1. Metallarni belgilang: O, N, C, Al, Mg, P, Cl, Ti,V, Ge, As, Sn,Sr,Tl,Pb, Br, I, F, He, Ne, Ar,Th, Pa
2. Metallmaslarni belgilang: O, N, C, Al, Mg, P, Cl, Ti, V, Ge, As, Sn, Sr, Tl, Pb, Br, I, F, He,Ne, Ar, Th, Pa
3. Qaysi metallmaslar har doim molekulyar holda yoziladi: H, He, C, B, N, O, F, Cl, Ne, S, P, Si,Br, I, Te, Se ?
4. Oddiy moddalarni tanlang: H 2 , P 4 , H 2 O, CaO, Na 2 O, Cl 2 ,C 60 , H 2 SO 4 , HCl, HNO 3 , O 3 , O 2 ,NaBr, NaJ, F 2 ?
5. Murakkab moddalarni tanlang: H 2 , P 4 , H 2 O, CaO, Na 2 O, Cl 2 , C 60 , H 2 SO 4 , HCl, HNO 3 , O 3 , O 2 ,NaBr, NaJ, F 2 ?
6. Allotropiya deb nimaga aytiladi?
7. Allotropiya hodisasining mohiyati nimada? 1) atom yadrosidagi neytronlar soni turlicha bo’lishi; 2) molekuladagi atomlar soni turlichabo’lishi;3) kristal tuzulishining turlicha bo’lishi; 4) molekulada kimyoviy bog’larning turlicha bo’lishi;5) moddaning turli agregat holatlarda bo’lishi.
8. Allotropik shakllarga ega bo’lgan elementlarga misol keltiring.
9. Quyidagi alomatlarning qaysilari moddaga ta’luqli?1) fosfor uch xil allotropik shakllarga ega; 2) fosfor to’rt atomdan tashkil topgan
tetraedr shaklini hosil qiladi;3) fosfor bug’ining zichligi havoga nisbatan 4,28 ga teng;
10. Quyidagi alomatlarning qaysilari elementga ta’luqli?1) kislorod havoga nisbatan og’irroq; 2) kislorod molekulasida ikkita atom bor;3) kislorodning tarkibi massalari 16, 17 va 18 m.a.b. ga teng; 4) kislorod II davr VI guruhidajoylashgan.
11. Quyidagi hukmlarning qaysilarida kislorod molekulasi haqida gap boradi.1) suvda kislorod mavjud; 2) baliq suvdagi kislorod bilan nafas oladi; 3) kislorod ko’pdan-ko’p minerallar tarkibiga kiradi; 4) ko’pchilik moddalar kislorodda yonadi; 5) kislorod ikkitaatomdan iborat;
12. Kimyoviy elementga tegishli bo’lgan xossalarni aniqlang.1) atom massa; 2) zichlik; 3) elektron qavat; 4) rang; 5)
yadro zaryadi;6) qaynash va suyuqlanish temperaturasi; 7) izotoplar.
13. Oddiy moddaga tegishli bo’lgan xossalarni aniqlang.1) yadro zaryadi; 2) zichlik; 3) elektron qavatlar; 4) atom massa; 5) izotoplar;6) rang; 7) qaynash va suyuqlanish temperaturasi.
14. Quyidagi jumlalarning qaysilarida oddiy modda haqida fikr yuritilayotganligini ko’rsating.1) inson organizmida kaltsiy va uglerod bor; 2) tirik organizmlar kislorod bilan nafas oladi; 3) vodorod davriy jadvalda I davr I guruhda joylashgan; 4)
uglerod qattiq modda; 5) uglerodda ikkita elektron qavat mavjud.
15. Quyidagi fikrlarning qaysilarida kimyoviy element haqida fikr yuritilayotganini aniqlang. 1) temir suvda erimaydi; 2) soch tarkibida oltin bor;3) borning yadro zaryadi +5 ga teng; 4) qon tarkibida temir bor; 5) ko’pchilik moddalar kisorodda yonadi.
16. Quyidagi hollarning qaysi birida kislorod molekulasi haqida gap boradi.1) kislorod simob (II) oksidi tarkibiga kiradi; 2) kislorod havo tarkibiga kiradi;3) gazometrga kislorod yig’ilgan; 4)
kislorod suvda yomon eriydi; 5) suv gazi tarkibiga kislorod kiradi.
17. Qaysi ifoda(lar)da kislorod molekulasi haqida so’z boradi.1) kaliy permanganat parchalanganda kislorod ajraladi; 2) havo tarkibida 20 % kislorod bor;3) gazometrda kislorod yig’ilgan bo’ladi; 4) kislorod suvda yomon eriydi;5) malaxit tarkibida kislorod bor.
