 2,4 D) 3,4 E) 4,5
57. Atomlarning qaysi xossasi uning hosil qilgan bog`i tabiatni belgilaydi?
1) atomning elektron berish qobiliyati valentligi 2) atomning elektron olish xususiyati
3) elektromanfiyligi 4) atom massasi
A) 1,3, 4 B) 1,2,3 C) 1,2, 4 D)2, 3,4 E) 3,4,5
58. π- bog'larni hosil qilishda π- orbitallar qanday vaziyatda qatnashadi?
A) ikki yadroni bog'lovchi o'q ustida
B) ikki yadroni bog'lovchi o'qdan tashqarida
C) ikki yadroni bog'lovchi o'qning tomonida
D) ikki yadroni bog'lovchi o'qning bir tomonida
E) ikki yadroning orqa tomonida
59. Kaliy permanganatning grafik formulasida nechta σ va π- bog'lari mavjud
A) 3σ va 3π B) 4σ va 4π C) 3σ va 4π D) 5σ va 3π E) 4σ va 3π
60. Quyidagi moddalar orasida eng kam qutblangan kovalent bog'lanishli molekulani toping?
A) CH 4 B) NH 3 C) PH 3 D) H 2 S E) HF
61. Ishqoriy metallarning vodorodli birikmalari qanday tuzilishli birikmalarga kiradi?
A) atom tuzilishi B) amorf moddalar
C) nomolekulyar tuzilishli D) ion tuzilishli
E) molekulyar tuzilishli
62. Quyidagi gidridlar - suv, natriy gidrid,
vodorod ftorid, kaltsiy gidrid va metanda bog'lovchi elektron juftlari qaysi element atomi tomon siljigan?
A) H, Na F, H, С В) О, Na, F, Ca, С С) О, H, F, Н, С
D) Н, Н, Н, Н, Н, Е) О, Na, F, Н, С
63. Yadro zaryadlari 1) 16; 2) 9 va 3) 33 bo'lgan elementlarda valent elektronlar sonining ortib
borishi qaysi qatorda to'g'ri keltirilgan?
A) 1,2,3 B) 1,3,2 C)2,3,1 D) 3,1,2 E)2,l,3
64. Quyidagi gidridlar qatorida kovalent bog' barqarorligi qaysi tartibda ortib boradi?
l.H 2 O, 2. H 2 S 3.H 2 Se 4. H 2 Te
A) 1,2,3,4 B) 2,1,4,3 C) 3,2,1,4 D) 4,3,2,1 E) 3,1,4,2
65. Proton bilan suv molekulasi birikkanda hosil bo'lgan yangi bog` tabiati qanday?
A) kovalent B) ion C) donor-aktseptor
D)vodorod bog` E) qutbli kovalent
66. Quyidagi oksidlarning qaysilari ion bog` yordamida hosil bo'lgan?
1) Cl 2 O; 2) SO 3 ; 3) MgO; 4) Cs 2 O; 5) P 2 O 3 ; 6) CaO; 7) Br 2 O; 8) CO 2 ;
A)1,2,3; B) 5,7,8 С) 1, 5, 7; D)3,4,6; E)2,4,8.
67. Keltirilgan birikmalarning qaysi birida kovalent qutbli bog` kuchli ifodalangan?
A)СО В) H 2 O C) NH 3 D) NO E) Cl 2 O 3
68. Keltirilgan birikmalarning qaysi birida atomlar o`zaro donor-akseptor bog`orqali bog'langan?
A) H 2 O B) Mg(OH) 2 C) C 2 H 6
D) [Cu(NH 3 ) 4 ]Cl 2 E) KAl(SO 4 ) 2
69. Quyidagi molekulalaming qaysilarida π- bog'lanish mavjud?
1)CO 2 ; 2) C 2 H 6 ; 3) C 2 H 4 ; 4) CH 4 ; 5) NH 3 ; 6) H 2 S.
A) 1,3 B) 1,2 C) 2, 3 D) 4, 5 E) 4, 6
70. Qaysi molekulalarda atomlar o'zaro qutbli kovalent bog'lar vositasida birikadi?
1)H 2 O 2) N 2 3)HCl 4) KBr 5)NH 3 6) F 2
A)1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,3,4 D) 2,5,6 E) 1,4,5
71. Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri qutbsiz kovalent kovalent bog'lanishli birikmalarga xos?
A) yuqori
temperaturalarda qaynaydi
B) past temperaturalarda qaynaydi
C) yuqori temperaturalarda qaynaydi
D) elektr o'tkazuvchanligi yaxshi E) suvda yaxshi eriydi
72. Azot molekulasida atomlar necha juft elektronlar vositasida birikadi?
A)1 B) 2 C) 3 D) 4 E) 5
73. Keltirilgan moddalardan qaysilarining molekulalari o'zaro vodorod bog'lanish bilan birika oladi?
1) C 2 H 5 OH 2) H 2 O 3) PH 3 4) CH 3 COOH
A)1,2 B)1,2,4 C)2,3 D)2,4 E)1,2,3
74. Magniy digidrofosfat molekulasidagi kimyoviy bog`lar sonini ko`rsating.
A)14 B)16 C)18 D)12 E)10
75. Uglerod disulfid (CS 2 ) molekulasidagi bog'lovchi elektron juftlar qaysi atom tomon siljigan bo'ladi?
A) qisman oltingugurt atomi tomon
B) ikki atomning teng o'rtasida
C) qisman uglerod atomi tomon
D) uglerod atomi tomon ko'proq
E) oltingugurt atomi tomon ko'proq
76. Vodorod bog' hosil qiluvchi molekuladagi vodorod bilan bog'langan elementlarni ko'rsating.
1) azot; 2) uglerod; 3) kislorod; 4) yod; 5) fosfor; 6) ftor; 7) xlor; 8) kremniy; 9) brom; 10)oltingugurt.
A) 1,2,5,7,8.9 B) 2,4,5,7,9,10 C) 1,3,6,7,9,10 D) 3,4,5,6,8,10 E) 1,3,5,6,8,9
77. II davr elementlarining qaysi guruhlarida joylashgan bosh guruhcha elementlarining
birikmalari elektron juftlar qabul qilib akseptorlik xususiyatiga ega bo'lishi mumkin?
A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 2,5,6 D) 5,6,7 E) 1,2,3
78. Molekulasida ion bog'lanish mavjud bo`lgan oksidlarni ko'rsating.
1. xlor (V) oksid; 2. oltingugurt (IV) oksid; 3. xrom (III) oksid; 4.
seziy oksid; 5. Fosfor (V) oksid; 6. kalsiy oksid
A) 1,5,6 B) 3, 4, 5 C) 1,2,3 D)4,5,6 E)3,4,6
79. Ionli bog'lanish qaysi elementlar birikmasida yaqqolroq bo'ladi?
A) 2-davr, III va IV guruh elementlarida
B) 3-davr, IV va V guruh elementlarida
C) 5-davr, VII va VIII guruh elementlarida
D) 2-davr, I va VII guruh elementlarida
E) 7-davr, I va IV guruh elementlarida
80. Ion bog`lanishli birikma hosil qiluvchi kimyoviy elementlar juftligini aniqlang?
1.1s 2 2s 2 2p 6 3s 1 ; 2.1s 2 2s 2 2p 6 ; 3.1s 2 2s 2 2p 5 4.1s 2 2s 2 2p 6 ; 5.1s 2 2s 2 2p 6 3s 2 3p 3
A) 1 va 3 В) 2 va 3 С)3 va 4 D)4 vа 5 Е) 1 vа 5
81. Kimyoviy bog'lanish turi qutbli kovalent bo'lgan, lekin molekulasi qutbsiz bo'lgan moddani ko'rsating.
A) vodorod xlorid B) suv C)ammiak D) uglerod (IV) oksid E)vodorod sulfid
82. Qaysi tuzda ion bog'lanish kuchli ifodalangan?
A) osh tuzi B) kaliy yodid C) kaliy ftorid
D)seziy ftorid E) natriy bromid
83. Fosfat kislota molekulasida kimyoviy bog'lar soni nechta?
A) 5 B)6 C) 7 D) 8 E) 9
84. Quyidagi birikmalami ulardagi bog' qutblilik ortib borishi tartibida joylashtiring.
1) magniy oksidi ; 2) bor oksidi ; 3) uglerod (IV ) oksid 4) azot (II) oksid; 5) vodorod oksid;
A) 4, 3,2, 5,1 B) 3,4,5,1,2 C) 1,2,3,4,5
D) 5,4,3,2,1 E) 2,1,4,3,5
85. Vodorod bog'lanish hosil qiladigan molekulalarni ko'rsating.
1) sirka aldegid; 2) benzol; 3) metanol; 4) suv; 5)etan; 6) etil spirt; 7) sirka kislota 8)atseton
A) 1,3, 6, 7 В) 1, 2, 3,6 C)2,3,5,7 D)4, 5, 6, 7 E) 3,4, 6, 7
86. Ammoniy xloridda qanday turdagi bog`lar mavjud?
A)3ta kovalent va 2 ta ion B)4 ta kovalent va 1 ta ion
C)4ta ion va 1ta kovalent D)5ta ion E)5ta kovalent
87. Qutubsiz kovalent bog'ga ega bo'lgan birikmalarni ko`rsating
1)metan, 2) oltingugurt (IV) oksid, 3) natriy ftorid,
4)vodorod, 5) vodorod xlorid, 6).kislorod, 7) ammiak,
8)brom, 9) ammoniy gidroksid
A) 4, 6, 8 В)1,4, 6 C) 3, 8, 9 D) 2, 5, 6 E)1,4,7
88. Kovalent bog' tabiatli molekulalar qanday xususiyatga ega bo'ladi?
A)suyuqlanish temperaturalari past, bog'
energiyalari yuqori, suvda yomon eriydi.
B)suyuqlanish va qaynash temperaturalari yuqori, bog'lanish energiyalari yuqori, suvda yomon eriydi, issiqlik o'tkazuvchanligi yuqori
C)suyuqlanish va qaynash temperaturalari past, bog'lanish energiyalari past suvda eruvchanligi yaxshi D)suyuqlanish va qaynash temperaturalari past, bog'lanish energiyalari yuqori, qutbsiz erituvchilardagi eruvchanligi yomon E)suyuqlanish va qaynash temperaturalari yuqori, bog'lanish energiyalari yuqori, benzoldagieruvchanligi yaxshi
89. Quyidagi bog'larning qaysi biri vodorod sulfid molekulasidagi kimyoviy bog'ga taalluqli?
A) ion B) qutbsiz kovalent C) qutbli kovalent
D)metal E) ionli va kovalent
90. Quyidagi fizik xossalarga ega bo'lgan moddalar qanday turdagi kimyoviy bog'ga ega bo'ladi? (qattiq; ko'pchiliklari yuqori zichlikka va yuqori suyuqlanish temperaturasiga ega; elektr tokini o'tkazadi)
