2– DARS Hujjatchilik tarixi.
REJA:
1. Hujjatchilik tarixi.
2. Sharq hujjatchiligi. (O'rxun-enasoy, so’g’d, eski uyg'ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan qadimiy hujjatlar).
3. Sharqda X-XIV asrlarda yaratilgan hujjatlarning o’ziga xosliklar. (Yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, tilxatlar. Xonliklarda rasm
bo‘lgan hujjatlar. Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, vasiqa, tilxat)
O‘zining qadimiy va boy tarixiy an’analariga ega bo‘lgan o‘zbek davlatchiligi, o‘z ish yuritish tarixiga ega. Davlatchilikning boshlang‘ich shakllarida, hali yozuv bo‘lmagan paytlarda, ma’lum odat tusiga kirgan og‘zaki huquqiy me’yorlar asosida ish olib borilgan. Ular yordamida davlatlararo va mamlakat ichidagi, shaxslararo va oilaviy munosabatlar, jinoyatga qarab jazo belgilash, tartib va intizom masalalari yo‘lga qo‘yilgan. Yozuv paydo bo‘lgandan keyingi davrlar mahsuli hisoblanadigan qonun, farmon va farmoyishlar hamda boshqa mazmundagi hujjatlarning amaldagi ko‘rinishlari ham aynan ana shu hujjatlarning davomidir. O‘zbek davlatchiligining ma’lum bir bosqichi arablar istilosi bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan musulmon huquqi bilan bog‘liq bo‘lib, u Qur’oni Karim va hadislar shaklidagi urf-odatlarni izga soluvchi hujjatlar majmuini qamrab oladi. Ular uzoq yillar davomida jamiyatni boshqarish va tartibga solishning asosiy ma’naviy-huquqiy hujjatlari bo‘lib kelgan.
O'zbek tilining izohli lug'atida “Hujjat” so'ziga quyidagicha izoh beriladi: "Hujjat” arabcha so‘z bo'lib, qayd qilish, tasdiqlash ma’nosini bildiradi. Shuningdek, u ijtimoiy tarixiy ahamiyatga ega bolgan yozuv va suratlar, asar yoki adabiyot ma’nosini ham ifodalaydi.
Kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi.Hujjatlar ish yuritishning asosini tashkil etadi . Hujjatlar kechagina paydo bo'lgan narsa emas, kishilik jamiyatining shakllanishi bilanoq bu jamiyat a'zolari o'zaro munosabatlaridagi muayyan muhim hujjatlarni muntazam va qatiy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga sifatida ilk ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan .Kishilik jamiyatining taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning takomillasha borishi baravarida hujjatlar ham takomil topib borgan . Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o'rxun -enasoy , so'g'd, eski uyg'rarab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko'plab ,hujjatlar ,yozma manbalar ma'lum . Bobilning meloddan avvalgi 1792-1750 yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui (kodeksi), undan ham qadimroq shoh Ur-Hammu(miloddan avvalgi2112-2094 yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi "hujjatlar"deb ataladigan tartibot voitalarining nechog'lik olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko'rsatadi.
Turkiy xalqlarda ham hujjat tuzish qadimdan mavjud bo'lgan. X- asr va undan oldingi davrlarga oid turli hujjat namunalari bizgacha yetib kelgan. Hatto M.Qoshg'ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “Bushug‘” so‘zi uchraydi. U elchiga qaytib ketish uchun beriladigan ijozat qog'ozi, shuningdek, elchilarga beriladigan sovg‘a ma’nolarini bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” asarida yorliq va noma ma’nosi o'rnida “bildargulik” so‘zi ishlatilgan. Hozirgi kunda faol qo‘llanishga o'tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so'zdan olingan. Sho'rolar davrida bu so‘z “raport” deb yuritilardi. Qadimshunos olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ko'pgina ma’lumotlarga ega bo'lindi. Namangan viloyati Kosonsoy shahri yaqinidagi Mog’il qal'asidan VII-VIII asrga oid 80 ta hujjat topilgan. Ular milliy so‘g‘d yozuvida bo'lib, toldan kesilgan tayoqcha, teri va xitoy qog‘ozlariga bitilgan.
Hujjatlar mazmunan huquqiy xarakterga ega. Bir turkumi diplomatik aloqalarga oid bolib, arablarga qarshi harbiy kuchlami birlashtirish masalasiga bag'ishlangan. Hujjatlarda buyruqlar, soliq va boj yig‘ish moliyaviy harajatlar ro'yxati va boshqalar aks etgan. Xorazm xarobalaridan esa charm va taxtachaga yozilgan hujjatlar topilgan. Tuproqqal'a hayot bo‘lgan davrdagi xonadan a'zolarining ro'yxati, harbiy chaqiriq, soliq, jon-mol ro'yxati, xo'jalik asboblarining olingani haqidagi tilxat qadimgi hujjatlardan darak beradi. Turkiy tillar mutaxassisi S.E.Malov “Памятники древнетюркской письменности” (М-Л, 1951) asarida qadimgi turkiy yozuvida XIII asrlarda bitilgan qadimgi hujjat (shikoyat, oldi- sotdi, ijaraga qo'yish, tilxat) namunalarini keltiradi.