18. Moddaga tegishli bo’lmagan xossalarni aniqlang.1) yadro zaryadi; 2) zichlik; 3) elektron qavatlar; 4) atom massa; 5) izotoplar;6) rang; 7) qaynash va suyuqlanish temperaturasi; 8)agregat holat.
19. Quyidagi berilgan ifodalardan noto’g’rilarini tanlang.1) kislorod atomi; 2) sirka kislota atomi; 3) malaxit atomi; 4) olmos uglerod
atomlaridan tashkil topgan; 5) vodorod peroksid(H 2 O 2 ) vodorod va kislorod molekulalaridan tashkil topgan;6) osh tuzi natriy va xlor molekulalaridan tashkil topgan. 20. Quyidagilarning qaysilari fizik hodisa? 1) mis idishning havoda qorayishi; 2) suvning muzlashi; 3) kislotaga asos ta’sir ettirish; 4)qumning sement bilan aralashtirish; 5) havoni sovutib kislorod olish; 6) metallning havoda oksidlanishi.
21. Kimyoviy hodisalarga kirmaydigan jarayonni ko’rsating.1) uzum sharbatining bijg’ishi; 2) benzinning yonishi; 3) yog’ning sovuqda qotishi; 4)ohakning so’ndirilishi; 5) temir mixning zanglashi.
22. Quyidagi hodisalarning qaysilari kimyoviy jarayonga ta’luqli.1)
suvning qaynashi; 2) simob(II) oksidining parchalanishi; 3) suvning muzlashi; 4)qo’rg’oshinning suyuqlanishi; 5) temirning xlorlanishi; 6) kaltsiy karbonatning parchalanishi.
23. Quyidagi hodisalarning qaysilari kimyoviy jarayonga ta’luqli. 1) kislorodning ozonga aylanishi; 2) kislorodni suyultirilgan havodan olish; 3) simob(II) oksiddan kislorod olish; 4) kislorodni kaliy permanganatni parchalab olish.
24. Quyidagilardan fizik jarayonlarni aniqlang.1) qirovning hosil bo’lishi; 2) shamning yonishi; 3) qizdirilgan
shakarning qorayishi; 4) temirning zanglashi; 5) misning qizdirilganda qorayishi.
25. Quyidagilardan kimyoviy hodisalarni aniqlang. 1) azotning suyuqlanishi; 2) havodan kislorod olish; 3) qalayning suyuqlanishi; 4) qatiqning ivishi; 5) havoni suyuqlanishi.
26. Kimyoviy hodisaga kirmaydigan jarayonni aniqlang. 1) benzinning yonishi; 2) uzum sharbatining bijg’ishi; 3) ohakning so’ndirilishi; 4) yog’ning sovuqda qotishi.
27. Kimyoviy xodisalarni belgilang: a)qirovning hosil bo`lishi b)havoni suyuqlantirib(sovutib)
kislorod olish c)shamning yonishi d)shamning erishi e)qizdirilgan shakarning qorayishi f)temirning zanglashi g)mis qizdirilganda qorayishi h)qalayning suyuqlanishi i)sutning achishi j)kalsiy karbonatning parchalanishi k)yodning sublimatsiyalanishi l)suvning muzlashi.
28. Fizik xodisalarni belgilang: a)ko`mirning yonishi b)mis simning bukilishi c)qo`rg`oshinning erib suyuq holatga o`tishi d)temirning zanglashi e)suvning qaynashi f)spirtning bug`lanishi g)bertole tuzini parchalab kislorod olish h)havoni suyultirib azot olish i)qog`ozning yonishi j)alyuminiy simining qizdirilganda qorayishi k)suvning muzlashi l)temirning magnitga tortilish m)sutning achishi n)oltingugurtning suyuqlanishi o)oltingugurtning yonishi p)shisha pishirish q)shishani maydalash r)shakarning erishi s) shakarning ko`mirlanishi t)uzum sharbatining
bijg`ishi u) yog`ning sovuqda qotishi.
29. Valentlik tushunchasiga ta’rif bering.
30. O’zgaruvchan va o’zgarmas valentli elementlarga misol keltiring.
31. Mg (II) va N (III) bo’lgan birikmaning formulasini tuzing. Qavs ichida elementning valentligi ko’rsatilgan.
32. Al (III) va N (III) bo’lgan birikmaning formulasini tuzing. Qavs ichida elementning valentligi ko’rsatilgan.
33. P (V) va O (II) bo’lgan birikmaning formulasini tuzing. Qavs ichida elementning valentligi ko’rsatilgan.
34. C (IV) va Cl (I) bo’lgan birikmaning formulasini tuzing. Qavs ichida elementning valentligi ko’rsatilgan.
35. S (VI) va O (II) bo’lgan birikmaning formulasini tuzing. Qavs ichida elementning valentligi ko’rsatilgan.
36. Quyida valentligi ko’rsatilgan elementlar vodorod bilan birikma hosil qiladi: Cl (I); S (II); N
(III); C (IV). Berilgan elementlarni vodorodli birikmalari formulasini tuzing.