A) metal B) kovalent C) ion D) vodorod
91. Kimyoviy bog'lar soni bir xil miqdorda bo'lgan molekulalarni tanlang.
1. azot 2. uglerod (II) oksid 3. ammiak 4. Vodorod xlorid 5. kaliy xlorat 6. stronsiy sulfat
A) 1,3 B) 2,5 C) 3,4 D) 2,6 E) 1,4
92. Quyidagi elementlar orasidagi bog'larning qaysi biri eng kuchli qutblangan?
A) ftor-ftor B) vodorod-xlor C) vodorod-yod
D) fosfor-ftor E) xlor-yod
93. Quyidagi moddalar molekulasining qaysi biri tarkibida qo'sh bog'lar soni eng ko'p?
A) kaliy bixromat B) oltingugurt (IV) oksid
C) fosfat kislota D) alyuminiy digidrofosfat
E) alyuminiy sulfat
94. Quyidagi qatorlardagi birikmalarda bog'ning barqororligi chapdan o'ngga qanday o'zgaradi?
l.NH 3 -PH 3 -AsH 3 -SbH 3 ; 2. CH 4 -NH 3 -H 2 O-HF;
3.HF-HCl-HBr-HJ; 4. H 2 O-H 2 S-H 2 Se-H 2 Te
A) 1,3-kamayadi; 2,4-kuchayadi B) 1,3,4-kamayadi; 2-kuchayadi
C) 1,2-kamayadi; 3,4-kuchayadi D) 2-kamayadi; 1,3,4-kuchayadi
E) 1,4-kamayadi; 2,3-kuchayadi
95. Qaysi moddalar juftida bog'dagi elektron zichlik kislorod atomi tomon siljigan?
A)OF 2 va CO B)Cl 2 O va NO С) H 2 O va OF 2
D)P 2 O 5 va OF 2 E)Cl 2 O va OF 2
96. Kovalent bog'li molekulalar juftini ko'rsating.
A)MgJ 2 , SO 2 B)NaBr, HBr C)HBr, PH 3 D)S 8 , F 2 E) H 2 S, SF 6
97. Atomlar orasidagi bog'lanish faqat s-orbitallardagi elektronlar hisobiga bo'lgan moddani aniqlang?
A) Cl 2 В) H 2 C) CH 4 D) HCl
98. Eng beqaror bo'lgan gidridni belgilang.
A)BiH 3 B)NH 3 C)PH 3 D)AsH 3 E) SbH 3
99. Vodorod xlorid molekulasidagi kimyoviy bog'lanishda qaysi orbitallardagi elektronlar
ishtirok etadi?
A) s- va s- B) p-va p- C) sp 2 - va sp 2 - D) s- va sp 3 - E) sp 3 - va sp 3 -
100. Molekulasi qutbli kovalent bog`lanishga ega bo`lgan moddani aniqlang.
A) azot B)kislorod C)vodorod D)vodorod xlorid E) litiy xlorid
101. Quyidagi moddalarning qaysi birida ion bog'lanish mavjud?
A) NH 3 B)SiO 2 C)CC1 4 D)NaCl E) CO
102. Molekulalari qutbli kovalent bog'lanishga ega bo'lgan moddalar qatorini belgilang.
A) vodorod xlorid,kislorod,
ammiak
B) azot,vodorod,vodorod xlorid
C) vodorod ftorid,vodorod xlorid,vodorod
D) magniy sulfid,uglerod(IV)oksid,ftor
E) vodorod xlorid,suv,vodorod bromid
103.. Kimyoviy bog'lanishning qaysi turida qattiq jismning elektr o'tkazuvchanligi yuqori
bo'ladi?
A) kovalent B) kovalent qutbli C) ion bog'lanish
D) metall bog'lanish E) qutbsiz kovalent
104. Yod kristallarining sublimatlanish xossasiga asoslanib, qanday kristall panjarali tuzilishga
ega ekanligini ko'rsating.
A) atomli B) ionli C)metall bog'lanish D) molekulyar E) kovalent
105. Fosfat kislota molekulasining grafik formulasida nechta kislorod atomi o'zaro bir-biri bilan bog'langan?
A) 4 B) 3 C) 2 D) 1 E) 0
106. Alyuminiy sulfat molekulasining tuzilish formulasida alyuminiy va oltingugurt atomlari
o'zaro nechta kislorod atomlari orqali bog'langan?
A) 12 B) 10 C) 8 D) 6 E) 4
107. Temir (III) sulfat molekulasida kislorod atomlaridan nechtasi bevosita temir atomi bilan
bog'langan?
A) 8 B) 7 C) 6 D) 5 E) 4
108. Ion bog'lanish qaysi guruhlardagi elementlar orasida yaqqolroq namoyon bo'ladi?
A) I va IV В) III va VI С) I va V D)I va VII E) II va V
109. Quyida ba’zi elementlarning nisbiy elektromanfiylik qiymatlari berilgan;
Na (1,01) K(0, 91) H (2,1)
Br (2, 87) S (2, 6) С (2, 5)
Shu qiymatlarga asoslanib oltingugurtning qaysi elementli birikmasida qutblanish yuqori
darajada bo'lishini aniqlang.
A) natriy sulfid B) kaliy sulfid
C) vodorod sulfid D) oltingugurt bromid E)uglerod sulfid
110 Oltinchi guruh elementlarining vodorodli birikmalarini termik
barqarorligi oshib borishi
tartibida joylashtirilgan qatorni toping.
A) H 2 Po, H 2 Te, H 2 Se B) H 2 Te, H 2 Se, H 2 S
C) H 2 Se, H 2 S, H 2 O D) H 2 O, H 2 S, H 2 Se
E) H 2 S, H 2 Se, H 2 Te
111.. Moddalar molekulasi tarkibidagi bog'larning ionli darajasi ortib olish tartibini ko'rsating.