Qimmatli ma’lumot beruvchi X-asr olimi Abu Abdulloh al-Xorazmiy “ilmlar kaliti” asarining “arab” ilmlari qismida ish yuritish daftarlarini sharhlab, Samoniylar davlatidagi soliq xillari va ularni yig'ish yo'li, hajmi, Sharq mamlakatlarining hududlarida ishlatilgan og‘irlik hamda o'lchov birliklarini keltiradi. Askarlar ro'yxati, beriladigan maosh, kiyim-kechak shakllarini keltiradi. O'sha davrda Markaziy Osiyoda keng tarqalgan o'lchov birliklari haqida ma’lumot beradi. Ular boshqa manbalarda hozir uchramaydi.
“Eski uyg‘ur yozuvi” (Q.Sodiqov), «Древний Хорезм» (С.П.Толстой), «Ганчи, ганчибоши в Кокандском ханстве» (А.Л.Тротская) kabi manbalarning ahamiyati katta. Ma’lum bo'lishicha, X-XIX asrlarda farmon, yorliq, noma, bitim, arznoma, qarznoma, vasiqa, vaqfnoma, tilxat kabilar keng iste'molda bo'lgan. Hozirgi kunda vaqfnoma, vasiqa, noma, arznoma kabi hujjatlar tilimizda ishlatilmaydi. Manba sifatida “Boburnoma" asarining o'z o‘rni bor, chunki unda farmon, mirzo, sulh, tamg'a hatto ariza o'rnida “arzadosh” qo'llanilgan. Shuni qayd qilish mumkinki, hozirgi kunda tilimizda tor ma’noga ega bo'lgan '"patta” so'zi XlX-asrda Qo'qon xonligida keng ishlatilgani ma’lum.
Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo’lgan: xabar, tavsif farmoyish bildirish, tasdiqlash va h.k. Bu o’rinda To’xtamishxonning 1390-yilda polyak qiroli Yagayolka yo’llagan yorlig’i, Temur qutlug’ning 1397-yildagi yorlig’i, Boburning otasi Umarshayx mirzoning marg’ilonlik Mir Said Ahmad ismli shaxsga 1469 yilda bergan yorlig’i toshkent hokimi Yunusxo’janing 1797 yil 2 iyunda Peterburgga – Rossiya podshosiga o’z elchilari orqali yuborgan yo’elig’i va boshqalarni eslab o’tish mumkin.
Mazkur davr yo’rliqlarida o’ziga xos insoniy qolip shakllangan, o;rliqlar matn jihatdan an’anaviy tarkibiy qismlarga ega bo’lgan. Masalan, eslab o’tilgan yorliqlarning birinchisi – “To’xtamish so’zim yig’lag’ayg’a” deb, ikkinchisi – “Temur qutlug’ so’zum” deb , uchinchisi esa – “Sulton Umarshayx Bahodur so’zim” deb boshlagan. Bayonda ham muayyan qolip bor , shuningdek, albatta, yorliq raqam qilingan sana va joy ko’rsatilgan.
XIX asrda Qo’qon xonligida keng tarqalgan xujjatlardan biri “patta” lardir . Pattada ma’lum kishiga muayyan nuqtadagi pul , maxsulot , urug’ (don) yoki boshqa narsalar berish lozimligi haqidagi ma’lumot aks ettirilgan . Patta matnlarida ham o’ziga xos doimiy tarkib va muayyan nutqiy qolip turg’unlashgan .
Huquq doirasida amal qiluvchi asosiy hujjatlardan biri – yer egaligi bilan bog‘liq bo‘lgan vaqfnomalar sanaladi. Vasiqa ham qadimda keng tarqalgan hujjat turlaridan biri bo‘lib, mulkka bo‘lgan egalikni bildirib, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy asosga qo‘yuvchi hujjat sanalgan va qozilar tomonidan tasdiqlangan. Amir Temur davrida ham soliqqa oid ish yuritish ana shu ko‘rsatmalarga asoslangan Umuman, o’tmish hujjatlaridagi muayyan turg’un tarkib va nutqiy qolip o’zbek (turkiy) hujjatchiligi uzoq tarixiy tajriba va tadrijiy takomil mahsuli ekanligining dalilidir.
O‘rta asrlarda ish yuritish huquqiy maqomga ega bo‘ldi, davlat mahkamasida munshaot tizimi shakllandi va qator hujjat turlari paydo bo‘ldi. O‘zbek tilining rasmiy-idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |