Amaliy mashg’ulotlar:
Tasvirlarni birlashtirish: 1-qadam. Loyihangizda foydalanmoqchi bolgan birinchi fototasviringizni oching.
2-qadam. Endi esa loyihangizda qollashingiz kerak bolgan ikkinchi fotosuratingizni oching. Move (Siljitish) uskunasi yordamida uni birinchi tasvir ustiga tushiring. Layers (Qatlamlar) majmuasining pastidagi Add a layer mask (Niqob qatlamini qoshish) nishonchasini cherting va asosiy rang sifatida qorani belgilash uchun tugmasini bosing.
3-qadam. Brush (Mo‘yqalam) uskunasini tanlang, Options (Parametrlar) panelidan Brush Picker (Mo‘yqalam tanlash) oynasini ochib, u yerdan katta (200-pikselli) va yumshoq qirrali mo‘yqalamni tanlang. Fototasvir ustida chizing. Chizish mobaynida fototasvir quyi darajada ko‘rinib boradi (futbolchilar surati). Katta va
21
yumshoq qirrali moyqalamdan foydalanayotganingiz uchun tasvirni qoyish yanada tabiiy va suzuvchi korinishda bo‘ladi. Agarda chizishda xatoga yol qoysangiz, asosiy rangni oqga almashtiring, moyqalamda xatoni boyang va rangni awalgi qora rangga otkazib chizishda davom etavering.
Do'stlaringiz bilan baham: |