1.B-C1 2.Na-Cl 3.Ca-Cl 4.Be-Cl 5.Mg-Cl
A) 1,4,5,3,2 B) 4,1,5,2,3 C) 1,4,3,5,2 D)1,5,3,4,2 E) 2,3,5,4,1
112. Quyidagi oksidlarni ulardagi kimyoviy bog'ning qutbligini ortib borish tartibida
joylashtiring?
l)ftor oksid: 2)bor oksid: 3) karbonat angidrid:
4)azot (II) oksid: 5) vodorod oksid:
A) 1,3,2,4,5 B) 4,3,5,2,1 C) 5,4,3,2,1
D) 2,3,4,1,5 E) 2,4,1,3,5
113. Qaysi molekuladagi bog'ning qutbliligi kamroq?
A) berilliy oksid B) magniy oksid C) kalsiy oksid
D) stronsiy oksid E) bariy oksid
114. Qutbli kovalent bog'ga ega bo'lgan ikkita moddalarni tanlang.
A) ammiak, vodorod sulfid B) nitrat kislota, bariy xlorid
C) natriy gidroksid, natriy sulfid D) magniy bromid
E) natriy xlorid, vodorod sulfid
115. Quyidagi qatordagi:natriy peroksid, ammoniy xlorid va ozon molekulalaridagi kimyoviy bog` tabiati qanday?
A) kovalent, qutbli kovalent, ionli
B) ionli, kovalent, qutbli kovalent
C) qutbsiz kovalent, qutbli kovalent va donor-akseptor, ion
D) donor-akseptor, qutbli kovalent, ionli
E) qutbli kovalent, ionli
116. Kaliy permanganatda, mis xloridning asos tuzida jami kimyoviy bog'lar yig'indisini toping
A) 11 B) 23 C)31 D) 19 E) 27
117. Quyidagilar orasidan atomlari ionli bog'ga ega bo'lganlarni toping:
1.suv 2. oltingugurt (IV) oksid 3. fosfor gidrid
4.sezey xlorid; 5. azot molekulasi 6.litiy ftorid
A) 1,3,4 B) 2,3,6 C) 4,6 D) 2,5 E) 1,6
118. Quyidagi moddalar orasida qutbli kovalent bog'ga ega bo'lgan moddalarni tanlang va ularni
bog' qutbliligi ortib borish tartibida joylashtiring: ftor, vodorod ftorid, kaliy xlorid, suv, ammiak, vodorod
A) ammiak, suv, vodorod ftorid
B) kaliy xlorid, suv, vodorod ftorid
C) kaliy xlorid, ammiak, ftor
D) suv, vodorod ftorid
E) vodorod ftorid, suv, ammiak
119. Qo'sh bog'lar soni ko'proq bo'lgan modda formulasini tanlang: kislorod, sulfat kislota,
karbonat kislota, kaliy dixromat, uglerod (II) oksid
A) karbonat kislota; B) uglerod (II) oksid C) sulfat kislota D) kislorod E) kaliy dixromat
120. Qaysi kimyoviy bog'lanish to'yinuvchanlik xossasiga ega emas?
1) qutbsiz kovalent. 2) qutbli kovalent. 3) ion.
4) donor-aktseptor. 5) metall
A) 3,5 B) 1,2 C) 3,4 D) 5 E) 1,4
121. Elektron konfiguratsiyalari keltirilgan qaysi elementlar o'zlarining birikmalaridan birida
donor-akseptor bog'lanish hosil qilishi mumkin?
1) 1s 2 , 2) 1s 1 , 3)1s 2 2s 2 2p 2 4) 1s 2 2s 2 2p 3 5) 1s 2 2s 1 .
A) 1,5 B)2,3 C) 2,4 D) 1,2 E) 3,5
122. Quyidagi gaz holidagi vodorodli birikmalarning turg'unligi keltirilgan qatorda qanday
o`zgaradi? CH 4 -SiH 4 -GeH 4 -SnH 4 -PbH 4
A) ortib boradi B) kamayib boradi C) o'zgarmaydi
D) metallmaslarnikida ortib boradi metallarnikida kamayib boradi
E) metallmaslarnikida kamayadi, metallarnikida ortib boradi
123. IVA gruppacha elementlarining vodorodli birikmalari asoslik xossani namoyon qilmaslik
sababini tushuntiruvchi holatni toping.
A) elementning qo`zg`algan holatida juft holdagi elektron bo'lmasligi
B) qo`zg`algan holatda valent pog`onada erkin orbital yo'qligi
C) valent pog`onada s-va p-elektronlar soni teng bo`lishi tufayli
D) molekulalarda atomlar sp 3 -gibridlangan holatda bo`lishi tufayli
E) molekulalar atomlari proton biriktira olmasligi tufayli
124. Pirofosfat kislota molekulasidagi s va p-bog`lar sonini ko'rsating.
A) 13s, lp B) 8s, 6 p C) 12s, 2p D) 12s, 4p E) 10s, 2p
125. Molekulasi qutbsiz kovalent bog'lanishga ega bo`lgan moddalar qatorini aniqlang.
A) vodorod xlorid, xlor, vodorod, azot
B) osh tuzi, natriy gidroksid, xlor, vodorod
C) olmos, grafit, xlor, vodorod
D) olmos, xlor, vodorod xlorid, yod
E) grafit, xlor, azot, vodorod ftorid
126. Molekulasi qutbsiz kovalent bog`lanishli moddalar uchun xos bo`lgan xossalarni aniqlang.
1. molekulasi qutbsiz 2. qutbli erituvchilarda ionlanadi 3. qaynash va suyuqlanish
temperaturalari yuqori bo'ladi 4. qaynash va suyuqlanish temperaturalari past bo'ladi 5. Qutbli erituvchilarda ionlanmaydi
A)1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,4,5 D) 2,3,4 E) 3,4,5
127. Molekulasi qutbli kovalent bog'lanishli moddalar uchun xos bo'lgan xossalami aniqlang.
1. molekulasi qutbli 2. qaynash va suyuqlanish temperaturalari qutbsiz kovalent bog'lanishli
moddalarnikidan past 3. qutbli erituvchilarda ion bog'lanishli moddalarga aylanadi 4.qaynash va
suyuqlanish temperaturalari qutbsiz moddalarnikidan yuqori.