37. Quyida valentligi ko’rsatilgan elementlar vodorod bilan birikma hosil qiladi: Br (I); Se (II); P (III); Si (IV). Berilgan elementlarni vodorodli birikmalari formulasini tuzing.
38. Quyida valentligi ko’rsatilgan elementlar vodorod bilan birikma hosil qiladi: J (I); Te (II); As(III); Mg (II). Berilgan elementlarni vodorodli birikmalari formulasini tuzing.
39. Quyida valentligi ko’rsatilgan elementlar kislorod bilan birikma hosil qiladi: Cl (III); S (VI);N (V); C (III). Berilgan elementlarni kislorodli birikmalari formulasini tuzing.
40. Quyida valentligi ko’rsatilgan elementlar kislorod bilan birikma hosil qiladi: F (I); Se (IV); P(V); Mn (VII). Berilgan elementlarni kislorodli birikmalari formulasini tuzing.
41. AlCl 3 birikmasi tarkibidagi alyuminiy valentligini aniqlang. Xlorning valentligi (I) ga teng.
42. ZnBr 2 birikmasi tarkibidagi rux valentligini aniqlang. Bromning valentligi (I) ga teng.
43. MgF 2 birikmasi tarkibidagi magniy valentligini aniqlang. Ftorning valentligi (I) ga teng.
44. CuI 2 birikmasi tarkibidagi mis valentligini aniqlang. Yodning valentligi (I) ga teng.
45. H 2 Cr 2 O 7 birikmasi tarkibidagi elementlarning valentliklarini aniqlang.
46. Kimyoviy formulalardagi atomlarning valentliklarini aniqlang: PH 3 ; CH 4 ; SO3;Cl2O 7
47. Ca 3 (PO 4 ) 2 birikmasi tarkibidagi elementlarning valentliklarini aniqlang.
48. Al 2 (SO 4 ) 3 birikmasi tarkibidagi elementlarning valentliklarini aniqlang.
49. FeSO 4 tarkibidagi har bir elementni massa ulushini (%) hisoblang.
50. Zn(OH) 2 tarkibidagi har bir elementni massa ulushini (%) hisoblang.
51. K 2 HPO 4 tarkibidagi har bir elementni massa ulushini (%) hisoblang.
52. NH 4 NO 3 tarkibidagi har bir elementni massa ulushini (%) hisoblang.
53. Fe 2 (SO 4 ) 3 tarkibidagi har bir elementni massa ulushini (%) hisoblang.
54. CuSO 4 ·5H 2 O tarkibidagi har bir elementni massa ulushini (%) hisoblang.
55. Birikma tarkibida massa ulushi Fe – 28%, S – 24% va O – 48% bo’lsa, birikmani formulasini aniqlang.
56. Birikma tarkibida massa ulushi Cu – 65,3 %, O – 32,65 %, H – 2,04 % bo’lsa, birikmani
formulasini aniqlang
57. Birikma tarkibida massa ulushi K – 24,68 %, Mn – 34,8 %, O – 40,5 % bo’lsa, birikmani formulasini aniqlang
58. Birikma tarkibida massa ulushi Mn – 36,4 %, S – 21,2 %, O – 42,38 % bo’lsa, birikmani formulasini aniqlang
59. Birikma tarkibida massa ulushi Na – 37,7 %, Si – 23 %, O – 39,34 % bo’lsa, birikmani
formulasini aniqlang
60. Birikma tarkibida massa ulushi Ca – 29,4 %, H – 0,735 %, P – 22,8 %, O – 47,065 % bo’lsa,
birikmani formulasini aniqlang
61. Birikma tarkibida massa ulushi Fe – 72,4 %, O – 27,6% bo’lsa, birikmani formulasini aniqlang
62. Fosfor oksidlaridan birida kislorodning 40 og’irlik qismiga fosforning 31 og’irlik qismi
to’g’ri keladi. Fosforning nisbiy atom massasi 31 ga teng bo’lsa, bu birikmaning formulasi va
unda fosforning valentligi qanday bo’ladi?
63. Tarkibida massa ulushi 40 % kislorod bo’lgan ikki valentli metall oksididagi metallning
molyar massasini hisoblang.
64. Beshinchi guruh elementining eng yuqori oksidi tarkibida massa ulushi 34,8 % kislorod
bo’lsa, bu qaysi element ekanligini toping.
65. Tarkibida massa ulushi 50,45 % kislorod bo’lgan yetti valentli metall oksidining formulasini aniqlang.
66. Noma’lum olti valentli element oksidida kislorodning massa ulushi 60 % bo’lsa, shu
elementni vodorodli birikmasidagi massa ulushini aniqlang.