A)1,2,3 B)1,2,4 C)1,3,4 D)1,2,3,4 E)1,4
128. Quyidagi moddalami bog'lanish energiyasi ortib borish tartibida joylashtiring.
1.azot 2. vodorod 3. kislorod 4. xlor
A) 1,2,4,3 B) 1,3,2,4 C) 1,2,3,4 D) 4,2,3,1 E) 2,1,3,4
129. Qaysi xususiyatlar ion bog'lanishli moddalar uchun xos?
1. qaynash va suyuqlanish temperaturalari yuqori 2. qutblangan erituvchilarda oson ionlanadi 3.
eritmalari va suyuqlanmalari elektr tokini yaxshi o'tkazadi 4. termik beqaror 5. qattiq holatda
elektr tokini o'tkazmaydi
A) 1,2,3,5 B) 2,3,4,5 C) 1,2,4,5 D) 1,3,4,5 E) 1,2,3,4,5
130. Ion bog'lanishga ega bo'lgan oksidlarni tanlang.
1. xlor (V) oksid 2. oltingugurt (VI) oksid 3. xrom (III) oksid 4. seziy oksid 5. fosfor (V) oksid
6. kalsiy oksid A) 1,4,6 B) 2,4,6 C) 3,4,6 D) 4,5,6 E) 1,3,5
131. Qaysi sababga ko'ra vodorod oksidning, qaynash temperaturasi kislorod guruhchasidagi
boshqa elementlar oksidlarining qaynash temperaturasidan yuqori bo'ladi?
A) kislorod atomida d-orbitallar yo'q bo'lishi tufayli
B) kislorodning elektrmanfiyligi eng yuqori bo'lganligi sababli
C) suv molekulalari orasida vodorod bog` mavjudligi sababli
D) suvning molekulyar massasi juda kichikligi tufayli
E) kislorod atomining radiusi
eng kichikligi tufayli
132. Quyidagilardan qaysilarida donor-aktseptor bog'lanish mavjud?
1. sulfat kislota 2. ammoniy xlorid 3. karbonat kislota anioni 4. natriy ortofosfat 5. gidroksoniy
kationi 6. uglerod (II) oksid 7. azot (V) oksid
A) 1,2,3,4 B) 2,5,6,7 C) 3,4,5,6 D) 4,5,6 E) 2,3,6,7
133. Kimyoviy bog'ning uzunligi kattaroq bo'lgan molekulani ko'rsating.
A) brom B) vodorod yodid C) yod
D) kislorod E) xlor
134. Kimyoviy bog'ning uzunligi eng katta bo'lgan molekulani ko'rsating.
A) kremniy ftorid B) fosfor (V) ftorid C) ftor oksid
D) brom (V) ftorid E) yod (V) ftorid
135. Qaysi molekulada kimyoviy bog`ning uzunligi eng kichik bo'ladi?
A) NBr 3 B)J 2 C) CI 3 N D)HCl E)NH 3
136 Ionlar orasida NH 4 + , H 3 O + lar mavjud, lekin СН 5 + bo'la olmasligi sababini aniqlang.
A) uglerod besh valentli bo'la olmaydi
B) uglerod o'z birikmalarida tetraedr tuzilishga ega
C) uglerodning qo'zg'algan holatida taqsimlanmagan elektron juftlar yo'q, unda erkin
elektron orbitallari ham yo'q
D) uglerod atomida d-pog'onacha yo'q
E) uglerod atomi atrofiga 4 ta elektron juftdan ortiq juftlar sig'maydi
137. Qutbliligi eng kichik bo'lgan bog'ni ko'rsating.
A)H-S B) K-S C)S-O D) C-S E) H-O
138. Kislorod atomining maksimal valentlik hosil qilish imkoniyati nechaga teng?
A) 2 B) 4 C) 3 D) 5 E) 6
139. Kovalent bog'ning qutibliligi kamayib boradigan qatorni ko'rsating.
A) arsin, ammiak , fosfin
B) vodorod bromid, vodorod xlorid, vodorod yodid
C) ammiak, fosfin, arsin
D) selen (IV) oksid, tellur (IV) oksid, oltingugurt (IV) oksid
E) uglerod (IV) oksid, uglerod (IV) xlorid, uglerod (IV) ftorid
140. Qaysi elementlar davriy sistema guruhlarida tashqi pog'ona elektronlarining umumiy soniga
mos tartibda joylashgan?
1.s-elementlarning bittasidan tashqari barchasi 2.p-elementlarning ikkitasidan tashqari barchasi
3.d-elementlar 4.f-elementlar 5.s- elementlarning barchasi 6. p-elementlarning barchasi
A)1,6 B)1,2 C)3 D)4 E)5,6
141. Qaysi elementlar tashqi pog'onasining s-elektronlari va oldingi pog'onaning d-elektronlari umumiy soni ularning elementlar davriy sistemasining guruhlaridagi o`rni, bilan mos keladi?
1. strontsiy 2. titan 3.skandiy 4.radiy 5.molibden 6.rubidiy 7.xrom
A) 2,3,5,7 B) 1,3,5,7 C) 3,4,5,7 D) 2,3,6,7 E) 1,2,3,7
142. Gidroksoalyuminiy ioni tarkibiga kiruvchi proton, neytron va elektronlar sonini hisoblang.
1.20 2 22 3.24 4.26
A) 2,1,2 B) 3,2,2 C) 1,2,2 D)2,2,1 E)3,3,1
143. Gidrosulfat ioni tarkibini tashkil etuvchi proton, neytron va elektronlar sonini ko'rsating.
1.50 2.49 3.48 4.47
A)3,4,3 B)3,4,2 C) 2,4,2 D)1,4,2 E)2,3,1
144. Quyidagi tuzlarning qaysi birida geliy va neon elektron konfiguratsiyasiga ega bo'lgan ionlar qatnashgan?
A) ammiak B) litiy ftorid C) litiy xlorid
D) natriy ftorid E) magniy ftorid
145. Oddiy moddalarda kimyoviy bog'larning qaysi turlari hosil bo'lishi mumkin?
1.ionli 2. qutbsiz kovalent 3. qutbli kovalent
4.metall 5. donor-akseptor 6. vodorod
A) 1,2,6 B) 2,4,5 C) 2,4 D) 1,5,6 E) 2,5
146. Bog`lari qutbli, lekin molekulasi qutbsiz bo'lgan molekulalarni toping.
1.karbonat angidrid 2. is gazi 3. oltingugurt (IV) oksid
4.to'rtxlorli uglerod
A) 1,2 B) 2,3,4 C) 3,4 D) 1,2,3 E) 1,4
147. Brom atomining kovalent radiusi 0,114 nm ga teng. Agar vodorod atomining kovalent radiusi
0,03 nm ga teng bo`lsa, brom molekulasi va vodorod bromiddagi yadroaro masofalarni aniqlang.
A) 0,114; 0,053 B) 0,258; 0,03 C) 0,117; 0,372
D) 0,228; 0,144 E) 0,258; 0,114
148. Atomlari orasidagi masofa eng kichik bo'lgan modda molekulasini toping.
A) F 2 O В) Cl 2 O C) Br 2 O D) H 2 O E) H 2 S
149. Qaysi molekuladagi valent bog`lanish burchagining kattaligi 90°dan juda kam farq qiladi?
A)H 2 O B)NH 3 C) H 2 Se D) H 2 S E)AsH 3
150. Karbonat kislota molekulasidagi uglerod atomining gibridlanish turi va bog'larni hosil
qilishda qatnashgan orbitallar xillari va ular sonini ko'rsating. Molekulada taqsimlanmagan
elektronlar (ular soni) mavjudmi?'
1) s-2; 2) s-4; 3) p-2; 4) p-3; 5) sp 2 -3; 6) sp 2 -4;
7)sp 3 -4; 8) Ct-3; 9) Ct-4; 10) Ct=6; 11) Ct=12
A) sp 3 , 2, 3, 5, 6, 9 B) sp 2 , 2,4,5, 7, 11 C) sp 2 , 2, 4, 6, 9, 10
D)sp 2 , 1, 3, 6, 7, 11 E) sp 3 , 1, 3, 6, 7, 10
151. Bog'lanishning ionlilik darajasi ortib boradigan qatorni tanlang.
A) В-Cl, Na-Cl, Ca-Cl, Ве-Cl В) B-Cl, Be-Cl, Ca-Cl, Na-Cl
C) B-Cl, Ве-Cl, Na-Cl, Ca-Cl D) Na-Cl, Ca-Cl, B-Cl, Be-Cl
E) Be-Cl, B-Cl, Na-Cl, Ca-Cl
152. Natriy molekulasida kimyoviy bog`larning qaysi turlari mavjud?
1. ionli 2. vodorod bog'lanish 3. qutbsiz kovalent 4. qutbli kovalent 5.donor-akseptor
A)1,3 B) 2,3 C) 1,4 D) 3,5 E) 3
153. Quyidagi zarrachalar tarkibidagi donor-aktseptor bog'lar sonining ortib borishi tartibida
joylashtirilgan qatorni toping. 1.azot (V) oksid 2. uglerod (II) oksid 3. tetraamminmis (II) sulfat
4. sariq qon tuzi
A)2,1,3,4 B) 1,2,3,4 C) 2,1,4,3 D) 4,3,1,2 E) 4,3,2,1
154. Quyida keltirilgan zarrachalar orasidan tarkibida donor-aktseptor bog`lar soni ortib boorish qatorini toping.
1. kaliy nitrat 2. kaliy gidroksid 3. azot (V) oksid 4.2,4,6- trinitrotoluol 5.kaliy sulfat 6. Kaliy perxlorat
A) 1,2,4 B) 4,5,6 C) 2,3,5 D) 1,4,6 E) 1,3,4
155. Kimyoviy bog`lar qutbli, lekin molekulalari qutbsiz bo`lgan molekulalarni tanlang.
1.SiO 2 2.SO 2 3.CS 2 4.CO 2 5.OF 2 6.NCl 3 7.N 2 O 3 8.PH 3 9.SO 3
A) 3,5,7,8 B) 3,4,5,9 C) 1,4,6,9 D) 2,5,7,9 E) 3,4,8,9
156. Qutbsiz molekulalar joylashgan qatorni aniqlang.
A) vodorod, xlor, azot (IV) oksid
B) metan, kremniy ftorid, oltingugurt (IV) oksid
C) uglerod (IV) oksid, uglerod (IV) sulfid, berilliy xlorid
D) azot, uglerod (IV) sulfid, oltingugurt (IV) oksid
E)xlor, bor xlorid, xlor ftorid
157. Ichki molekulyar vodorod bog'lanish hosil qiladigan molekulalarni tanlang.
A) o-nitrofenol B) sirka kislota C) suv
D) etanol E) ammiak
158. Qaysi moddalar molekulasini hosil qilishda bir xil miqdorda kimyoviy bog'lar mavjud
bo'ladi?
1. azot 2. uglerod (IV) oksid 3. is gazi 4. azot (II) oksid
A) 1,2 B) 1,4 C) l,3 D) 2,4 E) 3,4
159. Alyuminiy gidrofosfatning grafik formulasidagi σ- va π-bog`lar sonini toping.
A) 21 va 3 B) 18 va 6 C) 15 va 9 D) 21 va 6 E) 15 va 6
160. Qaysi zarrachalarda donor-akseptor bog`lanish mavjud.
1)gidroksoniy kationi 2)ammiak 3)nitrat kislota 4)uglerod(IV)oksid 5)uglerod(II) oksid
6)azot(I)oksid
A)1,3,5,7 B)2,4,6,8 C)1,2,3,5 D)1,3,5,8 E)1,3,5
161. Quyidagi hodisalarning qaysilarini vodorod bog`lanish orqali tushuntirish mumkin?
A) Kalsiy vodorod bilan ta'sirlashib, kaltsiy gidrid hosil qiladi
B) Xlorning vodorod bilan ta`sirlashuvi natijasida zanjirli tuzilish hosil bo'ladi.
C) Suvning qaynash temperaturasi vodorod sulfidnikidan yuqori
D) C 7 H 16 ning qaynash temperaturasi C 3 H 8 nikidan yuqori
E) Qaldiroq gaz kuchli portlovchi aralashma
162. Alyuminiy gidrofosfatning grafik formulasidagi jami bog'lar soni nechta?
A) 8 B) 18 C) 22 D) 24 E) 26
163. Quyidagi qatorlar bo`yicha birikmalarning barqarorligi qanday o'zgaradi?
CH 4 , SiH 4 , GeH 4 , SnH 4 . PbH 4 ва H 2 Te, H 2 Se, H 2 S, H 2 O
A) ortadi, kamayadi B) ortadi, ortadi
C) kamayadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi
E) o`zgarmaydi
164. Qaysi s-metallar yuqoriroq darajada kovalent gidridlar hosil qiladi?
l)Mg 2) Ca 3) Sr 4) Ba 5) Be
A)2,3 B)2,4 C)1,4 D)1,5 E) 2
165. Kovalent bog`ning qutbliligi kamayib boradigan qatorni ko'rsating.
A) PH 3 , PCl 3 , PF 3 B) H 2 O, H 2 S, HF С) HCl, HI, HBr
D) CF 4 , CC1 4 , CBr 4 E) H 2 S, PH 3 , PCl 3
166. Qo`shbog`lar soni bir xil bo`lgan molekulalar juftini ko'rsating.
1) H 2 SO 4 ; SO 2 ; .2) SO 3 , CO 2 ; 3) HClO 3 ; H 2 SO 4
4) N 2 , C 2 H 2 5) C 2 H 2 , HClO 4
A) 1,2 B) 1,3 C)2,3 D)4,5 E)2, 4
167. Vodorod xlorid molekulasida qanday kimyoviy bog` mavjud.
A) ion B) koordinatsion C) qutbli kovalent
D) qutbsiz kovalent E) vodorod bog'
168. Kimyoviy bog'ning uzunligi qaysi molekulada eng katta qiymatga ega?
A) HCl B) VF 5 C) WF 6 D) SF 6 E) NF 3
169. BeH 2 gidridida qaysi turdagi bog'lanish mavjud?
A) ion B) metall C) kovalent
D) qutbli kovalent E) metall va kovalent
170. Berilliy birikmalariga xos bo`lgan bog`lanish tipini aniqlang.
A) ion B) kovalent C) vodorod
D) ion va kovalent E) ion va vodorod
171. Kalsiyning fosfati, gidrofosfati va digidrofosfati tarkibidagi σ-va π-bog'larning umumiy
sonlarini hisoblang.
A)36σ va 6π B)36σ va 4π C)21σ va 3π D)28σ va 4 π E)35 σ va 5π
172. Ammiak bilan proton molekulasi birikkanda hosil bo'lgan yangi bog' qanday tabiatga ega
bo'ladi?
A) kovalent B) qutbli kovalent C) donor-aktseptor
D) vodorod bog' E) ion
173. Quyidagi moddalar orasidan eng kam qutblangan kovalent bog`lanishli molekulani toping.
A)HCl B)HF C)CH4 D)HBr E)NH3
174. Donor-akseptor bog`lar soni quyidagi zarrachalarda kamayib borishi tartibini toping.
1.azot (V) oksid 2. Uglerod (II) oksid
3.Tetraamminmis (II) sulfat 4. qizil qon tuzi
A) 1,4,3 B)4,3,2,1 C) 2,1,3,4 D) 4,3,1,2 E) 3,4,1,2
175. Bog`lari qutbli, lekin molekulasi qutbsiz bo`lgan molekulalarni toping.
1.Karbonat angidrid 2.Is gazi 3.Oltingugurt(VI) oksid 4.To`rtxlorli uglerod
A)1,3,4 B)1,4 C)1,2 D)1,2,3 E)2,3,4
176. Brom atomining kovalent radiusi 0,085 nm ga teng. Agar vodorod atomining kovalent
radiusi 0,05 nm ga teng bo'lsa, brom molekulasi va vodorod bromiddagi yadroaro masofalarni
aniqlang.
A) 0,117: 0,372 B) 0,17: 0,135 C) 0,114: 0,053
D)0,228: 0,144 E) 0,258: 0,03
177. Molekulasida donor-aktseptor bog` bo`lgan moddani aniqlang.
1) uglerod(IV) oksid; 2) kislorod; 3) is gazi; 4) ammoniy ioni; 5) fosfin; 6) azot(V) oksid; 7)
kaliy nitrat; 8) xlor
A) 4,5,6,7 B) 2,5,7,8 C) 3,4,6,7 D) 1,3,4,8 E) 1,2,5,8
178. Qaysi birikmada donor-akseptor bog`i yo`q?
A)CO 2 B)N 2 O 5 C) NH 4 Cl D)HNO 3 E)CO
179. Suv molekulasidagi kimyoviy bog`lanishda qaysi orbitallardagi elektronlar ishtirok etadi?
A)2s-2p В) 2p-2p C) ls-2p D) 2s-2s E) ls-2s
180. O 2 ; N 2 ;F 2 molekulalarini bog`lanish energiyalari ortib borish tartibida joylashtiring.
A)F 2 ;O 2 ;N 2 B)O 2 ;F 2 ;N 2 C)N 2 ;O 2 ;F 2
D)N 2 ; F 2 ; O 2 E)F 2 ;N 2 ; O 2
181. Uglerod (II) oksidi ammoniy va gidroksoniy ionlarining qanday o'xshashliklari bor?
A) tarkibidagi atomlar soni bir xil
B) o'xshashlik yo`q
C) ion bog'lanishlar soni bir xil
D) tarkibidagi elektronlar soni bir xil
E) donor-akseptor bog`lar soni bir xil
182. Gipofosfit kislota molekulasida kimyoviy bog`lar soni nechta bo'ladi?
A) 4 B) 6 C) 10 D) 8 E) 5
183. Kimyoviy bog'lanishning qaysi turida qattiq jismning elektr o'tkazuvchanligi yuqori bo'ladi?
A) qutbli kovalent bog`lanish B) qutbsiz kovalent bog`lanish
C)metall bog`lanish D)ion bog`lanish
184. CO 2 , SO 2 , NH 3 , CH 4 , H 2 O, SO 3 molekulalaridagi markaziy atomning tashqi elektron
qavatida reaksiyaga qatnashmagan elektron juftlar sonini ko'rsating.
A)2,2,3,1,0,1 B) 4,6,5,4,6,6 C) 0,1,1,1,2,1 D) 0,1,1,0,2,0
185. Brom atomining kovalent radiusi 0,085 nm ga teng. Agar vodorod atomining kovalent
radiusi 0,05 nm ga teng bo'Isa, brom molekulasi va vodorod bromiddagi yadrolararo masofalami
aniqlang.
A)0,258; 0,03 B) 0,114; 0,053 C) 0,17; 0,135 D) 0,117; 0,372
186. o-nitrofenolning qaynash temperaturasi (45°C) m-nitrofenolnikidan (97°C) pastligining
sababini aniqlang.
A)m-nitrofenolda vodorod bog`lanish bor, o-nitrofenolda yo'q
B)м-nitrofenolning
molekulyar massasi katta
C)o-nitrofenolda ichki molekulyar vodorod bog`lanish, m-nitrofenolda molekulalararo
vodorod bog`lanish mavjud
D)ularning kristal panjaralari turlicha
187. Molekulalardagi bog` qutbliligi (E-Н) ortib borish tartibini toping.
A) vodorod xlorid, vodorod ftorid, suv
B) ammiak, suv, vodorod ftorid
C) suv, vodorod ftorid, vodorod bromid
D) vodorod xlorid, vodorod ftorid, vodorod bromid
188. Molekulalarni tarkibidagi π- va σ-bog`lar yig`indisi ortib borishi tartibida joylashtiring. 1)
temir (III) karbonat; 2) temir(III)sulfid; 3) temir (III) gidrofosfat; 4) temir (III) sianid.
A) 2,1,4,3 B) 2,4, 1,3 C) 3, 4, 1,2 D) 3,1,4,2
189. Tarkibida 2 ta π-bog` bo`lgan molekulalarni aniqlang.
1) azot; 2) kislorod; 3) metan; 4) oltingugurt (VI) oksid;
5) atsetilen (H-C≡C-H); 6) karbonat angidrid
A)1,6 B)3,4 C)2,3,4 D)1,5,6
190. Molekulalarni tarkibidagi σ-bog`lar soni kamayib borishi tartibida joylashtiring.
1) xlorat kislota; 2) gipoxlorit kislota; 3) perxlorat kislota; 4) xlorit kislota.
A) 2, 1,4,3 B) 3,4, 1,2 C)3, 1,4,2 D) 2,4, 1,3
191. Molekulalarni tarkibidagi σ–bog`lar soni ortib borishi tartibida joylashtiring.
1) azot; 2) metan; 3) oltingugurt (VI) oksid; 4) karbonat angidrid.
A) 2, 3,4,1 B) 2, 4, 3,1 C) 1,4, 3,2 D) 1,3, 4, 2
192. Molekulalarni tarkibidagi π-bog`lar soni ortib borishi tartibida joylashtiring.
1)xlorat kislota; 2) gipoxlorit kislota; 3) perxlorat kislota; 4) xlorit kislota.
A) 3,1,4,2 B) 2,1,4,3 C) 3,4,1,2 D)2,4,l,3
193. Tarkibida 3 ta π-bog` bo`lgan molekulalarni aniqlang.
1) alyuminiy sulfat; 2) alyuminiy karbonat; 3)alyuminiy digidrofosfat;
4)kalsiy fosfat.
A) 2,4 В) 1,4 C) 2, 3 D) 1, 3
194. Gidrofosfit kislota molekulasida kimyoviy bog`lar soni nechta bo’ladi?
A) 4 B) 6 C) 10 D) 5